Ызбекистон республикаси



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə23/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

d) Huquqiy xatti-harakat. Huquqiy madaniyatning darajasini ko‘rsatuvchi indikator bo‘lgan beshinchi elementi huquqiy xatti-harakatdir. Shunday holat yuzaga keldiki, yuridik fan asosan qonunga xilof xatti-harakatlar muammolari bilan, uning sabablari va shart-sharoitlarini o‘rganish bilan shug‘ullanib, huquqiy xatti-harakatning qonunga muvofiq shakli kam tadqiq etilgan. Ayni paytda huquqiy xatti-harakatning ijtimoiy foydali turlarini aniqlash, ta’minlash va rivojlantirish jamiyat huquqiy madaniyatini ko‘tarishning qudratli vositasidir. Qonunga mos xatti-harakat huquqiy normalarda mavjud bo‘lgan ideal axloq bilan mos keluvchi yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirishni taqozo etadi.
Ma’lumki, huquq shaxsning imkoniyatidagi xatti-harakatlarining, uning erkinligining me’yoridir. Shaxs ushbu imkoniyatlarni, shuningdek, huquq normalarining talablarini turli usullar bilan amalga oshiradi. Ularga, jumladan, huquqqa rioya etish, bajarish, uni bajarish, tadqiq etish yoxud qo‘llash kiradi. Ushbu huquqlarni ta’minlash, shuningdek, shaxsga qonunga xilof harakatlardan o‘zini tiyish majburiyatining yuklanishi shaklida ham amalga oshiriladi.
Qonuniy xatti-harakatlarning ikki turini ajaratish: 1) huquq normalari va qonunlarning talablarini buzmaslikda, ularga rioya etishda, qonunga xilof xatti-harakatlarni qilmaslikda namoyon bo‘ladigan passiv ijobiy xatga-harakat; 2) tashabbuskorona, faol huquqiy xatti-harakatlarda, huquqni himoya qilish va ta’minlashga qaratilgan ixtiyoriy faoliyatda ifodalanadigan huquqiy faollik.
Umuman olganda, xatgi-harakatlarning mazkur tiplari jamiyat uchun foydalidir. Ammo huquqiy davlatni shakllantirish sharoitida qonuniy xatti-harakatlar ikkinchi turining aqamiyati va zaruriyati birinchisinikiga qaraganda beqiyos ortiqdir.
Huquqiy madaniyat qonuniy xatti-harakatlarni shakllantirish uchun o‘ziga xos start maydonchasi va ayni paytda uning mezoni bo‘lib namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy huquqiy faollik va huquqiy madniyat. Xo‘sh, fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy faolligini oshirishga, qonuniy hatti-harakatlarini ijtimoiy xatti-harakatlarning aholi hurmat qiladigan va qo‘llab-quvvatlaydigan etaloniga aylantirishga qanday qilib erishish mumkin?
Eng avvalo, davlatning va barcha boshqa ijtimoiy institutlarning huquqiy tarbiyaga qaratilgan samarali faoliyati zarur. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatining samaradorligi, huquqbuzarlik uchun jazoning muqarrarligi prinsipining ta’minlanishi ulkan ahamiyatga egadir. Shuningdek, qonun buzilishlarining oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar majmuasini amalga oshirish ham muhimdir.
Ijobiy huquqiy xatti-harakatlarni joriy etish va tashviq qilish, qonunga itoatkorlik turmush tarzini shakllantirish faoliyatida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari katta samara beradi. Aynan mahallada, mavzeda huquqiy xatgi- harakatlarning maqsadga yo‘nalganligi yaqqol namoyon bo‘ladi, bu yerda qonuniy xatti-harakatni tashviq qilish va rag‘batlantirish eng ko‘p samara beradi. O‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini o‘rganish ushbu faoliyatning asosiy yo‘nalishlari ijtimoiy ta’minot, obodonlashtirish, madaniy oqartuv ishlaridan iboratligini ko‘rsatmoqda. Huquqiy ong va xatti-harakatni shakllantirish masalalariga esa yetarlicha e’tibor berilmayapti. Jamoatchilik sudlari, yoshlari tarbiyasi bo‘yicha kengashlar, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik komissiyalarning tuzilishi va amal qilinishi qonuniy xatti-harakatlarning keng yoyilishiga va qonunga xilof xatti-harakatlarning kamayishiga yordam bergan bo‘lar edi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə