Jadval redaktorlardan iqtisodiy masalalarni yechish jarayonida foydalanish


Formulalar bilan ishlash va ma’lumotlarni o‘tkazish



Yüklə 118,03 Kb.
səhifə8/11
tarix07.11.2023
ölçüsü118,03 Kb.
#132581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
5-mavzu Jadval redaktorlardan iqtisodiy masalalarni yechish jar

Formulalar bilan ishlash va ma’lumotlarni o‘tkazish


Formula – bu mavjud qiymatlar asosida yangi qiymatlarni hisoblovchi tenglamadir. Formulalar yordamida elektron jadvalda ko‗pgina foydali ishlarni amalga oshirish mumkin. Quyidagi jadvalda formulalarda qo‗llaniladigan operatorlarning bajarilish tartibi ko‗rsatilgan.

1. FORMULANI KLAVIATURA ORQALI KIRITISh:


« = » belgisini qo‘yib, keyin formulalar kiritiladi. Kiritish paytida belgilar formulalar qatorida hamda aktivlashgan katakchada paydo bo‘ladi. Formulalarni kiritishda odatdagi tahrirlash tugmalaridan foydalanish mumkin.
Bu usulda ham formulalar klaviaturadan kiritish orqali, lekin kamroq foydalangan holda amalga oshiriladi. Ushbu usulda katakchalar manzilini kiritish o‘rniga ular
ko‘rsatiladi, xolos. Masalan, A3 katakchaga «=A1+A2» formulasini kiritish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

  1. jadval kursori A3 katakchaga o‘tkaziladi;

  2. « = » belgisi kiritiladi.

  3. sichqoncha ko‘rsatkichi A1 katakchaga olib boriladi va chap tugmachasi bosiladi. Natijada katakcha ajratib ko‘rsatiladi, ya‘ni uning atrofida harakatlanuvchi рамка (rom) paydo bo‘ladi. A3 katakchasi formulalar qatorida

– A1 katakcha manzili ko‘rinadi:

  1. «+» belgisi;

  2. sichqoncha ko‘rsatkichi A2 katakchaga o‘tkaziladi va tugmachasi bosiladi. Formulaga A2 katakcha qo‘shiladi;

  3. ENTER tugmasini bosish bilan formulani kiritish yakunlanadi.

Katakcha manzilini ko‘rsatish usuli klaviatura yordamida kiritish usulidan oson va tez bajariladi.

Funksiyalar bilan ishlash


Funksiyada argumentlar ishlatilmasa ham, bo‗sh qavslar ko‗rsatilishi lozim. MASALAN, = RAND(). Agar funksiyada bittadan ortiq argument ishlatilsa, ular orasiga nuqtali vergul (;) qo‘yiladi. Formulalarga funksiyani kiritishning ikkita usuli mavjud: klaviatura yordamida qo‘lda kiritish va EXCEL dagi «МАСТЕР ФУНКЦИЙ» (Funksiyalar ustasi) piktogrammasi orqali kiritish.


«МАСТЕР ФУНКЦИЙ» (Funksiyalar ustasi) ni qo‘llash funksiyaning yozilishi va uning hamma argumentlarini sintaktik To‘g‘ri tartibda kiritilishini ta‘minlaydi.
«МАСТЕР ФУНКЦИЙ» (Funksiyalar ustasi) ni ishga tushirish uchun standart uskunalar panelidagi piktogrammasini sichqoncha ko‘rsatkichi bilan tanlash lozim.
«МАСТЕР ФУНКЦИЙ» (Funksiyalar ustasi) ikkita muloqot shaklidagi darchasiga ega. Kategoriyalar darchada 11 ta turli xil sohalarga tegishli bo‘lgan funksiyalar kategoriyalari berilgan. Agar foydalanuvchining maxsus funksiyalari ham qo‘llanilsa, bu kategoriyalar soni undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Funksiyalar ro‘yxatidagi kategoriyalardan biri tanlab olinsa, muloqot darchasida shu funksiya kategoriyasiga tegishli funksiyalarning ro‘yxati chiqadi. RO‘YXATLAR DARCHASIDA funksiyalardan biri tanlab olinsa, argumentlar ro‘yxati bilan foydalanishhaqida qisqacha ma‘lumot paydo bo‘ladi.

Yüklə 118,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə