Java 2se dasturlash tili



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/42
tarix11.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#144876
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42
Java 2se dasturlash tili

 


Obyekt destruktsiyasi 
Yuqoridagi bo’limda aytilganidek obyektlar “heap” tizim xotirasida joylashadi. Boshqa 
manbalar singari tizim xotirasi xam chegaraga ega. Demak, obyektlar bilan ishlash mobaynida 
xotirada joyni tejash maqsadida keraksiz obyektlarni muntazam o’chirib turish kerak. Aksariyat 
dasturlash tillarida dasturchi keraksiz obyektlarni ochirishni o’zi nazorat qilishi va amalga 
oshiruvchi dastur kodini tuzishi kerak. Java dasturlash tili keraksiz obyektlarni ochirishni 
avtomatik tizimiga ega bo’lib u 
keraksiz obyektlarni to’plash
tizimi
deyiladi. 
Agar obyekt dasturning biron bir o’zgaruvchisi tomonidan ssilkaga ega bo’lmasa ushbu 
obyekt keraksiz xisoblanadi va keraksiz obyektlarni to’plash tizimi tomonidan o’chiriladi. Ushbu 
tizim obyektlarni ssilkalarini muntazam tekshirib turadi va ssilkasi qolmagan obyektlarni 
o’chirish uchun belgilaydi va o’chiradi, o’chirilgan obyektlar egallagan xotira manbalari tizimga 
qaytariladi. 
Masalan, 
Avtomobil a = new Avtomobil(); 
a = null; 
Dastur kodining birinchi qatorida Avtomobil obyekti yaratilib u 
a
o’zgaruvchisi tomonidan 
ssilka qilinmoqda. Ikkinchi qatorda 
a
o’zgaruvchisi tomonidan Avtomobil obyektiga 
qilinayotgan ssilka bekor qilingan. Ushbu qator bajarilgandan keyin Avtomobil obyekti ssilkasiz 
qolib keraksiz obyektga aylanadi va keraksiz obyektlarni to’plash tizimi tomonidan o’chiriladi. 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.
Obyektlarga ixtisoslashgan dasturlashning afzalliklari nimalardan iborat? 
2.
Klass deganda nima tushuniladi? 
3.
Klass qanday e’lon qilinadi? 
4.
Metod nima vazifani bajaradi? 
5.
Metod qayerda e’lon qilinadi? 
6.
Lokal o’zgaruvchi deganda nima tushuniladi? 
7.
Obyekt qanday va nima asosida yaratiladi? 
8.
Obyekt qachon o’chiriladi? 


KLASSLARARO BOG’LANISH 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə