Ызбекистон республикаси олий ва ырта


bosqichga ko„taradigan yil bo„ladi” nomli asarida keltirilgan etakchi tarmoq



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/124
tarix21.10.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#129878
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   124
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (1)

bosqichga ko„taradigan yil bo„ladi” nomli asarida keltirilgan etakchi tarmoq 
va sohalarda mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishning asosiy 
yo„llari. 
 
Hukumatning chorak yakunlariga bag‗ishlangan yig‗ilishlarida qabul qilingan 
Birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturini va modernizatsiyalash bo‗yicha tarmoq 


127 
dasturlari hamda loyihalarni amalga oshirish bo‗yicha tasdiqlangan tarmoq jadvallari 
ijrosi ta‘minlanishini ko‗rib chiqish va ularning bajarilishi uchun o‗z vaqtida tegishli 
choralar ko‗rish tartibini joriy etish darkor. 
O‗tgan yili protokol bilan belgilangan topshiriqqa binoan mamlakatimizning 
barcha yirik korxonalari va ishlab chiqarish tarmoqlarida o‗tkazilgan texnik audit 
natijasida 37 mingga yaqin asbob-uskuna va texnologiyalarning jahon miqyosida 
sinovdan o‗tgan, zamonaviy turlariga almashtirilishi lozimligi aniqlandi.
Vazirlar Mahkamasi ushbu audit natijalari asosida bir oy muddatda moddiy va 
ma‘naviy jihatdan eskirgan asbob-uskunalarni yangilash bo‗yicha loyihalarning 
amalga oshirilishi yuzasidan, ularni moliyalashning aniq manbalariga alohida e‘tibor 
qaratgan holda, tarmoq jadvallarini tasdiqlashi zarur. 
Bugungi kunda iqtisodiyotimizning samarasi haqida so‗z yuritar ekanmiz, shuni 
tan olishimiz kerakki, bu yo‗nalishda eskidan qolgan va hali-beri ro‗y berib 
kelayotgan oqsoqlik holatlari borligi, birinchi navbatda ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarning material va energiya sarfi yuqori darajada saqlanib qolayotgani ayon 
bo‗ladi.
Avvalo, biz tabiat tomonidan berilgan noyob, qayta tiklanmaydigan zaxiralar 
bo‗lmish neft, gaz kondensati, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‗i-energetika resurslaridan 
oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishni hamon o‗rganganimiz yo‗q. Bu 
resurslarning katta qismidan ko‗proq yoqilg‗i sifatida foydalanyapmiz, xolos.
Muqobil energiya resurslarini izlash va joriy etish ishlari talab darajasida emas. 
Umuman, ushbu sohada zudlik bilan hal qilinishi lozim bo‗lgan ko‗plab muammolar 
to‗planib qolganini afsus bilan qayd etish kerak.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimlarini joriy etish
mahsulotlarning xalqaro standartlarga mosligini ta‘minlash masalasi barcha 
korxonalarda ham hal etilgan, deb bo‗lmaydi. Bu kamchilik, ayniqsa, biz uchun o‗ta 
muhim ahamiyatga ega bo‗lgan engil sanoat, farmatsevtika va qurilish materiallari 
sanoati kabi iste‘mol tovarlari ishlab chiqariladigan tarmoqlarga tegishlidir.
Mamlakatimizda yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish borasida 
ham ishga solinmagan ulkan imkoniyatlar mavjud. Biz ishlab chiqarishni yangilash 
va modernizatsiya qilish uchun katta mablag‗ sarflaymiz, ko‗p miqdordagi xorijiy 
investitsiyalarni jalb etamiz.
Lekin qator tarmoqlarda ishlab chiqarish quvvatlaridan, asosiy fondlardan to‗liq 
foydalanishda, mehnat samaradorligini oshirishda yo‗l qo‗yilayotgan kamchiliklar 
mahsulotlar tannarxining asossiz ravishda o‗sib ketishiga olib kelmoqda.
Bunday vaziyatlarni tanqidiy baholab, Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 
quyidagi masalalarni hal etishi zarur: 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə