Ызбекистон республикаси


-mavzu: Huquqiy madaniyatni yuksaltirish- davlat siyosatining



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə25/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

4-mavzu: Huquqiy madaniyatni yuksaltirish- davlat siyosatining
muhim yo’nalishi.
Reja:

  1. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi - davlat huquqiy siyosatining asosi.

  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida PF-5618-son Farmoni- davlat huquqiy siyosatining asosi.

  3. Huquqiy savodxonlik - huquqiy madaniyat asosi.

“Jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar barcha ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini, huquqiy savodxonligini har tomonlama oshirishni talab qilmoqda. Huquqiy madaniyat huquqiy bilim, huqiqiy e’tiqod va izchil amaliy faoliyat majmui sifatida jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishini ta’minlaydi”1, - deyiladi Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturida.
O‘zbekiston demokratik islohotlar yo‘lidan qadam-baqadam olg‘a siljimoqda. Qo‘lga kiritilgan yutuqlar ko‘p jihatdan davlatning asosiy islohotchi sifatida demokratik o‘zgarishlarning huquqiy negizini mustahkamlashga doimo g‘amxo‘rlik qilayotganliganing samarasidir. Shu bilan birga, davlat fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq, va erkinliklarini himoyalash, aholining huquqiy bilimini, jamiyat a’zolarining ijtimoiy-siyosiy faolligini o‘stirish ishlarini bir lahzaga bo‘lsa-da susaytirayottani yo‘q. Mamlakatda fuqarolarning huquqiy madaniyatini o‘stirish, aholining huquqiy tarbiyasi va ta’limini takomillapggirish bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlar olib borilmoqda.
1997 yilning 20 mayida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning huquqshunos olimlar, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan shu kunning dolzarb huquqiy muammolari xususida o‘tkazgan uchrashuvi mazkur yo‘nalishdagi ishlarning jonlanishiga turtki bo‘lib xizmat qildi. Bu uchrashuvning asosiy g‘oyasini “Demokratii jdmiyatga - yuksak huquqiy madaniyat” shiori bilan ifodalash mumkin.
Biz erkin huquqiy demokratak davlat barpo etmoqdamiz. Ijtamoiy hayotning barcha sohalaridagi islohotlar shu maqsadni amalga oshirishga yo‘naltarilgan demokratik islohatlarni hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etashda xalqqa yuridik bilimlar berish, ya’ni jamiyatdagi ijtamoiy-huquqiy faollikning zaruriy shartlari bo‘lgan demokratak tamoyillarni kishilar ongiga chuqurroq singdirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi vaqtda islohotlarni kuzatab turib, ularga nisbatan hayrixohlik bildirishning o‘zi kamlik qiladi. Har bir fuqaro kunda haqiqiy vatanparvarlikni namoyish etab, islohotlarning faol qatnashchisi, demokratik o‘zgarishlarning bevosita ijrochisi bo‘lmog‘i zarur.
Qonunlar, farmonlar va xukumat qarorlarining mohiyatani chuqur anglab yetish, barcha harakatni xalqning yangi huquqiy ongani shakllantarishga qaratish shu jihatdan ahamiyatliki, uning vositasida jamiyatning huquqiy madaniyatini ko‘tarishga erishiladi. Adolatli demokratik jamiyat faqatgina inson, jamiyat va davlat manfaatlarining birligi va mutanosibligi negizida barpo etilishi mumkin. Ular o‘rtasidagi munosabatlarning asosini qonuniylik tashkil etmog‘i lozim.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi insonni oliy qadriyat sifatida baholar ekan, fuqaro, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarning demokratik huquqiy yo‘l bilan hal etilishini yuridik jihatdan mustahkamlab qo‘ygan.
O‘zbekistonda ijtamoiy va siyosiy hayotni demokratlashtirish, inson huquqlarini himoyalash borasida ko‘p ishlar amalga oshirilmoqda. Demokratak prinsiplar, qadriyatlar va institutlar hayotimizning barcha sohalariga borgan sari chuqurroq kirib bormoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1993 yilda Venada o‘tkazgan Inson huquqlari bo‘yicha ikkinchi umumjahon anjumanining qarorlarini bajarish borasida O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar tizimi yaratildi. Bu tizimga inson huquqlari bo‘yicha Oliy Majlis vakili (ombudsmen), Inson huqukdari bo‘yicha milliy markaz, Amaldagi qonunchilik monitoringi instituti, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi va boshqa o‘quv-ma’rifiy va nodavlat tashkilotlar kiradi. Bu o‘rinda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining inson huquqlari nazariyasi va amaliyoti kafedrasi, Toshkent yuridik instituti qoshidagi Inson huquqlari va gumanitar huquqni o‘rganish markazi, Advokatlar va sudyalar uyushmalarini ko‘rsatish mumkin.
Mazkur demokratik institutlar demokratlashtirish jarayonlariga barqarorlik tusini berish va islohotlarning bir zum ham to‘xtab turishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida barpo etilgan. Jamiyatda siyosiy plyuralizm va ko‘ppartiyaviylik qaror topdi. Inson huquqlarini ta’minlash borasida O‘zbekistonning hech bir davlatdan qolishmasligi uchun barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston o‘z siyosatini inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash - demokratiyaning asosi ekanligidan kelib chiqqan holda amalga oshirmoqda. O‘zbekiston xalqaro huquqning barcha e’tirof etgan prinsiplari va normalari, umuminsoniy huquqiy qadriyatlar va demokratiyaga suyangan holda jamiyatni demokratlashtirishni xalq mentaliteti, milliy ruhiyat va tafakkurning o‘ziga xos ekanligini hisobga olgan holda amalga oshirmoqda.
Aholining qonunlar, farmonlar va xukumat qarorlaridan o‘z vaqtida habardor bo‘lib turishi, yuridik hujjatlarning, ayniqsa, inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash masalalariga oid hujjatlarning mazmuni va ma’nosini aniq anglab yetishi katta ahamiyatga ega. Har bir fuqaro o‘z huquq va burchlarini yaxshi bilishi, ularning o‘z hayotlaridagi o‘rnini his eta olishlari shart. O‘zi va o‘zgalarning huquqlarini aniq bilish va hurmat qilish shaxsning yuqori huquqiy madaniyat sohibi bo‘lishining zaruriy shartidir.
“Sovet imperiyasi” davrida davlat doimo o‘z huquq va manfaatlarini inson va jamiyat manfaatlaridan ustun qo‘yardi. Inson bor - yo‘g‘i ma’muriy-boshqaruv tizimining bir “murvati” edi, xolos. Eski huquqiy mafkuradan ozod bo‘lish zarur.
Shu boisdan mamlakatda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy hayotning barcha sohalarini demokratlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish va huquqiy davlat asoslarini shakllantirish zaruriyatlaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi”ni qabul qildi. U huquqiy madaniyatni yuksaltirish mexanizmining, aholining huquqiy tarbiyasi va ta’limi tizimini takomilladggirish orqali kishilar huquqiy ongini yuksaltirishning asosiy jihatlarini nazarda tutadi.
Dasturda hozirgi zamon ruqiga mos keluvchi malakali mutaxassis yuristlarni, yuridik fanlar bo‘yicha yangi darslik, o‘quv qo‘llanmalari va dasturlarini tayyorlash ishlariga katta ahamiyat berildi.
Ushbu Dasturni va O‘zbekiston Prezidentining tubdan yangi o‘quv va ommaviy huquqiy adabiyotlar tayyorlash zarurligi haqidagi da’vatiga javoban O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan Konstitutsiya, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Jinoyat kodeksiga sharxdar nashr etildi, ko‘p jildlik Jahon konstitutsiyalari to‘plamining ikki jildi chop etildi, ma’muriy huquq, jinoyat huquqi, kriminologiya, kriminalistika, ichki ishlar idorala- rining ma’muriy faoliyati bo‘yicha darsliklar nashr etildi. Barcha yuridik fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari yangilandi. Davlat va huquq nazariyasi, huquqiy madaniyat nazariyasi, konstitutsiyaviy huquq, musulmon huquqi, jinoyat protsessi, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining kasbiy etikasi va estetikasi bo‘yicha darsliklar nashrga tayyorlandi.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz “Demokratlashtirish va inson huquqlari” turkumida 12 ta kitob chiqardi, ulardan “Konstitutsiya. Lug‘at-ma’lumotnoma”, “Konstitutsiya va inson huquqlari”, “Inson huquqlari va huquqiy madaniyat”, “O‘z huquq va burchlaringizni bilasizmi”, “Inson huquqlari haqida nimalarni bilish lozim”, “Til va qonun”, “O‘zbekistonda demokratlashtirish, inson huquqlari va boshqaruv tizimini takomillashtirish”, “Demokratiya va inson huquqlari” kabilarni alohida eslatib o‘tish lozim.
Xalqning huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasidagi tadbirlarni davlat siyosati darajasiga ko‘tarish alohida ahamiyatga ega. Bu borada jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha “Ijtimoiy fikr” nodavlat markazi, huquqiy bilimlarni targ‘ibot qilish markazi, huquqshunos mutaxassislarni qayta tayyorlash markazi, Adliya vazirligi qoshida aholining murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus bo‘linma tashkil etildi.
Istiqlol yillari huquqiy tarbiya, huquqiy ta’lim va huquqiy madaniyatga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish davlat faoliyatining asosiy yo‘nalishiga aylandi. U davlat mustaqilligini mustahkamlash strategiyasida, demokratik institutlar tizimini barpo qilishda va yangi huquqiy mafkurani yaratishda o‘zining munosib o‘rnini egalladi.
I.A.Karimovning aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va huquqiy tarbiyani yaxshilashga qaratilgan ishlarni davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida tan olish zarurligi haqidagi g‘oyasi uning 1997 yil 25 iyunda e’lon qilingan “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida”gi farmonida amalga oshirilgan. Unda “aholining huquqiy madaniyatini oshirish va huquqiy tarbiyasini yaxshilash yuzasidan olib borilayotgan ishlar - davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilansin”1, - deyilgan.
Aholining huhuqiy madaniyatini shakllantirish va yuksaltirish davlat siyosati inson huquqlari va erkinliklarining birlamchi ahamiyatga ega ekanligi, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi, demokratlashuv, ijtimoiy adolat, huquqiy tarbiyaning ilmiyligi, izchilligi va umumiyligi, huquqiy ma’lumotlarning ochiqligi, huquqiy tarbiya va savodxonlikka o‘ziga xos munosabatda bo‘lish kabi asosiy qoidalariga tayanadi.
“Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi” davlat siyosatining yangi huquqiy ma’naviyatni va mamlakatdagi huquqiy madaniyatni shakllantirish borasidagi strategik yo‘nalishlarini belgilab berdi. Bundan tashqari Prezident Farmoni asosida Vazirlar Mahkamasining tashkiliy-huquqiy masalalarni hal etishga qaratilgan bir qator qarorlari qabul qilindi. Jumladan, 1997 yil 10 iyulda “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida fuqarorlarning qonunchilikning buzilishi yuzasidan shikoyat va arizalarini ko‘rib chiqish boshqarmasini tuzish to‘g‘risida”, 1997 yil 21 iyulda “O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi qoshida yuristlar malakasini oshirish markazini tashkil etish to‘g‘risida”, 1997 yil 22 iyulda “Huquqiy ma’rifat targ‘iboti markazini tashkil qilish va huquqiy adabiyotlarni aholiga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida” qarorlar qabul qilindi.
Shunday qilib, aholining huquqiy madaniyatini ko‘tarish va huquqiy tarbiyasini yaxshilash bo‘yicha davlat siyosatini samarali amalga oshirish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratildi.
Huquqiy madaniyatni yuksaltirish davlat siyosatining ustun yo‘nalishi bo‘lganligi uchun bir qator amaliy ishlar qilindi. “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, Adliya vazirligi qoshidagi Fuqarolarning qonuniylikning buzilishi haqidagi shikoyat va arizalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha boshqarmasi, Yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent Davlat yuridik instituti qoshidagi huquqiy bilimlarni targib qilish markazi o‘z faoliyatlarini boshlab yuborganlar. Qabul qilingan davlat qarorlari va yangi demokratik institutlar faoliyatining natijasidan har bir insonning bahramand bo‘lishi, har bir fuqaro ularning ishini his qilishi amaliy ahamiyatga molikdir.
Toshkentda va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida chet ellik yetakchi huquqshunos olimlar ishtirokida qator anjumanlar, simpoziumlar va seminarlar o‘tkazildi. Bu anjumanlarda demokratik huquqiy davlat qurishga asos bo‘ladigan qonunchilikni mustahkamlashning hozirgi muammolari muhokama etildi va aholining huquqiy savodxonligi, huquqiy tarbiyasi va huquqiy madaniyatini oshirish borasidagi ishlarni yaxshilashning qulay va samarali usullarini ishlab chiqish borasida izlanishlar olib borilmoqda. K.Adenauer nomli fond ishtirokida “Huquqiy davlat va demokratiya” mavzui bo‘yicha Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy viloyatlarining huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun bir necha seminarlar, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti va inson huqukdari Milliy markazi bilan hamkorlikda “Konstitutsiya” va “Inson manfaatlari”, «Burxoniddin Marg‘inoniy ijodiy merosi misolida Inson huquqlarining umumiy tamoyillari”, “Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish”, “Konstitutsiya va yoshlar huquqi” kabi mavzulardagi konferensiyalar, “Ichki ishlar organlarining inson huqukdarini himoya qilishi” mavzuida mintaqaviy seminar o‘tkazildi va h.k.
Boshqa bir qator tadbirlar ham amalga oshirilmoqda. Ommaviy axborot vositalarida ham bu muammoga ko‘proq ahamiyat berilmoqda. Xususan, huquqiy bilimlarni ommaga yetkazishning an’anaviy bo‘lmagan shakllariga oid izlanishlar olib borilmoqda.
Aholining keng qatlamlariga mo‘ljallangan “Huquq – pravo”, “Ijtimoiy fikr”, “Demokratlashtirish va inson huquqlari” kabi yangi yuridik gazeta va jurnallar paydo bo‘ldi. Mahallalarda, mehnat jamoalari va korxonalarda, tashkilot va muassasalarda huquqiy bilimlarni targ‘ib qilish tizimi tomomila yangi va sifatli darajada qayta tiklanmoqda. Bu ishga huquqshunos olimlar va amaliyotchi xodimlar kengroq jalb qilinmoqda, chunki huquqshunoslikning nozik tomonlarini tushunish huquqiy bilimlarning asosini bilmaydigan oddiy odamlar uchun ancha murakkab.
Bularning hammasi, mamlakatda aholining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi ishlar keng miqyosda olib borilayotganidan dalolat beradi. Jamiyatning huquqiy madaniyati har bir fuqaroning, har bir oilaning va har bir jamoaning madaniyatidan tashkil topadi. Mamlakatimizda aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning uchun yuridik o‘quv yurtlari, huquq-tartibot idoralari xodimlarining malakasini oshirish markazlari, fuqarolarga yuridik yordam ko‘rsatish, huquqiy bilimlarni targib qilish, yuridik adabiyotlar, darsliklar va qo‘llanmalarni nashr etish va tarqatish muassasalarining keng tarmog‘i xizmat qilmoqda.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida PF-5618-son Farmoni - davlat huquqiy siyosatining asosi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə