Ызбекистон республикаси олий ва ырта


  12-bob. BIZNES-REJANING SAMARADORLIGINI BAHOLASH



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/124
tarix21.10.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#129878
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   124
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (1)

 


132 
12-bob. BIZNES-REJANING SAMARADORLIGINI BAHOLASH 
 
12.1. Vaqt bo„yicha pul qiymati 
 
Biznes-rejani amalga oshirish uchun pul mablag‗lari kiritishni amalga oshirish 
turli vaqt oralig‗ida pul mablag‗lari oqimi bilan bog‗liq bo‗lgan moliyaviy-iqtisodiy 
hisob-kitoblarni amalga oshirishni talab qiladi. Bunday baholash konsepsiyasi shunga 
asoslanadiki, pul qiymati vaqt o‗tishi bilan pul bozoridagi foyda normasini hisobga 
olgan holda o‗zgarib boradi, bu norma sifatida odatda ssuda foizi normasi qabul 
qilinadi. Mazkur holatda foiz deganda pul bozorida puldan foydalanish natijasida 
olinuvchi daromad miqdori tushuniladi. Investitsiyalash uzoq muddatli jarayon 
ekanligini hisobga olgan holda, investitsiya kiritilgan paytdagi pul qiymatini uni 
bo‗lajak foyda, amortizatsiya ajratmalari va boshqa shaklda qaytib kelish paytidagi 
qiymati bilan taqqoslanadi. 
Investitsiya kiritish va pul mablag‗larini qaytib olish paytidagi pul qiymatini 
taqqoslashda ikkita asosiy tushuncha – pulning hozirgi qiymati va kelajakdagi 
qiymatidan foydalanish qabul qilingan

Pulning kelajakdagi qiymati
hozirgi paytda investitsiya qilingan pul 
mablag‗larining belgilangan vaqt o‗tgandan so‗ng ma‘lum bir foiz stavkasini hisobga 
olgan holda aylanishi lozim bo‗lgan miqdorini ifodalaydi. Pulning kelajakdagi 
qiymatini aniqlash ushbu qiymatning o‗sish jarayoni bilan bog‗liq bo‗lib, pulning 
boshlang‗ich miqdoriga foiz summasini (foiz to‗lovlarini) qo‗shib borish yo‗li bilan 
bosqichma-bosqich kattalashtirishni aks ettiradi. Bu summa foiz stavkasi bo‗yicha 
hisoblanadi. Investitsiya hisob-kitoblarida bu stavka nafaqat pul mablag‗lari 
qiymatini o‗stirish vositasi sifatida, balki yanada keng ma‘noda – investitsiya 
operatsiyalarining daromadlilik darajasini o‗lchash uchun ham foydalaniladi. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə