Jamiyat va inson falsafasi ma’ruza rejasi


 Inson haqidagi falsafiy fikrlar dinamikasi



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix07.06.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#115858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Jamiyat va inson falsafasi ma’ruza rejasi

3. Inson haqidagi falsafiy fikrlar dinamikasi. 
Inson hamma zamonlarda ham o‘zining kimligini, o‘zligini bilishga intilgan. Inson 
muammosiga bag‘ishlangan xilma-xil qarashlar, gipotezalar, nazariyalar yaratilgan. 
Inson muammosi ijtimoiy fikr tarixida 3 xil nuqtai nazardan o‘rganilgan: mifologik, diniy 
va ilmiy-nazariy. 
Inson haqidagi dastlabki qarashlar qadimgi Sharq mamlakatlari, ayniqsa, Hindiston, Xitoy, 
Turon xalqlari tomonidan yaratilgan ertaklar, dostonlar, afsonalarda o‘z ifodasini topgan. Hamma 
narsaga qodir inson obrazi Qadimgi Hind Vedalarida tasvirlangan. Ularda aytishlicha, eng qadimgi 
inson Puruja mingta boshli, mingta ko‘zli, mingta oyoqli bo‘lgan emish. Bu insoning aql-zakovati-
oy, ko‘zi-quyosh qorib-toliqish-olov, nafasi esa – shamol emish. Hozirgi odamlar Prujadan 
tarqalgan ekanlar. Aytilishicha, uning qo‘lidan – kematron (harbiylar), voysh (dehqonlar, 


hunarmandlar, savdogarlar), shudra (gadolar) kabi jamiyatning turli qatlamlariga mansub odamlar 
kelib chiqqan emish. Vedalarda yozilishicha, inson ikki mohiyat: tana bilan jonnig qorishmasidan 
iborat. Tana inson jismining asosini tashkil etadi, bu asosni braxman yaratgan, jon esa ruh (atmang) 
tomonidan yaratilgan. Agar insonnig yerdagi faoliyati turli nopokliklar bilan bog‘lanmasa, Atman 
va braxmanlarning aralashish jarayoni sodir bo‘ladi. Mabodo, inson faoliyati yerdagi nopokliklar 
bilan aloqador bo‘lsa, uning joni ko‘rinishida emas, balki hayvoniy tana sifatida qayta tug‘iladi. 
Xind Vedalarida olam bir butun, tirik zotlarning hammasi butunning ajralmas zaralaridir. Odam 
esa o‘sha tirik zotlarning o‘ziga xos shakli, ko‘rinishidir, deyiladi.
Qadimiy Xitoy afsonalarida dastlabki inson – odamato Panga qiyofasida namoyon bo‘ladi. 
Odamning boshqa tirik mavjudotlardan farq qiluvchi insoniy xislatlari haqidagi dastlabki 
mulohazalarni qadimiy Xitoy manbaalarida ko‘rish mumkin. Inson haqidagi dastlabki falsafiy 
qarashlar Xitoyda eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda shakllangan. Qadimgi Xitoy faylasuflari 
fuqarolarning baxtli yoki baxtsiz bo‘lish sabablarini osmondan emas, balki ular yashayotgan 
ijtiomiy muhitdan izlaganlar. Ularning ta’kidlashicha, ja’mi yaxshilik va yomonliklar odamlardan 
tarqaladi. Xitoyda keng tarqalgan Konfutsiy (e.a. 551-479 y.) ta’limoti bo‘yicha, odamlar o‘z 
tabiatlariga ko‘ra hammasi bir, faqat tarbiya tufayli ular bir-birlaridan farq qiladilar. Konfutsiyning 
inson to‘g‘risidagi fikr-mulohazalari, shogirdlari bilan bo‘lgan suhbatlarni aks ettiruvchi 
«Suhbatlar va mulohazalar» asarida ifodalangan. Jamiyatda sodir bo‘layotgan turli 
ahloqsizliklardan tashvishga tushgan Konfuytsiy fuqarolarni tarbiyalashga harakat qiladi, ularni 
insofga chaqiradi. U insoniylikning turli fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan inson faqat o‘zi 
uchun emas, balki jamiyat uchun, boshqalar uchun yashamog‘i darkor, deb hisoblaydi. 
Inson to‘g‘risidagi qarashlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda O‘rta va Yaqin Sharq 
mamlakatlarida, xususan Turonda keng tarqalgan diniy-falsafiy ta’limotlarda, chunonchi 
zardushtiylik ta’limotida aks etgan. Bu ta’limotning markaziy muammosi – odam bilan olam va 
ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik. Ushbu ta’limotga muvofiq butun olam, shu jumladan odam 
borlig‘i ham to‘g‘ri unsurdan: tuproq, suv. havo, olovdan iborat. Zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra, 
olam qarama-qarshi kuchlar, xususan, yaxshilik va yomonlik, nu rva zulmat orasidagi kurashga 
asoslangan. Bu kurashni hech qachon murosaga keltirib bo‘lmaydi, bu kurash butun koinotni 
qamrab olgan. Yaxshilik, yorug‘lik Axura Mazda, yomonlik zulmat esa Axriman xudolari 
timsolida namoyon bo‘ladi. Butun olamni, undagi barcha narsalarni, shu jumladan odamni ham 
ezgulik xudosi Axura Mazda yaratgan emish. U yaratgan yer yuzida paydo bo‘lgan birinchi Odam 
Ato Iyim, deb nomlangan ekan. 
Axura Mazdaning ko‘rsatmasiga muvofiq Iyim yer yuziga turli jonli mavjudotlar, xususan, 
odamlar, hayvonlar, qushlar urug‘ini sochibdi, ularni parvarish qilibdi. Shu asnoda, Iyim yer 
yuzida 900 yil yashaydi. Odam bolasining soni ko‘payib yer yuzi unga porlik qila boshlabdi. Ana 
shunda Iyim xudoga murojaat qilib, yerni kengaytirishni so‘raydi va bunga erishibdi ham. Bir kuni 
Axura Mazda yer yuzini muzlik bosib kelayotgani xaqida Iyimni ogohlantiribdi. Iyim yer yuzida 
mavjud tirik mavjudotlarni saqlab qolish uchun maxsus uy qurib, barcha tirik mavjudotlarning eng 
yaxshi zotlari, eng zo‘r navlaridan bir juftdan saqlab qolibdi. Zardushtiylik ta’limotida inson 
faoliyatini boshqarib turadigan eng katta kuch-axloq normalari ekanligi xaqidagi g‘oya ilgari 
surilgan. Shuning uchun Zardusht Oliy ibtido – Axura Mazdadan insoning kundalik amaliy 
faoliyatini boshqaruvchi qonun-qoidalarni aniqlab berishni so‘ragan. Manna shunda Axura Mazda 
butun olam borlig‘i ikki boshlang‘ich asos – ezgulik va yovuzlik atrofida mujassam ekanligini 
xabar qiladi. Bunda ezgulik musaffo, beg‘ubor osmonga, yovuzlik esa jahannamga qiyos qilinadi. 
Odamlar Axura Mazda tomonidan yuborilgan axloqiy normalar, tartiblarga amal qilsalar, 
yaxshilikning yomonlik ustidan g‘alabasi ta’minlanadi. Yaxshilik bilan yomonlik orasidagi 
kurashda hal qiluvchi rolni – inson, uning iymon-e’tiqodi o‘ynaydi, deyiladi zardushtiylik 
ta’limotida Zardushtiylikda ta’kidladiki, inson iymon-e’tiqodini uchta yirik tayanchi mavjud: 
fikrlar sofligi, so‘zdagi sobitlik hamda faoliyatining insonparvarligi. 
Inson, uning olamga munosabati qadim Yunon falsafasida markaziy o‘rin tutadi. 
Yunon olimi Suqrot (e.a. 469-399)ning falsafiy mulohazalari markazida inson va uning 
ongini o‘rganish turadi. Suqrotning inson to‘g‘risidagi qarashlarida axloqiy ratsionalizm markaziy 


o‘rin egallaydi. U ahloqsizlik haqiqatni bilmaslikdir, insondagi yomonliklar – bilimsizlikning 
natijasidir, deb hisoblaydi. Platonning fikricha, inson asosan ikki bo‘lajak uyushmasidan iborat. 
Birinchi bo‘lak - o‘lmas jon, ikkinchi bo‘lak – tana. Insoning joni ham ikki qismdan iborat: oliy – 
yuqori qism va pastki – quyi qism. Oliy qismda aql-zakovat to‘plagan, uning yordamida inson 
abadiy g‘oyalar sirini bilib oladi va farovonlik, ezgulik tomon intiladi. Pastki qism - his-hayajonga 
asoslangan. Platon odamlarni uch katta toifaga bo‘lgan. Birinchi toifadagilar – aqlli kishilar, 
ikkinchi toifadagilar - his-hayajonga beriluvchilar, uchinchi toifa – doqiylarga, yo‘lboshchilarga 
sajda qiluvchilar. 
Aristotel inson jismi va ijtimoiy qiyofasi orasidan aloqadorlikni tushuntirib berishdda o‘z 
o‘tmishdoshlaridan ancha ilgarilab ketadi. U olamdagi jami tirik mavjudotlar hayotining asosini 
jon tashkil qiladi, deb hisoblaydi. Bu jon uch turkumga bo‘linadi: eng past turkumdagi jon - 
o‘simliklar, ikkinchi turkumdagi hayvonlarda, eng oliy turkumdagi jon – odamzodda bo‘ladi. 
Aristotel inson deb ataluvchi tirik mavjuotni butun va bo‘linmas, deb talqin etadi. Ayni vaqtda 
«inson o‘z tabiatiga ko‘ra siyosiy mavjuotdir», deb ta’riflaydi. Olim odamlarni faqat moddiy 
farovonlik emas, balki ijtimoiy adolat prinsiplariga rioya qilish ezgulik tomon boshlaydi, deb 
hisoblaydi. Ezgulik deganda, akl-zakovat bilan ish ko‘rishni, mehribonlik, mardlik, 
ochiqko‘ngillikni, to‘g‘rilik, xayrihoxlikni tushunadi. 
Aristotel insonnig har tomonlama kamoloti haqida fikr yuritadi va yuksak axloqiy poklik, 
tashki va chiki go‘zallik, ijtimoiy-siyosiy yetuklik kabi fazilatlarni oliy kamolotga yetkazadigan 
fazilatlar, deb hisoblaydi. 
O‘rta asr G‘arbiy Yevropa falsafasida inson xaqidagi diniy qarashlar ilgari sурилади. 
Chunonchi, xristian falsafasining xudo inson qiyofasida gavdalandi. Xristian falsafasining yirik 
namoyondasi Foma Akvinskiy fikricha insonda mavjud fazilatlarning eng oliysi – aqldir. Inson 
aql yordamida yaxshi va yomon, ezgulik va johillikning farqiga boradi. Ezgulik to‘rt ko‘rinishda, 
chunonchi: donishmandlikda, jasurlikda, mu’tadillikda va adolatparvarlikda namoyon bo‘ladi. 
Akvinskiy bu fazilatlarga Yana xristianlikka xos uch fazilatni: ishonch, umid va muhabbatni ham 
qo‘shadi.
Islom falsafasida Odam suratini (Odam Atoni) loydan yasaganligi, keyin unga jon ato 
etganligi, Momo Havoni Odam Atoning «chap biqinidan» yaratilganligi va butun kishilik jamiyati 
Odam Ato va Momo Havodan tarqalganligi haqida g‘oya ilgari surilgan. Qur’oni Karimning al-
isro surasida. Biz odam bolalarini aziz – mukarram qildik ... va ularni o‘zimiz yaratgan juda ko‘p 
jonzotlardan afzal, ustun qilib qo‘ydik; deyilgan. Islom dini ta’siri ostida musulmon falsafasi va 
uning mutakallimlik va mutazalliylik ta’limotlari shakllandi. Mutakallimlar olamni, odamni 
tushunish asoslarini Qur’oni Karim aqidalaridan izladilar. Ular insoning taqdiri azaldan 
belgilangan, degan g‘oyani ilgari suradilar – Mutazalliylar xudo insonga o‘xshash, deb 
tushuntiradilar. Ayni vaqtda ular insonnig aqlini, olamni o‘zgartirish borasidagi faoliyatini yuqori 
baholadilar.
Musulmon falsafasidagi xurfikrlilikda inson muammosi o‘zgacha talqin qilindi. Bu 
yo‘nalishning yirik namoyondasi Mansur Xalloj ta’limotiga muvofiq, mustaqil, erkin fikr yuritish 
qobiliyatiga ega bo‘lgan inson komillik, oriflik darajasiga ko‘tarilishi mumkin. 
Inson muammosi O‘rta asrlar O‘rta Osiyo faylasuflari qarashlarida muhim o‘rin tutadi. 
Abu Nasr Forobiy (870-950 yillar) odamning tanasi paydo bo‘lishi bilan, uni «oziqlantiruvchi 
quvvat» vujudga keladi. O‘sha quvvat yordamida inson tanasi oziqlanib turadi va shu jarayonda 
sezgi organlari paydo bo‘ladi. Sezgi a’zolari tufayli insonda his, tasavvur, xotira birlashib, xayol 
hosil bo‘ladi. Xayol quvvati yordamida inson bilim, hunar egallaydi, faoliyat ko‘rsatadi, foyda, 
zararning farqiga boradi. Inson o‘zining aql-zakovati bilan olamdagi boshqa tirik mavjudotlardan 
farqlanadi. Uning aql-zakovati borliq turli-tuman ko‘rinishlarining asosidir. O‘rta asr sharoitida 
insonnig insoniy fazilatlari xislatlarini aniqlashda, Forobiy o‘z zamondoshlaridan ancha ilgarilab 
ketadi. Forobiy «Baxt-saodatga erishuv xaqida» nomli risolasida insonnig xislatlari, fazilatlari 
xaqida fikr yuritadi. 
Abu Ali ibn Sino inson tana va jondan tashkil topgan. Inson boshqa tirik mavjudotlardan 
o‘zining firk yuritish qobiliyati bilan tubdan farq qiladi, deb hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniyning 


fikricha, inson olamdagi barcha mavjudotlardan o‘zining yaratuvchanligi bilan tubdan farq qiladi; 
yaxshilik, rostgo‘ylik, oliyjanoblik, mehr-shavqat, muhabbat kabi fazilatlar insonni ulug‘laydi. 
Yolg‘onchilik, yomonlik, ichiqoralik, qo‘pollik, o‘g‘rilik, tuxmatchilik kabi illatlar insonni 
tubanlashtiradi. Abu Rayhon Beruniy inson o‘z mehnati bilan ulug‘dir. Mehnat yordamida inson 
o‘z badanini turli illatlardan, xususan, dangasalikdan, yalqovlikdan, ishyoqmaslikdan qutqaradi, 
degan fikrni ilgari suradi.
Yusuf Xos Hojib kishilarni ahloqiy barkamolligi yoki ahloqsizligiga qarab yaxshi va 
yomon odamlarga bo‘ladi. U kamtar, oddiy, halol, haqgo‘y kishilar jamiyatning bebaho boyligi; 
munofiq, yolg‘onchi kishilar yurt uchun zararli illat ekanligini qayta-qayta takrorlaydi. 
Uyg‘onish davri falsafasida har tomonlama rivojlangan shaxs g‘oyasi olg‘a suriladi. 
mashhur ingliz gumanisti Tomas Mor «Utopiya» asarida inson shaxsi tubanlashuvining sabablari 
haqida fikr yuritib o‘g‘rilik, daydilik tubanlashuvning ko‘rinishlaridir. Bu kabi illatlarni tugatmoq 
uchun nopok yo‘llar bilan topilgan boyliklarni yo‘qotish darkor, degan xulosaga keladi. 
XVII-XVIII asr G‘arbiy Yevropa falsafasida inson to‘g‘risidagi diniy qarashlar tanqid 
ostiga olindi, inson, uning mohiyati, kelib chiqishi haqida yangi ilg‘or g‘oyalar ilgari surildi. 
Mashhur ingliz faylasufi F.Bekon (1561-1626 y.) o‘zining «Yangi Orgonon» asarida insoning 
tabiat ustidan hukmron bo‘lishida fan yutuqlariga tayanish zarurligini isbotlab berdi. mashhur 
ingliz faylasufi – Tomas Gobbs (1588-1679 y.) fikriga ko‘ra, jamiyat – juda katta mexanizm, inson 
o‘sha buyuk mexanizmning murvatidir. Inson degan mavjudot bir-biridan mutlaqo farq qiluvchi 
ikki muxim bo‘lakdan iborat. Uning birinchi bo‘lagini jismoniy, ikkinchi bo‘lagini – ma’naviy 
qobiliyatlar tashkil etadi. Insondagi ma’naviy qobiliyatlar tabiat tomonidan in’om etilmaydi, balki 
ular o‘zlashtiriladi.
Gobbs insoning ma’naviy qobiliyatlarini mavjud ijtimoiy shart-sharoitlar bilan bog‘lab 
tushuntirishga harakat qiladi. 
Ingliz faylasufi Djon Lokk (1632-1704 y.) «Inson ahli to‘g‘risidagi tajriba» asarida inson 
qalbi xuddi oq qog‘oz varag‘idek toza bo‘lib, faqat tajriba o‘sha qog‘oz sahifasini turli yozuvlar 
bilan to‘ldiradi. Insonni yangi bilimlar bilan qurollantirmoq uchun tajribaga tayanmoq lozim. Har 
qanday bilim yoki g‘oyaning manbai – tajribadir, degan fikrni ilgari suradi. Inson faoliyati 
ko‘rsatishda o‘z aqlida mavjud bo‘lgan bilimga tayanadi, deb ta’riflaydi u «Aqlni boshqarish 
xaqida risola»Sida. 
XVIII asr fransuz olimi, ma’rifatparvar Jan Jak Russo (1712-1778 y.)ning inson 
muammosiga doir falsafiy fikrlari uning «Odamlar orasida tengsizlikning kelib chiqishi va asoslari 
xaqida mulohaza», «Ijtimoiy shartnoma», «Emil yoki tarbiya to‘g‘risida»gi asarlarida aks etgan. 
XIV asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida Turkiston Chor Rossiyasi tomonidan 
bosib olingan, mustamlakachilik siyosati Ayni avjiga chiqqan paytida o‘lkada ma’rifatparvarlik 
harakati shakllandi. Bu harakat odamlarni ilm egallashga chaqirdi, o‘tmish avlod merosini targ‘ib 
qildi, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy qaloqlikdan chiqish yo‘llarini izladi. Inson muammosi 
ma’rifatparvarlar ijodida o‘ziga xos talqin topdi. Ma’rifatparvar Ahmad Donish (1827-1897 y.) 
inson olamni, o‘zi yashayotgan ijtimoiy muxitni o‘zgartirishga qodir. Buning uchun u nafaqat 
diniy, balki dunyoviy bilimlarni bilishi zarur, deb hisoblaydi. «Biz dunyoni gullab-yashnashi 
uchun, dengizlarni kezib o‘rganish uchun, yer osti boyliklarini topish uchun, dunyoning ajoyib 
sirli tomonlarini talqin etish uchun, uning hamma qit’alari va aholisini bilish uchun tug‘ilganmiz», 
deb yozadi Donish o‘zining «Navodir ul-vaqoye’» asarida.
Furqat jamiyatda ma’naviy qashshoq, nopok, galvars kishilarining ko‘payishi – fojea, 
ofatdir. Fan nodon – oliy kishilar yo‘lini yorituvchi, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi yo‘lchi 
yulduz, chiroqdir. Ilm-fan qanchalik tez rivojlansa, jamiyat a’zolarining orzu-umidlari shunchalik 
tez ro‘yyobga chiqadi, ma’naviy qashshoq odamlar soni kamayadi. Ma’rifatli, bilimdon, odamlar 
qancha ko‘p bo‘lsa, jamiyat hayoti shuncha tez insonparvarlashadi, degan xulosaga keladi. 
XIX asr oxiri XX asr boshlarida jamiyatni insonparvarlashtirish g‘oyasi O‘rta Osiyoda 
keng tarqalgan jadidchilik harakatining bosh g‘oyasi edi. Bu harakatning namoyondalaridan biri 
Abdulla Avloniy (1878-1943 y.) o‘z asarlarida o‘rta Osiyo xalqlari jahon sivilizatsiyasi 
yutuqlaridan, ilm-ma’rifat, madaniyatdan bebahra qolmaslikni, xalq o‘ta qashshoqlashib, 


qullarcha hayot kechirayotganligini afsus va alam bilan tasvirlaydi. Avloniy asarlarining bosh 
mavzusi – inson. Uning fikricha, inson butun borliqning ko‘rki va sharafidir. Inson butun mavjudot 
sohibidir, chunki uning aql-zakovati bor. Inson shu qudrati tufayli ilm egallaydi. Inson o‘zining 
aql-zakovati tufayli boshiga tushadigan har qanday balo-qazodan saqlanadi. Insonparvar 
jamiyatning muxim vazifalaridan biri – fuqarolar, ayniqsa yoshlar aqliy kamoloti haqida 
qaygurishdir. 
Inson muammosi nemis klassik falsafasida muxim o‘rin tutadi. Nemis klassik falsafasining 
yirik vakillari Immanuil Kant, Gegel, Fixte, SHelling, Gegel, Lyudvig, Feyyerbax insonshunoslik 
sohasida bilimlarning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar. Immanuil Kant (1724-1804 y.) insonga 
ta’rif berganda uch muxim tomonga ahamiyat berish mumkinligini ta’kidlaydilar: 1. Tirik 
mavjudot sifatida insonda hayvoniy alomatlarning borligi. 2. Tirik va aqlli mavjudot sifatida unda 
insoniylik alomatlarining borligi. 3. Aqlli mavjudot va shuning bilan birga unda fkir-
mulohazalarni singdirish imkoniyati mavjud bo‘lgan shaxs alomatlari borligi. Kant o‘z diqkatini 
inson faoliyatini, uning qobiliyatlarini, malakatlarini o‘rganishga qaratdi. Inson kamoloti masalasi 
Vilgelm Gegel (1770-1831 y.) falsafasining diqqat markazida bo‘ldi. Uning fikricha, inson – 
dunyoviy ruhning begonalashuvidan o‘zga narsa emas. Gegel insonnig shakllanishi jarayonini 
ruhning chuqurlashishidan iborat, degan fikrni ilgari suradi. Inson muammosi Lyudvig Feyyerbax 
(1704-1782 y.) falsafiy qarashlarida alohida o‘rin tutadi. Feyyerbax uchun inson – eng avvalo 
moddiy obyekt. Insonni xudo yaratgan emas, inson xudoni yaratgan. Feyyerbax insoning 
fazilatlarini shakllanishida biologik omillarning tutgan o‘rnini mutloqlashtirdi. Feyyerbax 
jamiyatdagi barcha odamlar borlig‘ining eng muhim elementi vazifasini muhabbat bajaradi, degan 
g‘oyani ilgari surdi. 
Ekzistensializm falsafiy oqimi shular jumlasidandir. Daniyalik faylasuf Kyergor (1813-
1855 y.) insonni taxlil qilish maqsadida «ekzistensiya» tushunchasini kiritdi. Insonni, uning ichki 
dunyosini bilishga ilmiy metodni qo‘llab bo‘lmaydi. Yashash bu – «ichki dunyo». Yashash – ichki 
dunyo insoning betakrorligini ko‘rsatadi. Yashash deganda Kyerkegor mavjudlik tomon borishni 
tushunadi va uni uch bosqichdan iborat, deb biladi: 
Birinchi bosqich – estetik bosqich. 
Ikkinchisi - ahloqiy bosqich. 
Uchinchisi – diniy ekzistensiya. 
Birinchi bosqich zaminida yashash, chuqur-halovatga qiziqish, inson extiyojini qondirish 
yotadi. Bunda yashash yo‘lini tanlash eng oddiy shaklda bo‘ladi, chunki obyekt inson his-
tuyg‘ularini qondirish asosida tanlanadi. Ikkinchi, axloqiy bosqichda inson o‘zini-o‘zi anglaydi, 
o‘z ma’suliyatini his qiladi. 
Yashashning xaqiqiy ma’nosini inson uchinchi – diniy bosqichda his qila oladi. Inson azob 
chekig evaziga yashayotganini biladi.
Kyerkegor fikricha ekzistensiya deganda inson borlig‘ining mavjudlik usuli, mohiyati 
emas, balki inson shaxsining bilib bo‘lmaydigan, takrorlanmas holatlari nazarda tutiladi. Uning 
ekzistensialistik qarashlari «yoki-yoki», «Qo‘rquv va titroq», «o‘lim kasali» asarlarida bayon 
etilgan. 
Ekzistensializm falsafasi XX asrning boshlarida Germaniyada vujudga keldi. 
Ekzistensializm falsafasida inson muammosiga o‘ziga xos yondashuv aks etgan. Agar 
klassik falsafada insonning mohiyati aql-zakovati asosida talqin qilingan bo‘lsa, bu yo‘nalishda 
inson erki haqida fikr yuritiladi.
XIX asrning noklassik falsafasiga inson muammosini olib kirishda mashhur nemis 
faylasufi Nitsshening (1844-1900 y.) o‘rni katta. U xalq ya’ni barkamol inson to‘g‘risidagi 
qarashlarni ilgari suradi. Nitsshe fikricha, inson bolasida xoliqlik va maxluqlik bor butun holda 
uyushadi. Nitsshe inson chinakkam komillik darajasiga ko‘tarilmog‘i uchun avvalo mahluqlarga 
xos qiliqlardan xoli bo‘lmog‘i darkor, deb hisoblaydi. 
Ekzistensiolizm falsafasining asosiy g‘oyalaridan biri shuki, insoning xususiyati – u o‘zini 
o‘zi yashaydi, mavjud bo‘la turib, mohiyatini bunyod etadi. Mabodo individ inson darajasiga 
ko‘tarilganida uning ongi va faoliyatida nuqsonlar mavjud ekan, bunga, avvalo, o‘zi aybdor. 


Chunki insonnig tabiati u yaralgunga qadar mavjud bo‘lmaydi va individning o‘zidan boshqa hech 
qanday kuch uni insonga aylantira olmaydi. Bunday g‘oyani ilgari surish bilan ekzistensial falsafa 
insonnig shakllanishida uning o‘zi mas’ul ekanligiga e’tibor qaratadi. Ekzistensializm inson 
faoliyatining ratsional tomonlariga diqqat qaratadi. Xususan, inson faoliyatida turli konfliktlar 
sodir bo‘lganda aql-zakovat hukmiga quloq solish, aql kuchi bilan har qanday vaziyatdan chiqish 
– inson amaliy faoliyatining muxim sharti ekanligini ta’kidlaydi. Oddiy insonnig «xushyor hisob-
kitoblari», eng og‘ir damlarda o‘zi bilan o‘zi maslahatlashishi uni turli fojea va dahshatlardan 
saqlab qoladi. Demak, o‘z ekzistensiyasini topgan kishining qiyinchilikni matonat bilan 
yengishiga jasorati yetadi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə