Izlanishlar, yechimlar muammolar



Yüklə 464,08 Kb.
səhifə20/110
tarix26.10.2023
ölçüsü464,08 Kb.
#132105
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110
Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining-www.hozir.org

UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING
DOLZARB MUAMMOLARI





XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Ayubxon RADJIYEV, 
A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarni 
belgilash ilmiy-tadqiqot instituti direktori, PhD
Farxod KARIMOV, 
A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarni 
belgilash ilmiy-tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari, DSc
UNESCO, UNICEF, JAHON BANKI VA IQTISODIY 
HAMKORLIK VA TARAQQIYOT TASHKILOTINING “TA’LIMNI 
TIKLASH SABOQLARI: COVID – 19 PANDEMIYASI 
SHAROITIDA TA’LIM SOHASIDAGI VAZIRLIKLARI O‘RTASIDA 
O‘TKAZILGAN SO‘ROVNOMA”
NATIJALARI BO‘YICHA HISOBOT TAHLILI





26
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI

MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI


BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Mazkur hisobot Birlashgan Millatlar Tashkilotining UNESCO, UNICEF,
Jahon banki va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan 143 ta
rivojlanayotgan davlatlarda COVID – 19 pandemiyasi sharoitida ta’lim tashkil
etish holati bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari va tahliliga bag‘ishlangan.
So‘rovnomada ishtirok etganlarning 50 foizga yaqinini 17 yoshli aholi tashkil
etganini qayd o‘tish lozim.
So‘rovnomalar 3 bosqichda tashkil etilgan. Uchinchi bosqichdagi so‘rovnoma
natijalari hamda tahlillari asosida mazkur hisobot shakllantirilgan.
So‘rovnoma savollari ta’limning to‘rtta bosqichini qamrab olgan:
maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, tayanch o‘rta ta’lim, o‘rta ta’lim.
Hisobot Kirish, 7 ta bob va xulosadan iborat
.
KIRISH
Kirish qismida COVID – 19 pandemiyasi sharoitida maktablarning yopilishi
natijasida yo‘qotilgan vaziyatlar monitoringi va uning yumshatilish jarayonlari
holati umumiy tahlil qilingan.
Tahlillarga ko‘ra, pandemiya boshlanishi bilan maktablarni yopish intensivligi
vaqt o‘tishi bilan rivojlanib borgan, ammo bu ko‘rsatkich mamlakatlar o‘rtasida
ham sezilarli darajada farq qilgan.
Bu quyidagilarda ko‘ringan:
1. Maktablarning yopilishi va ta’limni tashkil etish: 2020-yilda maktablar,
butun dunyo bo‘ylab to‘rtta ta’lim bosqichi ham yopilgan. Daromad darajasi
yuqori bo‘lgan davlatlar 53 kun, daromadi o‘rtachadan past bo‘lgan davlatlarda
115 kunga maktablar yopilgan.
Maktab ta’limida yo‘qotishlarning oqibatlarini kamaytirish uchun
mamlakatlar turli xil o‘qitish usullari, shu jumladan, to‘liq masofaviy yoki gibrid
ta’lim, shuningdek, boshqa choralarni qo‘llagan. Masalan, 41% davlatlar o‘quv
yili muddatini uzaytirgan bo‘lsa, qolgan 42%i o‘quv reja va dasturlarni sharoitga
moslashtirishgan.
2. Ta’limni baholash: Dastlabki tahlillarga ko‘ra, maktablarning yopilishi
o‘quvchilarning o‘qish darajasiga keskin ta’sir etgan. Bunday nomutanosib ta’sir,
asosan, sharoiti og‘ir oilalarning bolalari, masofaviy ta’lim olish imkoniyatlari teng






Yüklə 464,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə