Java 2se dasturlash tili



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/42
tarix11.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#144876
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42
Java 2se dasturlash tili

 
O’ramlar 
Java dasturlash tili klasslarni 
package
nomli o’ramlarga guruhlash imkoniyatini beradi. 
O’ramlarda dastur fayllarini boshqa kod bibliotekalaridan ajratib saqlash mumkin. Masalan, Java 
dasturlash tilining bibliotekalari 
java.lang

java.util

javax.swing
kabi o’ramlarda saqlanadi. 
O’ramlarni qo’llashni asosiy maqsadi bu klass nomini qaytarilmasligini ta’minlashdir. 
Aytaylik ikki dasturchi bir xil nomga ega, masalan Ishchi, klasslarni yaratdi. Ushbu klasslarni 
qo’llash jarayonida ularni nomlari bir xil bo’lganligi sababli xatolik chiqishi mumkin. Buni 
oldini olish uchun ushbu klasslar xal o’ramlarga joylashtirilishi kerak. Class nomini 
qaytarilmasligini kafolatlash maqsadida Java dasturlash tili dastur tuzayotgan tashkilotni 
Internetdagi domen nomini teskari tartibda yozib o’ram nomi sifatida qo’llashni taklif etadi. 
Masalan, 
java.uz
bizning tashkilotni Internetdagi domen nomimiz bo’lsin. Demak, bizning 
o’ram nomi 
uz.java
bo’ladi.
Klassni o’ramga qoshish uchun o’ram nomi birlamchi kod faylini boshiga o’ram nomini 
yozish kerak. Masalan, 
Ishchi
klassini e’lon qiluvchi 
Ishchi.java
birlamchi kod fayli quyidagi 
ko’rinishga ega bo’ladi: 
package uz.java; 
public class Ishchi 

… 

Bundan keyin yaratilgan klass birlamchi kod faylini o’ram nomiga mos direktoriyaga 
joylashtirish lozim. Yuqoridagi misolda birlamchi kod fayli quyidagi direktoriyaga 
joylashtiriladi: 

uz\ 
java\ 
Ishchi.java 
Ishchi.class 


Klass o’zi joylashgan o’ramni barcha klasslarini va boshqa o’ramlarda joylashgan 
public
o’zgartiruvchisi bilan belgilangan klasslarni ishlatishi mumkin. Boshqa o’ramda joylashgan 
public o’zgartiruvchisi bilan belgilangan klasslarga ikki usulda murojjat qilish mumkin. Birinchi 
usulda, ishlatilayotgan barcha klasslar oldiga o’ramni to’liq nomini qo’shib yozishdir. Masalan: 
uz.java.Ishchi ishchi = new uz.java.Ishchi(); 
Ushbu usul katta dastur yozishda noqulay xisoblanadi. Osonroq va ko’p qo’llaniladigan usul 
bu 
import
ifodasini qo’llashdir. Ushbu ifodani qo’llashdan maqsad bu o’ramda joylashgan 
fayllarga murojaat qilishni qisqa usulini berishdir. Masalan: 
import uz.java.*; 
Ushbu ifoda 
uz.java
o’ramidagi barcha klasslarni import qiladi va ularga qisqa nom bilan 
murojaat qilish imkonini beradi: 
Ischi ishchi = new Ishchi(); 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə