Ызбекистон республикаси


IV. Konsepsiyaning qabul qilinishidan kutilayotgan natijalar



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə30/110
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#150900
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   110
Huquqiy madaniyat Majmua 2022

IV. Konsepsiyaning qabul qilinishidan kutilayotgan natijalar
Konsepsiyani amalga oshirish natijasida quyidagilar kutilmoqda:
fuqaro, davlat va jamiyatning o’zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyati va ijtimoiy faolligini yuksaltirish, shaxsiy ehtiyojlar hamda jamiyat ehtiyojlari o’rtasidagi muvozanatning saqlanishini ta’minlash;
bola va yoshlar ongiga ilk huquqiy tushunchalarni va odob-axloq qoidalarini tizimli singdirib borish, huquqiy ta’lim-tarbiyani uzviy va tizimli olib borishga erishish;
huquqiy targ’ibotning innovatsion usullarini yaratish va joriy etish, huquqiy bilimlarni targ’ib qilishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish;
mansabdor shaxslar va fuqarolarda qonunga va huquqqa bo’lgan hurmat hissini kuchaytirish, huquqbuzarliklar profilaktikasining samaradorligini ta’minlash.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoniga
3. Huquqiy savodxonlik - huquqiy madaniyat asosi. Jamiyat hayoti va faoliyatida Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini ta’minlash maqsadida huquqiy bilimlarning asoslarini yaratish zarur.
Aholining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligi, avvalambor, Konstitutsiya va qonunlarga xurmat bilan munosabatda bo‘lishni ta’minlaydi. Bu - huquqiy normalarga yuzaki munosabatda bo‘lish fikrining o‘zi bo‘lmasligi kerakligini ifodalaydi. Qonunga xurmat har bir insonning qalbidagi chuqur e’tiqodi bo‘lmog‘i lozim. U insonning yoshligidan boshlab ongiga singib, mustahkamlanib borishi kerak. Bu - ota- onalar, maktabgacha tarbiya muassasalari, maktablar, barcha jamoat uyushmalari va davlat tashkilotlari, butun jamiyatning ulkan, sermashaqqat ishidir. Nima mumkinu, nima mumkin emasligi haqidagi huquqiy normalar barchata ma’lum. Qonunni buzish mumkin emasligini tushunish yuridik dunyoqarashning “qalb ko‘zi” bo‘lmog‘i darkor.
Sovet davridagi huquqiy nigilizm, ya’ni qonun va huquqiy normalarga yuzaki, bepisandlik bilan munosabatda bo‘lish, kishilar ongida chuqur iz qoldirgan va qisqa muddat ichida qonunga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirishga erishish juda qiyin. Endilikda huquqiy tarbiya borasida uzoq vaqt, doimiy va tinimsiz ishlash, fuqarolarni qonunga xurmat bilan munosabatda bo‘lishga ko‘niktirish yuzasidan betinim mehnat qilish zarurdir.
Qonun - nafaqat majburiy huquqiy farmoyish, balki xalq irodasining ifodasi hamdir. Uni xalq saylagan parlament qabul qiladi. Davlat xokimiyatining xam, qonunning ham manbai xalqdir. Uning zamirida qonunning ustunligi g‘oyasi yotadi. Xalq manfaatlari va xohish-irodasidan ustun turuvchi narsa bo‘lishi mumkin emas. Qonunga itoatkor fuqarolar buni doimo yodda saqlaydilar. Qonun va qonunga itoatto‘y fuqarolar harakatlaridagi hamjihatlik huquqiy davlatga kuch-quvvat bag‘ishlaydi.
Qonunga itoat etish huquqiy madaniyatning asosidir. Davlat aholining huquqiy madaniyatini oshirish masalasini qo‘yib, qonunga ko‘r-ko‘rona itoatkor bo‘lishni emas, balki fuqarolarning uning talablarini ongli ravishda bajarishlariga erishmoqda. Fuqarolarning qabul qilinayotgan har qanday qonun hujjatlari, Prezident farmonlari va xukumat qarorlarining ma’nosi va ahamiyatini anglab yetishlari muhimdir. Ammo yanada muhimi shundaki, bu ularning e’tiqodiga aylanishi kerak, zero ana shundagina fuqaro o‘zining hayotiy faoliyatida qonun normalariga jazolanishdan qo‘rqib emas, balki ixtiyoriy ravishda amal qiladi. Mana shundagina haqiqiy yuksak huquqiy madaniyat, huquqiy ongning munosib darajasi haqida xulosa chiqarish mumkin bo‘ladi.
Qonunlar va huquqiy hujjatlarni bilishlik fuqarolar kundalik xulq-atvorlarining qonun hujjatlaridagi talablarga muvofiqlashuviga, har xil hayotiy vaziyatlarda o‘zlarini to‘g‘ri tutishlariga imkon beradi.
Biz demokratik huquqiy davlat qurilayotgan mamlakatda yashamoqdamiz. Bu adolatli fuqarolik jamiyati sari borayotganligimizni, unda taraqqiy etgan, adolatli qonun hukmron bo‘lishini bildiradi. O‘z navbatida, bu fuqarolarga nisbatan talablarni oshiradi. Ular o‘z davlatining qonunlarini bilishlari va ularga so‘zsiz rioya etishlari kerak. Qonunchilik va huquqiy madaniyatni taraqqiy ettirish va takomillashtirish huquqiy madaniyatni shakllantirishning yagona yo‘lidir.
“Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi” doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi keng qamrovli tizimni barpo etishga qaratilgan. U aholining huquqiy madaniyati va ijtimoiy faolligini oshirishni, fuqaro, davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda hamjihatlikni ta’minlashni, fuqarolarning huquqiy ta’limi va huquqiy tarbiyasini takomillashtirishni, davlat apparati xodimlari va fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirishni, huquqshunoslarni tayyorlash va qayta tayyorlashni, ularning malakalarini oshirishni, huquqiy madaniyat sohasida ilmiy izlanishlar olib borishni ko‘zda tutadi.
Dastur barchani va har bir insonni yuridik taraqqiyotaing istiqboli haqidagi bilimlar bilan qurollantarishga da’vat etadi. Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan “Jamiyatda huquqiy madaniyatai yuksaltarish milliy dasturi to‘g‘risida”gi qaror aholining huquqiy madaniyatani oshirish borasidagi ishlar qisqa muddatli “kampaniya” emas, balki davlataing ma’lum maqsad sari yo‘naltarilgan strategik kursi, jamiyat faoliyata va hayotada qonunning ustunligani ta’minlash borasidagi kundalik mehnat ekanligidan guvoxdik beradi.
Ma’lumki, qonunda ijtamoiy ahamiyatga ega bo‘lgan savollarga javob bor. U yagona adolatli mezondir. Shuning uchun aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatashni, aholiga ommaviy-huquqiy ta’lim berishni kengaytarish davlataing birlamchi vazifasidir. Shu maqsadda “Jamiyatda huquqiy madaniyatai yuksaltarish milliy dasturi” maktabgacha tarbiya muassasalari, oliy o‘quv yurtlari va umumta’lim maktablarida huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya borasida yuridik bilimlarni test sinovi va davlat imtahonlari tarzida joriy etash, pedagoglarning huquqiy madaniyatani ko‘tarish, ilmiy noshirlikni, ilmiy-ommabop yuridik adabiyotlarni, ma’lumotnomalarni ko‘paytarishni taqozo etadi.
Huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya kampaniya tarzida emas, balki ma’lum maqsadni ko‘zlab, rejali va samarali tarzda, turli ijtimoiy guruhlarning xususiyatlarini inobatga olgan holda olib borilishi lozim. Shuni alohida ta’kidlash joizki, hali huquqiy madaniyatni yuksaltarish va huquqiy tarbiya masalalari bo‘yicha o‘tkazilayotgan ilmiy izlanishlar yetarli emas. Huquqiy davlat, qonun va Konstitutsiya talabi nuqtai nazaridan yuridik hujjatlar, hukm va sud hujjatlarining hammasi ham talabga javob bermaydi.
Huquqni ko‘llash faoliyatani yaxshilash, aholiga huquqiy xizmat qilish sifatini ko‘tarish, huquqiy ma’lumotlar bilan ta’minlash, huquqiy tarbiya vositalari va usullarini takomillashtarish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirish mumkin.
Bu ishda yuristlar va ularning uyushmalari o‘zlarining munosib ulushlarini qo‘shmoqlari zarur. Yuristlarning kasbiy faoliyati fuqarolarning hukuqiy madaniyati va huquqiy ongiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishni nazarda tutadi. Huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya uzoq davom etuvchi, izchil, og‘ir va ko‘p qirrali jarayondir. U huquqqa oid ishlar saviyasini ko‘tarishni, barcha fuqarolar, mansabdor shaxslar va jamiyatning Konstitutsiya va qonunlarga qat’iy rioya qilishlarini talab qiladi.
Aholining huquqiy savodxonligini ta’minlashda yuridik axborot tizimining puxta ishlab chiqilgan bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Hozir O‘zbekistonda o‘nlab yuridik jurnal va gazetalar nashr etilmoqda, yaqin o‘tgan yillarda bunday nashrlar umuman yo‘q edi. Shuni ham qayd etib o‘tish lozimki, mazkur nashrlarning hammasi ham ularning baland narxlarda ekanligi sababli keng kitobxonlar ommasiga, ayniqsa, yoshlarga yetib bormayapti. Shu boisdan maktab va boshqa o‘quv yurtlarini gazeta va jurnallar bilan bepul ta’minlash imkoniyatlari tizimini ishlab chiqish zaruriyati tug‘ilmoqdaki, bu narsa, shubhasiz, o‘zining ijobiy natijalarini beradi, zero bunda o‘quvchilar uchun mana shu nashrlardan kutubxonalar orqali foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Huquqiy mavzuga radio va televidenie ham ko‘proq e’tibor qarata boshladi. Televideniening qonunchilik va huquqni targ‘ib qiluvchi, yuridik savollarga javoblar beruvchi ko‘rsatuvlari aholi orasida borgan sari ko‘proq qiziqish uyg‘otmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi davlatimizdagi demokratiyaning darajasini, inson huquqlarining ahvolini, qonuniylik va huquq-tartibotni aks ettiruvchi ko‘zgudir. Xalqaro ekspertlar Konstitutsiyamizni yuqori baholab, uning vaqt sinovidan o‘tganligini, barqarorligini, konstitutsiyaviy demokratik qonunchilikning namunasi, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va insonparvar demokratik huquqiy davlatni barpo etish uchun mustax,kam huquqiy kafolat ekanligini e’tirof etmoqdalar. U mamlakatimiz fuqarolari tomonidan demokratik asoslar va prinsiplarni, inson huquqlari va erkinliklarini, umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlovchi hujjat sifatida qabul qilindi.



Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə