64
aholi punkti
aholi punktlari
bozorlar
1
Talab darajasi
2 Talabni qoniqtirish
darajasi
3 Raqobat darajasi
4
Mahsulotni xarid qilishga
tayyor iste‘molchilar
salmog‗i
6.2-jadval
Raqobatchilarni baholash va tahlil qilish
№
Raqobatchilar tavsifnomasi
Asosiy raqobatchilar
Birinchi
Ikkinchi
1
Sotuv hajmi, natural ko‗rsatkichlar
2 Bozorda egallagan ulushi, %
3 Narx darajasi
4 Moliyaviy holat (rentabellik)
5
Texnologiyalar darajasi
6 Mahsulot sifati
7 Reklama xarajatlari
8 Tashqi ko‗rinishning jozibadorligi
9 Korxona faoliyat ko‗rsatayotgan vaqt, yil
a.
Korxonani baholash
Korxona to‗g‗risidagi axborot investorlar
korxonaning ishonchliligi, uning
bozordagi holati barqarorligiga ishonch hosil qilishlari uchun iloji boricha to‗liq
bo‗lishi lozim. Korxonani tavsiflash uning yaratilish tarixi, tashkiliy-huquqiy shakli,
davlat idoralarida ro‗yxatdan o‗tishi, xo‗jalik aloqalari,
eng yirik foydali loyihalari,
menejmentning samaradorligi haqidagi ma‘lumotlar va boshqalarni qamrab olishi
lozim.
Korxona tavsifnomasi quyidagi savollarga to‗liq javob berishi zarur:
korxona tarixi, o‗tgan davr mobaynida uning rivojlanishi;
korxonaning asosiy egalari ro‗yxati, ulardan har birining korxonaning asos
topishi va faoliyat ko‗rsatishidagi roli;
korxona rivojlanishiga ta‘sir ko‗rsatgan hodisalar;
korxonaning tashkiliy tuzilmasi va xodimlar haqidagi ma‘lumotlar;
mahsulotni sotishda tarixiy va joriy tendensiyalar;
so‗nggi uch yil mobaynida korxonaning texnik-iqtisodiy
va moliyaviy
ko‗rsatkichlari;
korxonaning asosiy yutuq va ustunliklari;
sotuv hajmi dinamikasi;
korxonaning bozordagi ulushi va uning tendensiyalari;
65
korxona reklamasi va reklama imkoniyatlaridan foydalanish darajasi;
korxonaning tashkiliy-huquqiy darajasi;
korxona xarajatlari;
moliyaviy-xo‗jalik faoliyatida korxona oldida vujudga keluvchi muammolar;
korxonaning kuchli va zaif tomonlarini baholash (mahsulot yoki xizmat
sifati, sotuv imkoniyatlari, ishlab chiqarish xarajatlari darajasi, xodimlar malakasi va
tajribasi, texnologiyalar darajasi, materiallar va butlovchi
qismlarni etkazib berish
sharoitlari, menejment darajasi).
Tashqi muxitga munosabati nuqtai nazaridan korxona tahlilini amalga oshirish
uchun samarali vosita sifatida SWOT- tahlilini amalga oshirishni tavsiya etish
mumkin
18
.
SWOT-quyidagilarni bildiradi: S-strength (kuchli tomonlar); W- Weakness
(zaif tomonlar); O - Opportunities (imkoniyatlar); T- Thereats (xavflar).
SWOT-tahlili korxonaning kuchli va
zaif tomonlari tahlilini, mumkin bo‗lgan
xavf-xatarlar muxitini o‗rganish va bashorat qilishni (prognozlash), zararni oldini
olish bo‗yicha tadbirlarni ishlab chiqishni, korxonaning strategik va joriy (taktik) im-
koniyatlari tahlilini,
xavflarni oldini olish, zaif tomonlarni qisqartirish bo‗yicha tad-
birlarni ishlab chiqishni, korxonaning kuchli tomonlarini mustahkamlash va imkoni-
yatlarni kengaytirishni ko‗zda tutadi. Baholashning mukammalligi va uning biznes-
rejada detallashtirish darajasi tahlilning yo‗naltirilishiga (kimga va nima uchun) va
maqsadlariga bog‗liq bo‗ladi.
SWOT-tahlilning asosiy g‗oyalarini tushunarli bo‗lishi uchun olingan na-
tijalarni jadval shaklida aks ettirish maqsadga muvofiq.
SWOT-tahlilning mazmunini quyidagi 6.2-rasmda ko‗rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: