Java 2se dasturlash tili


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/42
tarix11.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#144876
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42
Java 2se dasturlash tili

 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.
Ostki klass deganda nima tushuniladi? 
2.
Irsiyat degani nima? 
3.
Biror bir klassning ostki klassi qanday xususiyatga ega bo’ladi? 
4.
Interfeys deganda nima tushuniladi? 
5.
Interfeysni bajarish uchun nima qilish kerak? 
6.
Ichki klass deganda nima tushuniladi? 
7.
Ichki klass qanday xususiyatga ega? 
8.
O’ram deganda nima tushuniladi? 
9.
Qanday ko’rinilish o’zgartiruvchilari mavjud va ular qanday vazifani bajaradi? 
10.
Object
klassi qanday klass? 


GRAFIK DASTURLASH 
Swing 
Swing bu Java dasturlash tilining grafikli foydalanuvchi interfeysi qurollar to’plamidir. 
javax.swing
o’rami interfeys elementlari xisoblanadigan oynalar, tugmalar, combo qutilari, 
katalog daraxtlari, jadvallar, menyular va zamonaviy grafikli dastur tuzish uchun kerak 
bo’ladigan boshqa elementlarni o’z ichiga oladi. 
Swing qurollar to’plamidan oldin grafikli foydalanuvchi interfeysini yaratish uchun Java 
dasturlash tilida 
Abstract Window Toolkit (AWT)
nomli qurollar to’plami ishlatilgan. 
AWT
qurollar to’plami grafikli foydalanuvchi elementlarini yaratishni dastur mo’ljallanayotgan 
platformaning (Windows, Macintosh, Solaris) grafikli foydalanuvchi interfeysi qurollar 
to’plamiga yo’naltirgan. Natijada xar bir platforma uchun dastur ko’rinishi ushbu platformaga 
xos bo’lgan. Shu orqali Java dasturlarni portativligi ta’minlangan. 
AWT
qurollar to’plami qo’llaydigan printsipni o’ziga xos kamchiliklari xam mavjud. Ushbu 
qurollar to’plami grafikli foydalanuvchi interfeys elementlarini yaratishni dastur bajarilayotgan 
platformaga yo’naltirayotganligi sababli xar xil platformalarda interfeys elemetlari bajarayotgan 
amallari farq qiladi. Bundan tashqari, xamma platformalar xam bir xil grafikli interfeys 
elementlar to’plamiga ega emas. Shu va boshqa kamchiliklarni oldini olish maqsadida grafikli 
foydalanuvchi interfeys elementlari mustaqil xosil qilish bo’lib ushbu printsip 
Swing
qurollar 
to’plamida qo’llanilgan. 
Swing
qurollar to’plami yordamida dasturning foydalanuvchi interfeysini yaratishda oldindan 
tayyorlangan komponentlardan foydalaniladi. Ushbu komponentalar maxsus konteynerlar ichiga 
joylashtiriladi. Konteynerlar ichida komponentlarni tartibli joylashtirish uchun joylashuv 
menedjerlar ishlatiladi. Joylashuv menedjerlari foydalanuvchi interfeys elementlarini joylashish 
strategiyasini belgilab beradi. 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə