|
Ызбекистон республикаси олий ва ыртаXalqaro savdo orqali tinchlik sari.
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (1)
Xalqaro savdo orqali tinchlik sari.
Mamlakat uchun nima yaxshi bo‗lsa, firma uchun ham yaxshidir.
Bizning mahsulotlar dunyoni hayot uchun yanada qulay qiladi.
Iste‘molchilar tashkilotimiz xayotiy kuchining manbai.
Korxona missiyasining fundamental asoslari bo‗lib uning tamoyillari va etikasi
hisoblanadi. Ular firma xodimlari xatti-harakatlariga qo‗yiladigan universal ijtimoiy
talablar majmuini ifodalovchi faoliyatning asosiy qoidalari sifatida yuzaga chiqadi.
Korxona tamoyillari o‗z ichiga oladigan talablar quyidagilar:
mahsulot (ish, xizmatlar) va bozorga talablar;
boshqaruvga talablar - motivatsiya tizimi, qarorlar qabul qilish,
nazorat, yutuqlarni baholash va x.k.;
xodimlarga talablar - ijodiy fikrlash, mas‘uliyatni o‗z zimmasiga
olish, motivlar, unumdorlikni baholash va x.k.;
tashqi muhitga talablar - xaridorlar, ta‘minotchilar, investorlar,
raqobatchilar, jamiyat, davlat.
Tamoyillarni shunday ta‘riflash kerakki, bir tomondan, raqobatchilar korx-
onaning xo‗jalik yuritishdagi niyatlaridan foydalana olmasliklari uchun imkon qadar
umumlashgan xolda, ikkinchi tomondan, xaridorlar va xamkorlar hamda boshqa
ishtirokchilar ularni yaxshi tushunishi uchun etarlicha aniq bo‗lishi lozim.
Korxona etikasi
(yoki o‗zaro aloqalarning ma‘naviy jixatlari) biznesmenning
vijdoni yordamida tadbirkorlik faoliyati jarayonida firma xodimlari xatti-
harakatlariga (hulqiga) bo‗lgan eng yuqori talablarga amal qilishga imkon yaratadi.
Korxonaning bozordagi hamkorlariga nisbatan amal qilishi lozim bo‗lgan ma‘naviy
qadriyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: aldashdan voz kechish, halollik,
hamkorlikdagi ishda ishonch, innovatsion g‗oyalar sohibining tadbirkorlik manfatiga
hurmat.
Missiyani belgilashda korxona tanlab olgan qadriyatlar yo‗nalishi ham
ahamiyatga ega bo‗lib, ular rahbarlar va barcha xodimlarning strategik xatti-
harakatlariga jiddiy ta‘sir o‗tkazadi. Nazariya va amaliyotda qadriyatlar
yo‗nalishining oltita turini ajratib ko‗rsatish mumkin (4.1-jadval)
15
.
4.1-jadval.
Dostları ilə paylaş: |
|
|