56
5.1-rasm.
Iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish borasida kechiktirib
bo„lmaydigan chora-tadbirlar.
Respublikamizda qayta ishlash sanoatining, ayniqsa qishloq xo‗jalik
xomashyosini qayta ishlash tarmoqlarining rivojlanishi darajasi mamlakatimizda
mavjud sanoat xomashyosini to‗liq va chuqur qayta
ishlash orqali raqobatbardosh,
yuqori likvidli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun etarli emas.
5.4. Rejalashtirilayotgan biznesni sug„urtalash
Sug„urtalash
– bozor infratuzilmasining muhim elementi bo‗lib,
fuqarolarning va xo‗jalik sub‘ektlarining mulkiy manfaatlarini himoya qilishi ko‗zda
tutiladi.
Sug‗urtalash
sug‗urtalovchining
manfaatlarini
uchinchi
shaxslar
e‘tirozlaridan hamda bu shaxslarning o‗z manfaatlarini ham himoya qiladi, chunki
sug‗urtalovchining moddiy imkoniyatlaridan qat‘iy nazar
etkazilgan zararni qoplash
kafolatlanadi.
Sug‗urtalashni huquqiy jihatdan tartibga solish har bir mamlakatda davlat
tomonidan belgilab qo‗yiluvchi qonun va qoidalarga asosan amalga oshiriladi.
Masalan, Fransiyada uch qismdan iborat bo‗lgan Sug‗urta kodeksi mavjud. Uning
birinchi qismida qonun normalari, ikkinchi qismida hukumat qarorlari mavjud bo‗lsa,
uchinchi qismi boshqa ma‘muriy idoralarning ko‗rsatmalaridan iborat.
Buyuk Britaniyada sud jarayonlari sug‗urta huquqining manbai hisoblanadi.
AQSHda ham shunday holatni kuzatish mumkin. SHveysariyada esa sug‗urta
huquqining asosiy manbai 1908 yilda qabul qilingan va keyinchalik ma‘lum bir
o‗zgartirishlar kiritilgan «Sug‗urta shartnomasi to‗g‗risida»gi qonun hisoblanadi.
Rossiyada sug‗urta munosabatlari avvalo Fuqarolik kodeksi hamda 1997 yil 31
dekabrda qabul qilingan «Rossiya Federatsiyasida sug‗urta
ishini tashkil etish
to‗g‗risida»gi qonun bilan tartibga solinadi.
Sug‗urtalash O‗zbekistonda ham rivojlanmoqda. Mustaqillik qo‗lga
kiritilgandan so‗ng, 1993 yilning mayida «Sug‗urtalash to‗g‗rsida»gi qonun, 2002
yilning aprelida esa o‗z tarkibi va bajaruvchi vazifalari bo‗yicha jahon standarti
talablariga yaqinlashgan «Sug‗urta faoliyati to‗g‗risida»gi yangi qonun qabul qilindi.
Respublikamiz sug‗urta tizimini bugungi kunda «O‗zbekinvest» Milliy sug‗urta
kompaniyasi, «Kafolat» davlat-aksiyadorlik sug‗urta kompaniyasi, «Madad» sug‗urta
kompaniyasi va boshqalar namoyon qiladi.
57
Sug‗urtalash maxsus fan sohasi va xo‗jalik amaliyoti bo‗lganligi sababli bu
erda sug‗urtalashning tizim sifatidagi mohiyatiga chuqur kirib bormaymiz.
Sug‗urtalashni faqat biznesni qo‗llab-quvvatlash
hamda uni tabiiy ofatlar, iqtisodiy
nobarqarorlik, uchinchi shaxslarning aybi kabi sabablar bilan yuzaga kelishi mumkin
bo‗lgan yo‗qotish va zararlarning oldini olish imkoniyati sifatida ko‗rib chiqamiz,
xolos.
Biznes, ishlab chiqarish yoki
faoliyatning boshqa bir turi, ayniqsa katta
miqdorda moddiy va moliyaviy resurslarni jalb qilish bilan bog‗liq bo‗lishi doim ham
muvaffaqiyat yoki yutuqning garovi bo‗la olmaydi. Bu ma‘lum darajada
tavakkalchilik ham bo‗lib,
biznes tili bilan aytganda, oldindan sug‗urta qilinishi
lozim.
Biznes va tadbirkorlik odatda sug‗urta ob‘ekti bo‗lmaydi. Sug‗urta tizimi
butun dunyoda asosan uch yo‗nalishni nazarda tutadi:
Dostları ilə paylaş: