Ызбекистон республикаси олий ва ырта



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/124
tarix21.10.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#129878
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   124
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (1)

Birinchidan.
Manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‗jalik birlashmalari, kompaniya 
va korxonalar ishtirokida sanoatda mahsulot tannarxini 10-15 foizga pasaytirish 
yuzasidan har bir sanoat korxonasi bo‗yicha kompleks chora-tadbirlarni ko‗zda 
tutadigan dastur ishlab chiqish lozim. 
Ikkinchidan.
Mamlakatimiz korxonalarida qishloq xo‗jaligi xomashyosini 
qayta ishlash darajasini tanqidiy tahlil qilish va uni rivojlantirish bo‗yicha mavjud 
resurs va imkoniyatlarni aniqlash hamda sanoatning qayta ishlash tarmoqlarini jadal 
rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan iste‘mol tovarlari turlarini ko‗paytirish va 


128 
sifatini yaxshilash, buning uchun qo‗shimcha imtiyozlarni ko‗zda tutadigan maxsus 
qaror qabul qilish kerak.
Bu borada, birinchi navbatda, mahalliy xomashyo va materiallar asosida sanoat 
kooperatsiyasi 
va 
ishlab 
chiqarishni 
mahalliylashtirish 
tizimini 
yanada 
rivojlantirishga oid ishlarni davom ettirishga alohida e‘tibor qaratish darkor. 
Uchinchidan.
Bugungi keskin raqobat sharoitida mahsulotlarimizning jahon va 
mintaqaviy bozorlarda xaridorgir bo‗lishi va mustahkam o‗rin egallashi uchun bu 
boradagi ishlarni yana bir bor tanqidiy ko‗rib chiqish lozim. Bunda tashqi bozorda 
xaridorbop, yuqori likvidli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish uchun 
eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarni rag‗batlantirishni yanada kuchaytirish, 
ularga yangi imtiyoz va preferensiyalar berish bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar 
tayyorlash zarur. 
To„rtinchidan.
Mamlakatimizdagi raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqaradigan 
sanoat korxonalari va boshqa tarmoqlarning eksport yarmarkalari o‗tkazishini 
kengaytirish, shuningdek, mahsulot sotishning zamonaviy usullaridan keng 
foydalanish, asosiy ishlab chiqaruvchilarimizni o‗z mahsulotlari taqdimotini 
o‗tkazish va yangi eksport shartnomalari tuzishi uchun nufuzli xalqaro yarmarkalarga 
jalb etish bo‗yicha alohida Hukumat qarorini qabul qilish lozim.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə