Izboskan tumani 1-son kasb-hunar maktabi 4-guruh o’quvchisi


Algoritmni ifodalash usullari, uning xossalari va unga qo’yiladigan talablar



Yüklə 65,54 Kb.
səhifə13/14
tarix22.06.2022
ölçüsü65,54 Kb.
#89897
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
mubina tayyor

Algoritmni ifodalash usullari, uning xossalari va unga qo’yiladigan talablar
Masalani yechishning algoritmini turli usullar bilan ifodalash mumkin:
- so’z bilan;
- blok-sxemalar shaqlida;
- formulalar orqali;
- algoritmik tillar orqali va x.z.
Endi biror usulda tuzilgan algoritmning ayrim xossalari va algoritmga qo’yilgan ba‘zi bir talablarni ko’rib chiqaylik:

Algoritm har doim bir qiymatlidir, ya‘ni uni bir hil boshlang’ich qiymatlar bilan ko’p marta qo’llash har doim bir hil natija beradi.



  1. Algoritm birgina masalani yechish qoidasi bo’lib qolmay, balki turli-tuman boshlang’ich shartlar asosida ma‘lum turdagi masalalar to’plamini yechish yo’lidir.

  2. Algoritmni qo’llash natijasida chekli qadamdan keyin natijaga erishamiz yoki natijaga erishish mumkin emasligi haqidagi ma‘lumotga ega bo’lamiz.

Yuqorida keltirilgan xossalarni har bir ijrochi o’zi tuzgan biror masalaning algoritmidan foydalanib tekshirib ko’rishi mumkin. Masalan,
ax2+bx+c=0
kvadrat tenglamani yechish algoritmi uchun yuqorida sanab o’tilgan algoritmning xossalarini quyidagicha tekshirib ko’rish mumkin:
- agar kvadrat tenglamani yechish algoritmi biror usulda yaratilgan bo’lsa, biz ijrochiga bu algoritm qaysi masalani yechish algoritmi ekanligini aytmasdan a,b,c larning aniq qiymatlari uchun bajarishni topshirsak, u natijaga erishadi va bu natija kvadrat tenglamalarning yechimi bo’ladi, Demak, algoritmni ijro etish algoritm yaratuvchisiga bog’liq emas;
- xuddi shuningdek, a,b,c larga doim bir hil qiymatlar bersak, algoritm har doim bir hil natija beradi, ya‘ni to’liqdir;
- yaratilgan bu algoritm faqatgina bitta kvadrat tenglamaning yechish algoritmi bo’lib qolmay, balki u a,b,c larning mumkin bo’lgan barcha qiymatlari uchun natija hosil qiladi va shu turdagi barcha kvadrat tenglamalarning yechish algoritmidir;
- algoritmning oxirigi xossasi o’z-o’zidan bajariladi, ya‘ni kvadrat tenglamani yechish albatta chekli qadamda amalga oshiriladi.
Dastur tuzuvchi uchun EHMning ikkita asosiy parametri eng muhimdir: kompyuter xotirasining xajmi va tezkorligi. Shuningdek, algoritm tuzuvchidan ikki narsa talab qilinadi. Birinchidan, u tuzgan dastur kompyuter xotirasidan eng kam joy talab etisin, ikkinchidan, eng kam amallar bajarib masalaning natijasiga erishsin. Umuman olganda, bu ikki talab bir-biriga qarama-qarshidir, ya‘ni algoritmning ishlash tezligini oshirish, algoritm uchun zarur xotirani oshirishga olib kelishi mumkin.
Algoritm tuzishda quyidagilarga amal qilinsa, qo’yilgan masalaning natijasini tez va to’g’ri olish mumkin:
- qo’yilgan masalani to’g’ri o’qish va tushinib olish, masalaning asosiy maqsadini ajrata bilish;
- ishga dahldor qiyinchiliklarni aniq ko’rish va ortiqcha, masala yechimiga katta ta‘siri bo’lmagan parametrlarni yo’qota bilish;
- qo’yilgan masalani bir-biriga bog’liq bo’lmagan mustaqil bo’laqlarga ajrata olish va ular orasidagi bog’liqlikni to’g’ri tashkil etish;
- qo’yilgan masalaning yechimini olishda har bir bo’lak yechimlarni to’plamini bir butun holga keltirish;
- masala yechimini sodda va tushunarli tilda bayon eta olish.

MEHNAT MUHOFAZASI


Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha ko'rsatmalarni buzgan xodim intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Agar mehnatni muhofaza qilish qoidalarining buzilishi korxonaga moddiy zarar etkazish bilan bog'liq bo'lsa, xodim qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy javobgarlikni ham o'z zimmasiga oladi. 1.3. Shaxsiy kompyuterda ish olib boriladigan xonalarda vizual ishlash uchun maqbul sharoitlarni yaratish kerak. Aralash yoritish bilan ish joyini yoritish (klaviatura va ishchi hujjatlar sohasidagi gorizontal tekislikda) 300 dan 500 Lx gacha bo'lishi kerak. Tabiiy yorug'likning asosiy oqimi chap tomonda bo'lishi kerak, quyosh nurlari va porlashi ishchining ko'rish maydoniga va video monitorlar ekraniga tushmasligi kerak. 1.4. Kompyuter monitori operatorning ko'zidan 50-70 sm masofada joylashgan bo'lishi kerak va akslantirishga qarshi qoplamaga ega bo'lishi kerak. Qoplama, shuningdek, ekran yuzasidan elektrostatik zaryadni olib tashlash, uchqun va chang to'planishining oldini olishga qodir bo'lishi kerak. 1.5. Tizim blokining orqa devoriga to'siq qo'ymang yoki kompyuterni devorga yaqin qo'ymang, bu tizim blokining sovishini va uning haddan tashqari qizishini buzilishiga olib keladi. 1.6. Ish va dam olish tartibi bajarilgan ishning xususiyatiga bog'liq bo'lishi kerak. Ma'lumotlarni kiritishda, dasturlarni tahrirlashda, ekrandan ma'lumotlarni o'qishda, kompyuter bilan ishlashning uzluksiz davomiyligi 8 soatlik ish kuni bilan ish kuniga 4 soatdan oshmasligi kerak. Har bir soatlik ishdan keyin har ikki soatlik ishda 5-10 minut yoki 15-20 minutlik tanaffuslar qilish kerak. 1.7. Tanaffus paytida umumiy charchoqni yo'qotish uchun jismoniy tarbiya pauzalarini, shu jumladan umumiy ta'sir mashqlarini, asab, yurak-qon tomir, nafas olish tizimlarining funktsional holatini yaxshilash, shuningdek qon aylanishini yaxshilash, mushaklarning charchoqlarini kamaytirish zarur.

XULOSA
Qadim zamonlardan beri inson o‘z imkoniyatlarini kengaytirishga xarakat qilib, turli mexnat qurollarini yaratib kelgan. Masalan, uzoqni ko‘rolmaslikni mikroskop, teleskop, radiolokator kabi buyumlarni yaratish bilan qoplagan bo‘lsa, bir-biriga ma’lumotlar uzatishdagi cheklangan imkoniyatlarini telefon, radio va televideniya hisobiga kengaytirmoqda. Elektron hisoblash mashinalarining yaratilishi va ularning keskin rivojlanib borishi inson ongining imkoniyatlarini to‘ldiribgina qolmay, uning turli-tuman ma’lumotlarni taxlil qilish va o‘zining ish faoliyatida uchrovchi masalalar yechimini qabul qilish tezligini xam jadal surhatda o‘stiradi.


Shunday qilib, fan va texnikaning rivojlanishi va o‘ta murakkab jarayonlarning hisob ishlarini sifatli va tez bajarilishini talab etayotgan bir paytda,- yuqori texnologiyali elektron hisoblash mashinalarining ishlab chiqilishi tabiiy bir xoldir. XXI asr – kompg‘yuterlashtirish asrida insoniyat faoliyatining barcha jabxalariga kompg‘yuterlar jadal surhatda kirib bormoqda.
Zamonaviy kompg‘yuterlarning ko‘payib borishi esa tabiiy ravishda undan foydalanuvchilarning safini ortib borishiga turtki bo‘ladi. Odatda kompg‘yuterdan foydalanuvchilar sinfi juda ham xilma-xildir. Lekin, umumiy qilib ularni kompg‘yuterlardan o‘z ishlarini bajarishda tayyor programma maxsuloti sifatida foydalanuvchi-operatorlar sinfi va ular uchun zarur bo‘lgan programma tahminotlarini yaratuvchi-dasturchilar sinfiga ajratish mumkin.

Yüklə 65,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə