Жаҳон санъати тарихи



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/135
tarix19.12.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#152525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ

6.
XVII asrda flamandiya san’ati. 
 
10-MAVZU: XVIII - XX ASRLAR SAN’ATI. 
 
REJA: 
1.
 
XVIII-XIX asr birinchi yarmida chet el san’ati.
2.
 
Rossiyaga Yevropadan kirib kelgan oqimlar va uning yirik vakillari. 
3.
 
XIX-XX asr chet el san’ati.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


ЖАҲОН САНЪАТИ ТАРИХИ

 
MAVZU: KIRISH. TASVIRY SAN’ATNING TUR VA JANRLARI. 
SAN’ATNING TARBIYAVIY AHAMIYATI.
 
REJA: 
1.
 
San’atning kelib chiqishi, mazmuni va mohiyati. 
2.
 
Ibtidoiy jamoa tuzumi san’ati.
3.
 
Ibtidoiy jamoa tuzumi taraqqiyoti bosqichlari.
4.
 
Kulolchilik, toshtaroshlik va haykaltaroshlik san’ati. 
San’atning kelib chiqishi, mazmuni va mohiyati. 
San’at juda qadim zamonlarda, mehnat jarayonining taraqqiyoti natijasida 
paydo bo‘ldi. Mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, go‘zallik hissi 
ortdi, voqelikdagi go‘zallik, qulaylik va foydalilik tushunchalari kengaydi. 
Quldorlik jamiyati vujudga kelishi bilan esa ijtimoiy taraqqiyotda katta 
o‘zgarishlar sodir bo‘ldi; aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqa 
boshladi. Bu esa fan va san’at rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Professional 
san’at va san’atkorlar shu davrda paydo bo‘ldi. San’at esa o‘zining o‘ziga xos 
xususiyatini, quldorligini namoyon etib, quldorlikning ideologiyasi targ‘ib 
etuvchi kuchli g‘oyaviy qurolga aylandi. Lekin shunga qaramay, omma orasidan 
yetishib chiqqan iste’dodli ijodkorlar mehnatkash xalq ommasining orzu-
istaklarini, ularning go‘zallik va xudbinlik, oliyjanoblik va insonparvarlik 
haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar yaratdilar. Xalqning turmushi, 
hulq va odatlari, yutuq va mag‘lubiyatlari ularning asarlarida o‘z ifodasini topdi. 
Shu bilan bir davrda mavjud bo‘lgan ana shunday san’at hayot go‘zalliklarini 
tasvirlab, odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol toptirdi, ularni tenglik
ozodlik, birodarlik, yorqin kelajakka intilishga da’vat etdi. 
Haqiqatdan ham insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy 
boyliklar bo‘lib qolmay, balki o‘zida inson aql-zakovati, hayot to‘g‘risidagi fikr-
o‘ylarini aks ettiruvchi ko‘zgu hamdir. Jahon san’ati tarixini o‘rgatish, uning 
taraqqiyot qonunlarini tushunish, nodir yodgorliklar bilan tanishish, o‘tmish 
odamlarning his-tuyg‘u, hayotiy tajribalarini o‘rganish G‘oyaviy-istetik 
qarashlarning shakllanishini bilish demakdir. Bu so‘zsiz, kishilarda hayotiy 
tajribalarning boyishiga, hayotga yanada keng va atroflicha yondoshishga 
yordam beradi. Tasviriy san’at turlariga rangtasvir, arxitektura, grafika, 
haykaltaroshlik kiradi.
Rangtasvir tasviriy san’atning eng muhim turlaridan bo‘lib, maxsus 
polotnolarga, devorlarga ishlanadi. Tasviriy san’at asarlarida ifodalangan 
maqsad va mazmunni ochib berishda rang muhim o‘rin egallaydi.



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə