Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


O’qituvchining “axborot madaniyati” tushunchasini o’zlashtirishi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə79/126
tarix25.01.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#99192
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   126
Ûçáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè îëèé âà ûðòà ìàõñóñ òàúëèì âàçèðëèãè

O’qituvchining “axborot madaniyati” tushunchasini o’zlashtirishi
O’qituvchining “axborot madaniyati” pedagogik mahoratni mukammal egallab borishning muhim bir yo’nalishi sifatida tan olinmoqda. O’qituvchining “axborot madaniyati” quyidagi mezonlar asosida shakllanib boradi:
– o’z kasbiy faoliyatiga tegishli axborotlarni olish, uni qayta ishlash va foydalanish metodlari va usullarini o’zlashtirishi;
–atrof olamdagi axborot jarayonlari haqida bilimlar va tasavvurlarni aks ettiruvchi o’qituvchining pedagogik mahoratini takomillashtiruvchi sifatlar yig’indisi, axborot vositalariga ega bo’lish, axborot madaniyati bilan bog’liq axloqiy – etik va kasbiy mahorat me’yorlari tizimini o’zlashtirish, shuningdek kompyuter savodxonligiga ega bo’lishi;
– kompyuter savodxonligi va axborotni izlash malakasi, axborotdan foydalanish hamda baholash, kompyuter kommunikatsiyasi texnologiyalariga ega bo’lish, pedagogik faoliyatning barcha sohalarida axborot texnologiyalari imkoniyatlarini egallash va foydalanishdan iborat axborot omilkorligi.
Zamonaviy axborot resurslari o’qituvchiga o’zining kasbiy mahoratini oshirishga yordam beradi. Bunday sharoitda o’qituvchi:

  • Ta’lim beruvchi sifatida – mashg’ulotlar o’tkazadi, dars jarayonini o’quv-metodik jihatdan to’g’ri va samarali tashkil etilishini ta’minlaydi;

  • Maslahatchi sifatida – bilish jarayonini boshqaradi, guruh bo’lib maslahat va kommunikativ mashg’ulotlarni olib boradi, o’rganilayotgan mavzuning har xil masalalari bo’yicha o’quvchilarga yakka tartibda maslahatlar beradi;

  • Menedjer sifatida – mashg’ulotlar o’tkazilishini boshqaradi, to’la qonli maqsadga erishilishini nazorat qiladi (testlar, imtihonlar va shu kabilar).

Hozirgi paytda o’qituvchining axborot madaniyatini shakllantirishning faqatgina birinchi, boshlang’ich bosqichi – zamonaviy kompyuter savodxonligini shakllantirish bosqichi kuzatiladi. Umumta’lim maktablarini axborot–kompyuter vositalari bilan ta’minlash o’qituvchining kompyuter savodxonligini shakllantirish uchun sharoit yaratadi. Bilish jarayonini tashkil qilishning o’zgartirilishi, kompyuterda axborot mahsulotlarini, o’quv dasturlarini yaratish malakalarini shakllantirish – o’qituvchining axborot omilkorligini rivojlantirish yo’lidagi keyingi qadam hisoblanadi.
O’qituvchining axborot madaniyati axborot modelini qurish malakasini nazarda tutadi.
Modellashtirishni real olamdagi hodisalar, jarayonlar va ob’ektlarni tadqiq qilishning universal usuli sifatida qarab, axborot modelini qurish metodiga ega bo’lgan o’qituvchi o’quvchini tadqiqot ishlariga jalb etadi, uning modellashtiriladigan holatlarda faol ishtirok etishi uchun sharoit yaratadi.
O’qituvchining axborotlarni modellashtirish metodlariga ega ekanligini ko’rsatuvchi yana boshqa variantlardan biri – bu darsda multimediali prezentatsiyalarni yarata olishi va ulardan foydalana bilishidir. Ular o’quv materialini algoritmik tartibda mukammal ma’lumotlar bilan to’ldirib, yorqin tayanch obrazlar tizimi sifatida ifodalash imkoniyatini beradi.
Shu o’rinda Microsoft Offisedan foydalanish o’qituvchilarga o’zining multimedia ma’ruzalarini yaratish, topshiriqlar, testlar va boshqa turli xil materiallarni yaratish imkoniyatini berishni ta’kidlab o’tamiz. Kompyuterda ma’ruza o’qish o’qituvchi uchun yangi ish quroliga aylanmoqda: namoyish qilish vositalari (slaydlar, videoroliklar, animatsiyalar) o’quvchilarda obrazli tasavvurlarni va ular asosida tushunchalarni shakllantirishga yordam beradi.
O’quv–metodik qo’llanmada mavjud bo’lgan o’quv–namoyish materiallari kollektsiyasidan foydalanib, o’qituvchi turli xil axborot resurslaridan faol material izlashni boshlaydi, bu jarayonga o’quvchilarni ham jalb etadi. Bunday hamkorlikdagi faoliyat o’quvchilarning bilish faoliyatini rag’batlantiribgina qolmay, balki o’quvchi va o’qituvchini yagona loyiha ustida ishlovchi maslakdoshlar sifatida birlashtiradi.
Zamonaviy o’qitishni internet resurslaridan foydalanishsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Internet tarmog’i ta’lim xizmatlarining juda katta potentsialiga ega. Elektron pochta, izlash tizimlari, elektron konferentsiyalar, elektron olimpiadalar va viktorinalar zamonaviy ta’limning tarkibiy qismiga aylanmoqda. Ushbu ta’lim xizmatlaridan, ham darsda, ham darsdan tashqari faoliyatda foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Internet ta’lim resurslaridan foydalanish o’qituvchini ta’lim jarayonining menedjeriga aylanishga undaydi.
Pedagogik mahorat tarkibiy tuzilishida axborot madaniyatining imkoniyatlarini oshirish, quyidagi omillar bilan aniqlanadi:

  • axborot hajmining keskin ortishi;

  • zamonaviy fan integratsiyasi va differentsiatsiyasi tufayli yuzaga kelgan axborot tarqalishining muqarrarligi;

  • ilmiy va ijtimoiy paradigmalar almashinuvi tufayli bilimlarning juda tez eskirishi.

O’qituvchilarning axborot madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning ajralmas qismi ekanligi shubhasizdir.
Kompyuterda ishlashning oddiy ko’nikmalari o’qituvchining kasbiy axborot faoliyatini takomillashtirishdagi birinchi qadamdir.
O’qituvchining axborot madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish ta’lim muassasasi ma’muriyati, xususan, direktorning axborotlashtirish ishlari bo’yicha muovini, munitsipial metodik xizmatlar, malaka oshirish institutlari zimmasiga yuklatiladi.
Ta’lim muassasasi darajasidagi faoliyatlar ta’lim muassasasini axborotlashtirish dasturi asosida qurilgan bo’lishi kerak.
Axborot texnologiyalarini faol tatbiq qilish orqali ta’lim sifatini oshirish bunday dasturning maqsadi hisoblanadi.
Quyidagi masalalarni hal qilish orqali bu maqsadga erishish mumkin:

  • metodik ishlar samaradorligini oshirish maqsadida maktabning yagona axborot muhitini yaratish, o’qituvchilar ehtiyojlarini bajarish va ilmiy–metodik hujjatlarda axborot oqimini aniq boshqarish;

  • uzluksiz kasbiy ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish va o’quv jarayonini faollashtirish;

  • o’qituvchilarda va o’quvchilarda axborot madaniyatini shakllantirish uchun sharoit yaratish.

Bunday dasturni amalga oshirish o’quv jarayonini samarali tashkil qilish, butun jamoa va har bir ishtirokchining o’quv jaryonidagi faoliyati natijalarini tahlil qilish, axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish samaradorligi darajasini aniqlash imkoniyatini beradi.
Dasturga axborot texnologiyalarini o’zlashtirish va tatbiq etishning barcha bosqichlarida o’qituvchilarni nazariy va amaliy jihatdan tayyorlashga qaratilgan faoliyatini tashkil qilishda, quyidagi ta’lim internet–resurslaridan foydalanish mumkin: O’zbekiston Respublikasi pedagogik ta’lim muassasalarining yagona axborot makoni – www.pedagog.uz portali bo’lib, hozirgi kunda www.pedagog.uz portali quyidagi axborot-ta’lim resurslaridan tashkil topgan:

  • yagona elektron ta’limiy va ilmiy resurslar;

  • yagona bitiruvchilar bazasi va kadrlarga elektron buyurtma berish tizimi;

  • masofaviy ta’lim resurslari;

  • masofaviy malaka oshirish kurslari;

  • tarbiyaga oid elektron resurslar;

  • elektron o’quv-metodik majmualar;

  • pedagogika bo’yicha Ixtisoslashgan himoya kengashlari faoliyati ochiq elektron tizimi;

  • yosh o’qituvchilarni metodik qo’llash elektron tizimi;

  • elektron konferentsiya-forum;

  • respublikada pedagogik ta’limning elektron targ’ibot tizimi rasmiy sayti.

Ma’lumki, axborot eskirishi, ayniqsa, shiddat bilan eskirish xususiyatiga ega, demak, o’qituvchi uzluksiz ta’lim olishi, ijod qilishi (mustaqil va maxsus tashkil etilgan) zarur.
Ta’limni modernizatsiyalash sharoitida uzluksiz pedagogik ta’lim tizimida o’qituvchi kadrlarni tayyorlashga qo’yiladigan talablar ortib bormoqda.
O’qituvchi zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o’z–o’zini takomillashtirishida masofaviy kurslar bebaho yordam ko’rsatadi. Internet orqali tayyorgarlik mavzusini tanlash, vaqtni tejash, o’qitish samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi. O’zini, o’z tajribasini ochib berish qobiliyati o’qituvchi axborot madaniyatining muhim jihati hisoblanadi.
Ba’zan o’qituvchilar ma’muriyatning ishchi dasturlarni, ish yuzasidan hisobotlarini, ish yuritishning zamonaviy talablaridan kelib chiqib kompyuterda rasmiylashtirishni talab qilishini to’g’ri qabul qilmaydilar. Biroq, hujjatlarni ham texnik, ham dasturiy zamonaviy vositalardan foydalanib tayyorlashning ko’nikma va malakalari aniqrog’i, istagi o’qituvchiga innovatsiyalarga tayyor turadigan mahoratli o’qituvchi sifatida tavsifnoma beradi.
O’quv faoliyatini diagnostika va monitoring qilish ishlarida kompyuterdan foydalanish shuningdek, o’qituvchining axborot kommunikatsion texnologiyalarni bilish saviyasini tavsiflaydi. Kompyuterdan foydalanishda ham o’quvchilarning, ham o’qituvchining sog’lig’ini saqlash me’yorlariga rioya qilish o’qituvchi axborot madaniyatining ajralmas qismidir.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, yangi axborot texnologiyalarining tatbiq qilinishi o’qitishning an’anaviy texnologiyalarini bekor qilmaydi.
Kompyuter vositalari va axborot texnologiyalari didaktik jarayonga katta ta’sir ko’rsatadi, uning faolligini oshiradi, biroq shu bilan birga o’quv jarayonida axborot–kompyuter vositalaridan foydalanishda pedagogik maqsadga muvofiqlik printsipiga amal qilish talab etiladi.



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə