Jadval redaktorlardan iqtisodiy masalalarni yechish jarayonida foydalanish



Yüklə 118,03 Kb.
səhifə3/11
tarix07.11.2023
ölçüsü118,03 Kb.
#132581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-mavzu Jadval redaktorlardan iqtisodiy masalalarni yechish jar

diapazonlardir.


Katakcha – bu jadvaldagi manzili ko‘rsatiladigan hamda bir qator va bir ustun kesishmasi oralig‘ida joylashgan elementdir. Katakcha kesishmalarida hosil bolgan ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A – ustun, 4–qator kesishmasida joylashgan katakcha – A4 deb nom oladi. Katakchaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin.
Bir necha katakchalardan tashkil topgan katakchalar guruhi diapazon deb ataladi. Diapazon manzilini ko‘rsatish uchun uni tashkil etgan katakchalarning chap yuqori va o‘ng quyi katakchalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan: A1:A4
Ishchi jadvallarni ko‘rib chiqishda yoki katakchalarni bichimlashda ish olib borayotgan diapazonning manzilini bilish shart emas, lekin formulalar bilan ishlayotganda bu narsa juda muhimdir.
Zamonaviy talablarga javob beradigan va keng imkoniyatlarga ega bо‘lgan elektron jadvallardan biri Excel dasturi bо‘lib, Microsoft firmasining mahsulidir. Excel dasturining ishchi oynasi kо‘rinishi 1 – rasmda tasvirlangan.
Dasturni ishga tushirish uchun, WINDOWS ishchi stolida Excel ga mos keluvchi(X) (piktogramma) yorliqni “Sichqoncha” kо‘rsatkichi orqali chap tugmasini bosish bilan ishga tushiriladi. Agar WINDOWS ishchi stolida Excel yorlig‘i bо‘lmasa, “Pusk” tugmasi yordamida “Programmi” bо‘limida joylashgan Excel yorlig‘i orqali ishga tushiriladi. Natijada ekranda dasturning ishchi oynasi hosil bо‘ladi. (1 – rasm.)
Elektron jadval ishchi oynasining yuqori qismida sarlavha satri, menyu satri, uskunalar paneli kabilar joylashgan. Uskunalar paneli Excel buyruqlarining aksariyatini va qо‘shimcha amallarni bajarish uchun mо‘ljallangan.
Excel da tayyorlangan har bir hujjat (ma’lumotli jadval) ixtiyoriy ism va .xls kengaytmadan iborat fayl bо‘ladi. Excel atamasida odatda bunday faylga “Ish kitobi” (Workbook) deb yuritiladi.
Excel elektron jadvali 65536 qator va 256 ustundan iborat. Qatorlar 1 dan 65536 gacha bо‘lgan butun sonlar bilan tartiblangan, ustunlar esa lotin alifbosining bosh harflari (A, B, C, …, Z, AA,AB,…, IV) bilan belgilangan.
Qator va ustun kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi – yacheyka (cell) joylashgan. Har bir yacheykaga son, matn yoki formula tarzidagi ma’lumotlar kiritiladi. Ustun kengligi va qator balandligini о‘zgartirish ham mumkin.

1 – rasm. Excel dasturi ishchi oynasining umumiy kо‘rinishi.
Jadvalning tanlagan yacheykasiga о‘tish uchun aniq manzil (adres) kо‘rsatilishi kerak. U qator va ustun kesishmasida, masalan, A1, B4, F9, AB3 kabi kо‘rsatiladi.
Ustun va satr kengligi yetarli bо‘lmaganda uni yetarlicha miqdorda о‘zgartirish mumkin. Buning uchun “Sichqoncha” kо‘rsatkichini A, B, C, D, E va hokazo ustunlarning kesishish chizig‘iga olib kelib, chap tugmachasi bosilgan holda, о‘ngga yoki chapga lozim miqdorda suriladi.
Excel dasturi ishga tushgandan keyin, dastlab kerakli yacheyka ajratilib, uni yangi ma’lumot bilan tо‘ldiriladi va Enter bosiladi yoki boshqa yacheykaga
«Sichqoncha» kо‘rsatkichi bosiladi.
Yacheykadagi ma’lumotni о‘zgartirish kerak bо‘lsa, yacheykaga «Sichqoncha» kо‘rsatkichi olib kelinib chap tugmachasi 2 marta bosiladi. Yacheykada kursor (kо‘rsatkich) hosil bо‘ladi, kursorni kerakli joyga olib kelinib о‘chiriladi va yangi ma’lumot yoziladi.
Yacheykani tozalash uchun yacheykani tanlab kursorni olib borib Del tugmachasi bosiladi yoki menyuning Pravka bо‘limiga kirib, ochistit buyrug‘i beriladi, natijada hosil bо‘lgan menyuda Soderjimoye qatorida «Sichqoncha» tugmachasi bosiladi.
Ustun va qator kengligini ajratish uchun menyuning Fayl bо‘limi buyruqlari tо‘plamidan Parametri stranitsi buyrug‘i tanlanadi. Muloqot darchasi yordamida Polya buyrug‘i tanlanib «Sichqoncha» tugmachasi bosiladi. Ustun va qator kengligini yuqoridan, quyidan, chap va о‘ngdan kerakli miqdorda miqdorini berish va «ok» tugmachasini bosish kerak.
Kiritilgan ma’lumotni xotiraga saqlash uchun menyuning Fayl bо‘limidagi Soxranit buyrug‘i beriladi. Muloqot oynasida paydo bо‘lgan Imya fayla sо‘roviga faylga nom kiritib, «Soxranit» tugmachasi bosiladi.
Ishni yakunlash uchun menyuning Fayl bо‘limidagi Zakrit yoki Vixod buyrug‘i beriladi, bundan tashqari ishchi oynaning yuqori о‘ng burchagida dasturdan chiqish uchun (x) tugmacha joylashgan, uni «Sichqoncha» kо‘rsatkichi bilan kо‘rsatib chap tugmasi bosiladi.
MS Excel dasturi menyusi quyidagi bо‘limlardan tashkil topgan: Fayl, Pravka, Vid, Vstavka, Format, Servis, Danniye, Okno, ?
Bu keltirilgan bо‘limlarning shakli Microsoft Office dasturlarini-kiga aksariyat hollarda о‘xshash bо‘lsada, mazmunan Excel ning maqsad va vazifalaridan kelib
chiqib yaratilgan. Bundan tashqari ba’zi bо‘limlar faqat mazkur dasturga tegishli vazifalarni bajaradi. Menyuning buyruqlar tavsifi quyidagi jadvallarda berilgan:


Yüklə 118,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə