shaxsiy sug„urta, mulk sug„urtasi va javobgarlikni sug„urtalash . Biznes sohasida moddiy qadriyatlar,
mulk va yuk, depozitlar, tijorat tavakkalchiliklari va boshqalar sug‗urta ob‘ekti
vazifasini bajaradi.
Tavakkalchiliklar, ularni baholash va bashorat qilish bilan bog‗liq masalalar
biznes-rejani tayyorlashda ham, kelgusida uni amalga oshirishda ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Gap shundaki, investorlar, bankirlar va boshqa kreditorlar
odatda korxona yoki tadbirkor oldida ishlab chiqarishni tashkil etishda qanday
muammolar vujudga kelishi va ular bunday vaziyatlardan qay tariqa chiqib ketishini
bilishni istaydilar. Buni baholash odatda muayyan faoliyat turiga yoki bugungi til
bilan aytganda mo‗ljallanayotgan biznes-loyihaning miqyosiga bog‗liq bo‗ladi.
Sug‗urtalash
majburiy
tarzda
ikki
tomonning
– sug‗urtachi va
sug‗urtalanuvchining ishtirok etishi, shuningdek, belgilangan sug‗urta badalini
nazarda tutishi sababli sug‗urtalanuvchi, bizning holatda korxona yoki tadbirkor
tomonidan, bu ishning barcha jihatlarini chuqur o‗ylab ko‗rish lozim bo‗lib, bu
badallar asosida kelgusida umumiy sug‗urta jamg‗armasi shakllanadi. Xususan,
quyidagilarni amalga oshirish zarur:
vujudga kelishi mumkin bo‗lgan barcha tavakkalchiliklarni aniqlash;
har bir tavakkalchilikning vujudga kelish ehtimolini aniqlash;
ular natijasida etkazilishi mumkin bo‗lgan zarar miqdorini hisoblash;
ularni vujudga kelish ehtimoli bo‗yicha ajratish;
yo‗l qo‗yish mumkin bo‗lgan tavakkalchilik darajasini belgilash va vujudga
kelish ehtimoli ushbu chegaradan past bo‗lgan barcha tavakkalchiliklarni bir chetga
surib qo‗yish.
Sug‗urtalash amalda faqat sug‗urtalanuvchi tavakkalchiliklarga (risk insurable)
ta‘sir ko‗rsatib, ularni etkazilishi mumkin bo‗lgan zarar va sug‗urta holatining yuzaga
kelish ehtimoli nuqtai nazaridan pul qiymatida baholash mumkin. YA‘ni
tavakkalchilik oqibatlari ob‘ektiv o‗lchanishi va qiymat bahosiga ega bo‗lishi lozim.
Tavakkalchilik chayqovchilik xarakteriga ega bo‗lmasligi va sug‗urtachi yoki
sug‗urta manfaatiga ega bo‗lgan boshqa shaxs bilan aloqada bo‗lmasligi lozim.
Sug‗urta holati jamiyat manfaatlari yo‗lida amalga oshirilmasligi kerak.
Firma o‗z faoliyati mobaynida turli xil tavakkalchiliklarga uchrashi mumkin