Java 2se dasturlash tili



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/42
tarix11.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#144876
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
Java 2se dasturlash tili

 
Klasslar 
Klasslar Java dasturining tashkiliy elementi xisoblanadi. Klass metodlarni, o’zgaruvchilarni, 
izitsializatsiya kodi va boshqa klasslarni o’z ichiga olishi mumkin. U klass na’munalarini, klass 
strukturasini bajaruvchi obyektlarini, yaratish uchun andoza xisoblanadi. Klass class kalit so’zi 
orqali el’on qilinadi. Klassning metod va o’zgaruvchilari uning figurali qavslari ichida, ya’ni 
tanasida, joylashadi. Masalan: 
class Avtomobil 

int tezligi; 
double narxi; 
String rangi; 
public int getTezligi() 

return tezligi; 


Yuqoridagi 
Avtomobil
klassi uchta o’zgaruvchilarni o’z ichiga oladi, bular 
tezligi, narxi 
va
rangi
. Ushbu klass 
getTezlik()
metodini xam belgilaydi. 
Avtomobil
klassi e’lon qilingandan 


so’ng 
Avtomobil
obyektini yaratib olish mumkin. Buning uchun quyidagi ifodadan foydalanish 
mumkin: 
Avtomobil a; 
a = new Avtomobil(); 
Yuqoridagi dastur kodining birinchi qatorida 
Avtomobil
turidagi 
a
o’zgaruvchisi e’lon 
qilingan. Ikkinchi qatorda 
new
kalit so’zi yordamida 
Avtomobil
obyekti yaratilib 
a
o’zgaruvchisiga biriktirilgan. 
Avtomobil
obyekti yaratilgandan so’ng uning o’zgaruvchilari va 
metodlariga murojaat qilish mumkin. Masalan: 
a.tezligi = 200; 
int tez = a.getTezligi(); 
 
Metodlar 
Metodlar klass tanasida joylashadi. Ular lokal o’zgaruvchilar va boshqa Java ifodalarini o’z 
ichiga oladi va ushbu o’zgaruvchilar metod chaqirilganda ishga tushiriladi. Metodlar ularni 
chaqirgan ifodaga qiymat qaytarishi mumkin. Qaytariladigan qiymat sodda qiymatlar, 
o’zgaruvchi yoki 
void
, xech qanday qiymat qaytarilmaydi, bo’lishi mumkin. Metod e’lon 
qilinganda qaytariladigan qiymat metod nomidan oldin ko’rsatilishi kerak. Metodlar qiymat 
qabul qilishi xam mumkin va ushbu qiymat chaqiruvchi tomonidan beriladi. Metod e’lon 
qilinganda qabul qiladigan qiymat metodni qavslari ichida ko’rsatiladi. 
Masalan: 
class ArifmetikQiymat 

int xQiymat; 
int yQiymat; 
double xisoblash(int x, int y) 

double arifQiymat = (x + y)/2; 
return arifQiymat; 


Ushbu dasturda 
ArifmetikQiymat
klassida ikkita butun sonlarni (
int x
va 
int y
) qabul 
qiluvchi 
xisoblash()
metodi e’lon qilingan. Ushbu metod ratsional (
double
) qiymatni 
return
kalit so’zi orqali chaqiruvchi ifodaga qiymat sifatida qaytaradi. 
xisoblash()
metodi ichida 
arifQiymat
nomli o’zgaruvchi e’lon qilingan. Metod ichida e’lon 
qilingan o’zgaruvchilar 
lokal o’zgaruvchilar
deyiladi. Lokal o’zgaruvchilarni klass 
o’zgaruvchilardan farqi shundaki, ular vaqtincha bo’lib metod bajarilguncha axamiyatga ega. 


Metod bajarilib bo’lingandan so’ng lokal o’zgaruvchilar o’z axamiyatini yo’qotadi. Bundan 
tashqari lokal o’zgaruvchilariga metod tashqarisidan murojaat qilib bo’lmaydi. 
Java dasturlash tilida bitta klass ichida bir xil nomga ega bir nechta metodlarni e’lon qilish 
xam mumkin. Ushbu printsip 
metodni qayta e’lon qilish
deb nomlanadi. Faqatgina qayta e’lon 
qilingan metod xar xil son va turdagi argumentlarni qabul qilishi shart. Metod chaqirilganda 
kompilyator metod qabul qiladigan argumentlariga qarab ushbu metodlar ichidan kerakligini 
ishga tushiradi. Masalan, 
public class QabulQilinganQiymat 

public void qiymat(String s) 

System.out.println(“birinchi metod”); 
System.out.println(“qabul qilingan qiymat - ” + s); 

public void qiymat(int x) 

System.out.println(“ikkinchi metod”); 
System.out.println(“qabul qilingan qiymat - ” + x); 


dasturida 
qiymat(“tekshiruv”); 
metodi chaqirilsa dastur ekranga
birinchi metod 
qabul qilingan qiymat – tekshiruv 
chiqarib beradi. Agar, 
qiymat(5); 
metodi chaqirilsa dastur ekranga 
ikkinchi metod 
qabul qilingan qiymat – 5 
chiqarib beradi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə