Java 2se dasturlash tili



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/42
tarix11.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#144876
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42
Java 2se dasturlash tili

 
Ro’yxat va Combobox 
Royxat va Combobox tanlash elementlari xisoblanib, ko’p variantlar orasidan tanlash kerak 
bo’lganda oynada joyni tejash uchun ishlatiladi. 
Ro’yxat 
JList
klassi tomonidan yaratiladi va foydalanuvchiga belgilangan variantlardan 
tanlash imkonini beradi. Ro’yxatda faqatgina bitta variantni tanlash yoki bir necha variantlarni 
tanlash imkoniyati mavjud. Ro’yxat yaratishda variantlarni ifoda etuvchi ma’lumotlar modeli 
ishlatiladi. Ushbu modelni massiv yordamida ifoda etish mumkin. 
Quyidagi misolda ro’yxat joylashgan oyna keltirilgan: 
JList
 klassi yordamida yaratilgan ro’yxat 
Ushbu oyna quyidagi dastur yordamida yaratilgan: 
import java.awt.*; 
import javax.swing.*; 
public class Ruyxat 

public static void main(String[] args){ 


JFrame frame = new JFrame("Ruyxat"); 
JPanel panel = new JPanel(); 
String [] malumotModeli = {"Chizmalar chizish haqida", "Proeksiyalar", 
"Qirqimlar va kesimlar", "Aksonometrik proeksiyalar", "Ajraladigan va ajralmaydigan 
birikmalar", "Eskizlar va texnik rasm", "Mashinasozlik chizmalari"}; 
JList list = new JList(malumotModeli); 
list.setVisibleRowCount(5); 
JScrollPane scrollPane = new JScrollPane(); 
scrollPane.getViewport().setView(list); 
JButton button = new JButton("Tanlash"); 
panel.add(scrollPane); 
panel.add(button); 
frame.getContentPane().add(panel); 
frame.setDefaultCloseOperation( JFrame.EXIT_ON_CLOSE ); 
frame.setSize(300,200); 
frame.setVisible(true); 


Ushbu dasturda ro’yxat yaratishda ma’lumotlar modeli 
maluotModeli
massivi yordamida 
ifoda etilgan. 
JList
klassini 
setVisibleRowCount()
metodi ro’yxatni joriy ko’rinadigan qatorlar 
sonini belgilash uchun ishlatiladi. 
JScrollPane
klassi ro’yxatni boshqa elementlarini ko’rib olish 
uchun ro’yxatga gorizontal o’tkazgich biriktirib beradi. Tanlangan elementni indeksi yoki 
qiymatini olish uchun 
JList
klassini 
getSelectedIndex()
yoki 
getSelectedValue()
metodlaridan 
foydalanish mumkin. 
Combobox elementi ro’yxatdan farqli o’laroq tanlash variantlaridan faqatgina bittasini 
ko’rsatib beradi. Qolgan variantlarni ko’rib olish uchun Combobox yonboshida joylashgan 
tugmaga bosish kerak bo’ladi. Combobox 
JComboBox
klassi yordamida yaratiladi. Quyidagi 
misolda Combobox joylashgan oyna va Combobox ruyxatini ochilgan xolati keltirilgan: 
JComboBox
 klassi yordamida yaratilgan combobox elementi 


Ushbu oyna quyidagi dastur yordamida yaratilgan: 
import java.awt.*; 
import javax.swing.*; 
public class Combobox 

public static void main(String[] args){ 
JFrame frame = new JFrame("Combobox"); 
JPanel panel = new JPanel(); 
String [] malumotModeli = {"Chizmalar chizish haqida", "Proeksiyalar", 
"Qirqimlar va kesimlar", "Aksonometrik proeksiyalar", "Ajraladigan va ajralmaydigan 
birikmalar", "Eskizlar va texnik rasm", "Mashinasozlik chizmalari"}; 
JComboBox combo = new JComboBox(malumotModeli); 
panel.add(combo); 
frame.getContentPane().add(panel); 
frame.setDefaultCloseOperation( JFrame.EXIT_ON_CLOSE ); 
frame.setSize(300,200); 
frame.setVisible(true); 


Tanlangan elementni 
yoki uning indeksini 
olish uchun 
JComboBox
klassini 
getSelectedItem()
yoki 
getSelectedIndex()
metodlaridan foydalanish mumkin. 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə