Mavzu. Moslanuvchan ishlab chiqarish tizimlari



Yüklə 39,61 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü39,61 Kb.
#163464
  1   2
micht mus ish1


Mavzu. Moslanuvchan ishlab chiqarish tizimlari
fanining mazmuni

Reja:
1.Kirish. Moslanuvchan ishlab chiqarish tizimlari haqida umumiy ma`lumot.
2.Moslanuvchan ishlab chiqarish sistemasining turlari.
3.MICHT da tayyorlash uchun detallarni tanlash va ularning texnologyabopligi.
4.MIChT ning afzalliklari.


Moslashuvchan ishlab chiqarish tizimi (MICHT) - bu ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va miqdoridagi o'zgarishlarga osonlikcha moslashishga mo'ljallangan ishlab chiqarish usuli. Mashinalar va kompyuterlashtirilgan tizimlar turli qismlarni ishlab chiqarish va o'zgaruvchan ishlab chiqarish darajalarini boshqarish uchun sozlanishi.

Moslashuvchan ishlab chiqarish tizimi (MICHT) samaradorlikni oshirishi va shu bilan kompaniyaning ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishi mumkin. Moslashuvchan ishlab chiqarish, shuningdek, buyurtmalarni buyurtma qilish strategiyasining asosiy tarkibiy qismi bo'lishi mumkin, bu esa mijozlarga xohlagan mahsulotlarini moslashtirishga imkon beradi.
Bunday moslashuvchanlik yuqori xarajatlar bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Bunday xususiylashtirishga imkon beradigan ixtisoslashtirilgan uskunani sotib olish va o'rnatish ko'proq an'anaviy tizimlarga qaraganda qimmatga tushishi mumkin.
Moslashuvchan ishlab chiqarish kontseptsiyasi 1950 yillarning boshlarida bir qator tegishli patentlarni taqdim etgan amerikalik sanoat muhandisi va ixtirochisi Jerom Lemelson (1923-97) tomonidan ishlab chiqilgan. Uning asl dizayni robotga asoslangan tizim bo'lib, u ishlab chiqarilgan mahsulotlarni payvandlash, mixlash, tashish va tekshirish imkoniyatiga ega edi.
Lemelsonning MICHT ixtirolariga asoslangan tizimlar AQSh va Evropada zavod pollarida 1960-yillarning oxirida debyut qilgan va 1970-yillarda ko'paydi.
Moslashuvchan ishlab chiqarish tizimi mahsulotni oxirigacha yaratishni qayta ishlaydigan kompyuter terminallari bilan o'zaro bog'liq ishlov berish ish stantsiyalarining konfiguratsiyasini, yuklash / tushirish funktsiyalaridan tortib to ishlov berish va yig'ishdan tortib sifatli testlash va ma'lumotlarni qayta ishlashgacha o'z ichiga olishi mumkin. Tizim ma'lum miqdordagi mahsulotlarning bitta to'plamini ishga tushirish uchun dasturlashtirilishi mumkin, so'ngra boshqa miqdordagi boshqa mahsulot to'plamiga avtomatik ravishda o'tadi.
Mijozlarga o'z mahsulotlarini moslashtirishga imkon beradigan buyurtma asosida ishlab chiqarish jarayoni ham moslashuvchan ishlab chiqarish namunasi bo'lishi mumkin
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish asosida inson omilining texnologik jarayonga ishtirokini qisman yoki butunlay cheklash yotadi.Bugungi kundagi ishlab chqarish buyurtmachining taklifini inobatga olib,mahsulotga o`zgartirish kiritish uchun texnologik jarayonni tez qayta sozlash,yangi mahsulot ishlab chqarishni tez yo`lga qo`yadigan bo`lishi kerak.Shunday qilinganda keraksiz tayyor mahsulotlar chiarish va resurslardan samarasiz foydalanishning oldi olingan bo`ladi.
Avtomatlashtirish rivojlanishining dastlabki bosqichlarida ommaviy ishlab chiqarish uchun mo`ljallangan bikr avtomatik liniyalar tashkil etilgan (ularning xarajati 8-10 yilda qoplangan).Bikr avtotomatik liniyalar,tor ixtisoslashgan dastgohlardan tashkil topganligi bois ularni qayta sozlash imkoni bo`lmagan.Natijada keraksiz mahsulotlar ko`plab ishlab chiqarilgan.Aynan shuning uchun avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning yangi konseptsiyasi – Moslanuvchan ishlab chiqarish tizimi vujudga keldi.Bunday ishlab chiqarishning dastlabki shakllari 1960 yillarda paydo bo`ldi.
Dastgoh tizimining moslanuvchanligi deganda,uning texnik imkoniyati va detallar guruhiga ishlov berish uchun qayta sozlanish qobiliyati tushuniladi.
Moslanuvchan ishlab chiqarish tizimi - bu berilgan nomenklatura doirasidagi yangi mahsulotlarni tayyorlashga o‘tishda, jixozni avtomatik ma’romda qayta sozlash bilan ishlashni ta’minlovchi sistemadan iborat, bir necha biriktirilgan texnik jihozlar birligidir.
Boshqacha qilib aytganda, MICHT oldindan tuzilgan grafikka asosan minimal qo`l mehnatidan foydalanib,qisqa vaqt mobaynida qayta sozlash orqali,materiallar, asboblar va avtomatlashtirilgan nazorat-o'lchash uskunalarini harakatlantirish uchun avtomatlashtirilgan qurilma yordamida, ayrim aniq turdagi mahsulotga ta`luqli har qanday mahsulotni ishlov berishi mumkin bo`lgan kompyuter bilan boshqariladigan RDB dastgohlaridan tashkil topgan integratsiyalashgan kompleks.

Tashkil qilish belgilariga ko’ra MIChT quyidagi turlarga bo'linadi: moslanuvchan avtomatlashgan liniya (MAL), moslanuvchan avtomatlashgan bo'lim (MAB), moslanuvchan avtomatllashgan tsex (MAS); moslanuvchan avtomatlashgan korxona (MAK).

MIChM bir texnologik dastgohdan iborat bo'lib, ular dastur bilan boshqariluvchi avtomatlashgan qurilma va texnologik jarayonni avtomatlashtirish vositalari bilan (yuklash, tushirish qurilmalari) ta’minlangan boiadi. U avtonom funksiyalanishi
yoki yuqori sinfdagi boshqa tizimlarga go'shilishi mumkin.
MAL va MAB bir nechta MICHMdan iborat boiib, ular avtomatlashgan boshqarish tizimlariga birlashgan boiadi. MAB da dastgohlar texnologik operatsiyalarni bajarish ketma-ketligi bo'yicha joylashtiriladi. MABda ishlatilayotgan jihozlarning ketma-ketligi bo'yicha imkoniyatiga garaladi. MAS o'zida MAL va MAB lar
bilan turlicha birikib, nomenklaturadagi mahsulotni ishlab chiqarish uchuh, masalan, mexanik ishlov berish, yig'ish, termik ishlov berish uchun mo'ljallangan bo'ladi.
MAK o'zida tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun moijallanqan MASlardan iborat bo'ladi. MIChT strukturasi o'z ichiga ikkita asosiy kompleksni oladi: ishlab chiqarish va boshqaruvchi hisoblash kompleksi (BXK)larni va ularnmg alohida
gismlarini gurishda tizimli yondashuv goilaniladi: har bir tarkibiy gism xuddi, avtomatlashgan texnologik vositalar va g o`l mehnatini mexanizatsiyalash, o'zaro harakatni belgilangan tartibda boshqarish funksiyasi tizimlari ko'rinishida ko'riladi. O'z navbatida, ishlab chiqarish kompleksi o'zida ishlab chiqarish tizimi va ishlab chiqarishning funksiyalanishini ta’minlash tizimi (FTT) namoyon boiadi.

FTT tarkibiga guyidagilar kiradi:

-avtomatlashtirilgan transport yoki ombor transport tizimi (ATOT);
-asboblar bilan ta’minlashning avtomatlashtirilgan tizimi (ATAT);
- avtomatlashtirilgan nazorat tizimi (ANT);
-chiqindilarni chiqarib tashlashninq avtomatlashtirilgan tizimi (ChChTAT);
-jihozlarni ta’mirlash va buzilishini oldini olishni ta’minlash tizimi (JTT);
-texnologik jarayonlarni boshgarishning avtomatlashtirilgan tizimi (TJBAT);
- avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi (ALT);
-ishlab chigarishni texnologik tayyorlashning avtomatlashtinlgan tizimi (IChTTAT);
- avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi (ABT) va boshqalar.
Mexanik ishlov berish bo'limlari mos ravishda ikkita ixtisoslashtirilgan shaklda bo'ladi: texnologik va predmetli.
MIChT ikkita yo'nalishda bo'ladi. Birinchi yo'nalish alohida texnologik operatsiyalarni avtomatlashtirish va operatsiyali MIChT yaratishni (tokarlik, Irezerlik, jilvirlash) o'z ichiga oladi.
Ikkinchi yo'nalish esa ma’lum sinfdagi detallarga ishlov berishda texnologik jarayonlarni to'liq avtomatlashtirishi bilan xarakterlanadi,bu esa tezda sozlanishi evaziga operatsiyali MIChT ga nisbatan samarasi yuqori bo'lishini ta’minlaydi. MIChT tashkil qilishda asos qilib guruhli texnologiya olinadi. Chunki, tsex va
bo'limlarni detallar bo'yicha ixtisoslashda oson sozlanishi dastgohlarning
turib qolishini minimal darajada bo'lishini ta’minlaydi. Bu holatda bo'limda texnologik bir jinsli operatsiyalari bir yoki bir nechta mahsulotning turli detallariga ishlov berish uchun bajariladi. Yig'uv sexi yoki yig'uv bo'limi asosiy jihozlarini
tanlashda yillik ishlab chiqarish xarajatlarining eng kam bo'lishligiga erishish kerak. Asosiy yig'ish jihozlariga yig'ish texnologik jarayonini bajaruvchi jihozlar kiradi: yig'ish stendlari,yig'ish uchun verstaklar, yig'ish stoli, qo'shimcha ishlov berish yoki yig'ish uchun metall kesish dastgohiga sovituvchi va qizdiruvchi
qurilmalar, yuvish mashinalari, sinash va nazorat qilish stendlari, yig'ish konveyerlari, avtomatlashgan yig'ish qurilmalari va liniyalari. Ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarishda yig'ish avtomatlashgan va avtomatlashtirilgan yig'uvchi qurilma va liniyalarni,yig'uvchi konveyerlarni qo'llab yig'ish ishlarini bajariladi
va alohida o'rinlarlda yig'ish texnologik o'tishlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish olib boriladi.


Mexanik ishlov berishning moslanuvchan ishlab chiqarish moduli :
Moslashuvchan ishlab chiqarish moduli (MIChM) o`z tarkibiga murakkab texnologik operatsiyalarni bajarish uchun texnik tizim va qurilmalarni birlashtiradi.
Mexanik ishlov berish uchun moslashuvchan ishlab chiqarish moduli (MIChM) tarkibiga RDB qurilma,tayyorlanma va asbobni almashtiruvchi yordamchi qurilma,qirindi chiqarish,ishlab chiqarish sifatini nazorat qilish, texnologik jarayonni nazorat qilish uchun bir yoki ikki birlik asosiy texnologik jihoz kiradi.
Avtonom ishlash uchun mo`ljallangan MIChM avtomatik rejimda berilgan tsiklni ko`p marta takrorlaydi va yuqoriroq darajadagi MIChT ga birika oladi.
MIChM da ishlab chiqarishning aniq maqsadlariga ko`ra turli tarkibdagi jihozlar ishlatiladi va joylashtiriladi. MIChM bazasida tipaviy kompanovkalar ko`rsatilgan.
Dastgohlar o`zaro avtomatik transport tizimi, tayyorlanma va detallar bo`yicha operatsiyalarni bajaruvchi robototexnologik kompleks bilan ulangan.Xuddi shunday har bir modulni yuqori darajadagi MIChT qurish uchun konstruktiv birlik sifatida qo`llash mumkin.RDB tokarlik dastgohi bazasida detallarga ishlov berish uchun MIChT ni shakllantirishda detallar odatda yo`ldoshlarsiz transportirovka qilinadi.Bu bilan tayyorlanma va tayyor mahsulotlarni joylashtirish ishlari osonlashadi.RDB tokarlik dastgohi bazasida MIChT ga ixtisoslashtirilgan robotlar – tayyorlanma yig`uvchi avtooperatorlar ulanadi.Pobotning ixtisoslashtirilganligi shundaki u aniq dastgoh uchun moslashtiriladi,bunda minimal ish maydoni ishlatiladi va tayyorlanma bilan manipuyatsilash uchun qulay zona ta`minlanadi.

MIChM ning juftlangan dastgoh bazasida tipaviy kompanovkasi.


a-RDB tokarlik dastgohi va RDB ishlovberuvchi markaz bazasidagi MIChM;
b-ikkita tokarlik dastgohi bazasidagi MIChM;c-ikkita ishlov beruvchi markaz bazasidagi MIChM;d-ikkita ishliv beruvchi markaz va pallet transporteri bazasidagi MIChM.1-RDB tokarlik dastgohi;2-robot;3-transporter yoki tayyorlanma to`plovchi;4-ishlov beruvchi markaz.5-robot;6-mahalliy omborxona;7-pallet almashtirish qurilmasi;8-pallet yig`gich;9-pallet transpoteri.


MICHT da tayyorlash uchun detallarni tanlash va ularning texnologyabopligi:
MICHT ishlov berish uchun detal tanlash MICHT ni texnologik loyihalashda muhim bosqich bo`lib hisoblanadi.Tasodifiy tanlangan va noto`g`ri o`ylangan nomenklatura har qanday,hatto texnik tomondan eng mukammal loyihalarni ham samarasizlikka olib kelishi mumkin.
Quyida MICHT da ishlov berish uchun detal tanlashning asosiy mezonlari keltirib o`tilgan.
1. Detallarni umumiy o'lchamlari, konfiguratsiyasi, o'xshash o'lchamlari, konfiguratsiyasi, konstruktiv elementlarining tabiati, ishlov berilgan yuzalarning soni va o`zaro joylashuvi,ayniqsa operatsiyalar tarkibi va texnologik jarayonlar yo'nalishi bo`yicha tanlash kerak
2. Har xil materialdan tayyorlangan detallarga bir vaqtning o'zida ishlov berish,qirindilarni ajratish bilan bog'liq muammolarni keltirib chiqaradi, MchIT ishini tashkil etishning murakkablashishiga va asboblar nomenklaturasining o'sishiga olib keladi.
3. MchIT ni ishlatish tajribasiga asoslanib, buni tavsiya qilish mumkinki,
avtomatlashtirilgan liniya yoki uchastka tarkibiga kamida to'rtta va 12 tadan ko'p bo'lmagan dastgohlardan iborat bo`lishi kerak.Birinchi navbatda 2-3 tadan ko`p bo`lmagan o`rnatisda to`liq ishlov beriladigan detallar tanlanadi. Bitta operatsiyani bajarish uchun minimal dastgoh sarflari (batcha nomenklaturadagi detallar bo`yicha) tizimdagi dastgohlar soniga, transport tizimining va yordamchi texnologik pozitsiyalarning o`tkazuvchanlik qobiliyatiga bog`liq.
Bitta operatsiya uchun maksimal dastgoh sarfi MchIT qurilmasining ishonchliligi
va moslashuv tizimlarining mukammallik darajasining mavjudligi bilan belgilanadi.Bir marta ishlov berishda dastgoh sarfi,bitta operatsiya uchun 10-15 daqiqadan kam va 2-3 soatdan ko`p bo`lmasligi kerak.
4.MIChT da ishlov beriladigan detallarning nomenklaturasi iloji boricha bir xil turdagi moslamalarni ishlatishni ta`minlashi kerak.
Agar har xil turdagi ixtisoslashgan dastgohlardan foydalanish zarur bo'lsa, mashinalar, MIChT tarkibiga ularning har biridan kamida ikkita birlik bo`lishi kerak. Asosiy e'tibor har xil turdagi qurilmalarning o`zaro va bir -biri bilan shuningdek asosiy agregatlar va MIChT bilan o`zaro joylashyshuviga qaratishi kerak.(ulanish o'lchamlari bir xil yo'ldoshlar, kassetalar, yordamchi dastgohlar bir xil RDB qurilmalari va boshqalar).
5.Birinchi navbatda, MIChT ga tizimdan tashqarida yoki maxsus operatsiyalar uchun ishlov berish marshrutni to'xtatmasdan, to'liq ishlov berilishi mumkin bo'lgan detallar uzatilishi kerak. Detallarga ishlov berishdagi mehnat sarfining,MIChT da bajarilgan operatsiyalarning mehnat sarfining nisbati kamida 0.8…0.9 bo'lishi kerak.
6.MIChT da ishlov berish uchun faqat barqaror va tasiqlangan texnologiyali detallar uzatilishi mumkin.MIChT da ishlov berish jarayoni unumdorlik va sifat bo`yicha yuqori barqarorlikka ega bo`lishi kerak.
Bu pozitsiyalardan, detallarni tanlashda letallarning o`ziga xos xususiyatlari bilan bog`liq tizimning ishdan chiqish ehtimolligini minimumga yetkazish zarur.
7.Operatsiyalarning maksimal kontsentratsiyasi.
8.Qo`lda bajariladigan slesarlik va pardozlash operatsiyalarini texnologik jarayondan chetlatish imkoniyati.
9.Robotlarni qo'llash paytida kerakli bazaviy yuzalarining mavjudligi
10. Ko'p dastgohli xizmat ko`rsatishni tashkil etish.


Texnologik sistemaning, shu jumladan dastgohning xam moslanuvchanligisiz yakka va gurux talablarini samarali xamda maxsulli qondirib bo`lmaydi.
Texnologik sistemaning moslanuvchanligi deganda buyumga ishlov berish maqsadlari va vazifalarini sistemaning strukturasini, tashkil etilishini, xarakat dasturini o`zgartirish yo`li bilan ma’lum chegarada rostlash imkoniyati tushuniladi.
Dastgohning moslanuvchanligi - deyilganda — dastgohning boshqa detalni tayyorlashga tez qayta moslanish qoybilyati tushiniladi.
Aloxida dastgoh yoki uning sistemasi uchun moslanuvchanlik deyilganda, uni quyidagicha tasniflash mumkin.
Ishlab chiqarishdagi moslanuvchanlik- dastgohning uni loyixalashda mo`ljallangan barcha detallarning istalganiga ma’lum vaqt ichida ishlov bera olish qobiliyatini bildiradi. Mazkur xolda xar qaysi turdagi detal datchik yordamida qayd etiladi, ya’ni datchik boshqarish sistemasiga dastgohning va transport sistemasining ish sikllarini navbati bilan shakllantirish, zarur asboblarni ishga solish, sanoat robotlarining qamragichlarini va sistemaning boshqa elementlarini rostlash to`g`risida komanda beradi.
Nomenklaturaning moslanuvchanligi- dastgohni ish jarayonida yangi yoki loyixalash bosqichida ko`zda tutilmagan takomillashtirilgan detalga ishlov berishga (ortiqcha o`zgartirishlarsiz) qayta moslash imkoniyatini bildiradi. Bunday moslanuvchanlikni amalga oshirish yo`llaridan biri dastgohni loyixalayotganda qo`shimcha yuzalarga ishlov berish imkoniyatlarini xamda ishlov berish pozitsyyalarini ta’minlashdan iborat.
Texnologik marshrutning moslanuvchanligi- turli texnologik operatsiyalarning bajarilish yo`lini o`zgartirish imkoniyatlarini tavsiflaydi. Bunday moslanuvchanlik detalga ishlov berish marshrutini o`zgartirishga imkon beradigan transport sistemasining moslanuvchanligiga bog`liq. Transport sistemasining moslanuvchanligi esa o`z navbatida sanoat robotlarini qo`llanishga asoslanadi. Texnologik marshrutning moslanuvchanligi qo`llanilgan avtomatik liniyalarda rezerv dastgohlar va dastgoh dublyorlardan foydalaniladi. bular liniyadagi dastgohlardan biri buzilganda detallarga ishlov berishini davom ettirishga imkon beradi.
Operatsion moslanuvchanlik- ishlov berish rejimlarini va operatsion sikllarni o`zgartirish imkoniyatini tavsiflaydi. Operatsion moslanuvchanlik moslanuvchan avtomatik liniyadagi ayrim dastgohlarning detallarga ishlov berish aniqligining davom etish vaqti o`zgarib turganda, shuningdek ayrim dastgohlar buzilganda ishda davom etishni ta’minlaydi. Operatsion moslanuvchanlik detallarning operatsiyalar o`rtasida transportyorlarda bo`lishi va to`plagichlarda to`planishi tufayli amalga oshadi.
Maxsulot chiqarishdagi moslanuvchanlik- moslanuvchan avtomatlashtirilgan liniyalarda tayyorlanadigan detallar ro`yxati chegarasida ishlab chiqarish dasturi (programmasi)ni o`zgartirish imkoniyatini tavsiflaydi. Texnologik uskunalar moslanuvchanlikning yuqorida ko`rsatib o`tilgan xossalari jixatdan ikki: o`rtacha va yuqori darajali moslanuvchan bo`ladi.


MIChT ning afzalliklari va kamchiliklari:
1.Moslanuvchanlik
2.Jihozlarning yuklanish koyeffitsiyentining yuqoriligi 0.8…0.9
3.Yuqori unumdorlik
4.Minimallashtirilgan qo`l mehnati
5.Iqtisodiy
6.mahsulotni tayyorlash vaqtining qisqarishi
7.Doimiy sifat
8.Doimiy nazorat
Kamchiliklari:
1.Tizimni sotib olish va ishga tushirishda katta mablag` talab etilishi
2.Loyihalash ishining murakkabligi
3.Yuqori malakali kadrlar
4.Tizim jihozlarini yetkazib beruvchilarning ozligi

Moslashuvchan ishlab chiqarish buyurtmalarni buyurtma qilish strategiyasining asosiy tarkibiy qismi bo'lishi mumkin, bu mijozlarga xohlagan mahsulotlarini moslashtirishga imkon beradi.
Moslashuvchan ishlab chiqarish buyurtmalarni buyurtma qilish strategiyasining asosiy tarkibiy qismi bo'lishi mumkin, bu mijozlarga xohlagan mahsulotlarini moslashtirishga imkon beradi.
MICHT ning kamchiliklari uning oldingi xarajatlari va turli xil kelajak ehtiyojlari uchun tizim xususiyatlarini loyihalashtirish uchun ko'proq vaqtni o'z ichiga oladi.
Shuningdek, MICHT ni boshqarish, nazorat qilish va saqlash uchun ixtisoslashgan texnik xodimlarga ehtiyoj borligi bilan bog'liq xarajatlar mavjud. MICHT himoyachilarining ta'kidlashicha, avtomatlashtirishning ko'payishi odatda ish haqining sof pasayishiga olib keladi.




Yüklə 39,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə