Java 2se dasturlash tili


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/42
tarix11.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#144876
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Java 2se dasturlash tili

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.
Frame deganda nima tushuniladi? 
2.
Panel nima uchun ishlatiladi? 
3.
Xodisa deganda nima tushuniladi? 
4.
Xodisalar qanday boshqariladi? 
5.
Tugalar qanday yaratiladi? 
6.
Yozuvlar deganda nima tushuniladi? 


7.
Tanlash elementlariga nimalar kiradi? 
8.
Checkbox va Radio tugma o’rtasida farq nima? 
9.
Matn kiritish uchun qanday grafik elementlardan foydalaniladi? 
10.
Menyu xosil qilish tartibi qanday? 
11.
Qanday dialog oynalari mavjud? 
12.
Joylashuv menedjerlarining vazifasiga nimalar kiradi? 


ISTISNO VA XATOLAR 
Xatolik va istisnolar 
Dastur ishlashi mobaynida ichki yoki tashqi sabablarga ko’ra xatoliklar yuzaga kelishi 
mumkin. Ichki sabablarga massivga murojat qilishda noto’g’ri indeksni ishlatish yoki obyekt 
biriktirilmagan obyekt o’zgaruvchisini ishlatish kabilar kiradi. Tashqi sabablarga noto’g’ri 
ma’lumot joylashgan fayl bilan ishlash yoki tarmoqdagi nosozliklar misol bo’la oladi. Agar 
dastur ishi xatolik tufayli to’liq bajarilmay qolsa, dastur quyidagi amallarni bajarishi lozim: 
-
xatosiz xolatga qaytish; 
-
foydalanuvchi ishini saqlab dastur ishini to’g’ri tugatish. 
Istisnolarni boshqarish mexanizmining maqsadi boshqaruvni xatolik paydo bo’lgan joydan 
ushbu xatolik bilan ishlay oladigan dastur kodiga o’tkazishdan iborat. Istisnolar bilan ishlash 
uchun paydo bo’lishi mumkin bo’lgan xatoliklarni ko’rib chiqish kerak. Bular: 
1.
Foydalanuvchi kiritgan ma’luotning xatoligi – kiritilgan matn xatoligi, noto’g’ri URL 
adresi, noto’g’ri son turi; 
2.
Qurilma xatoliklari – printer o’chiqligi yoki uning ishlashidagi xatolik, server 
ishlashidagi xatolik; 
3.
Resurslar cheklanishi – disk to’lib qolishi; 
4.
Dastur kodi xatoliklari – metodlarni noto’g’ri bajarilishi, mavjud bo’lmagan massiv 
indeksini ishlatish. 
Java dasturlash tilida agar metod o’z ishini bajarish imkoni bo’lmasa (xatoliklar sababli) 
ushbu metod xatolik xaqida ma’lumotni o’z ichiga olgan obyektni xosil qiladi. Bundan tashqari, 
metodni chaqirgan dastur kodining bajarilishi to’xtatiladi va istisnolarni boshqaruvchi mexanizm 
dasturning istisnolarni boshqaruvchisini izlaydi. Istisnolarni boshqaruvchi istisno obyektini qabul 
qilish va xatolik yuzaga kelganda bajariladigan amallarni belgilash imkonini beradi. 
Java dasturlash tili obyektlarga ixtisoslashgan dasturlash tili bo’lganligi sababli istisnolar 
obyekt ko’rinishida bo’ladi. Barcha xatolik va istisnolar 
Throwable
klassidan kelib chiqgan 
klasslar orqali xosil bo’ladi. Quyida istisnolar ierarxiya daraxtining yuqori qismi keltirilgan: 
Istisno va xatolik klasslari ierarxiyasi 
Throwable klassini ikkita, 
Error
va 
Exception
klasslari kengaytiradi. Ushbu klasslarni o’z 
navbatida aniq bir xatoliklarni ifoda etuvchi klasslar kengaytiradi. 
Throwable 
Error 
Exception 


Error
klassi dasturning ichki xatoliklarini va resurslar cheklanishini belgilaydi. Ushbu 
xatoliklarni dastur yordamida to’g’irlash mushkul bo’lib, bu xolatda foydalanuvchini xatolik 
xaqida ogoxlantirib dastur ishi tugatiladi. 
Dastur tuzilayotganda 
Exception
klassi va uni kengaytiruvchi klasslarga asosi e’tiborni 
qaratish kerak. 
Exception
klassi o’z navbatida ikki turdagi klasslar tomonidan kengaytiriladi. 
Birinchi turdagi klasslar bu 
RuntimeException
klassi va uni kengaytiruvchi klasslar. Ikkinchi 
turga boshqa klasslar kiradi.
Java dasturlash tilida 
Error
va 
RuntimeException
klasslaridan kelib chiqgan istisnolar 
tekshirilmaydigan istisnolar
deyiladi. Barcha boshqa istisnolar 
tekshiriladigan istisnolar
deyiladi. Tekshiriladigan istisnolarga dasturchi istisnolarni boshqaruvchi dastur kodini ta’minlab 
berishi kerak. 
Metod amal bajarishi mobaynida uddalay olmaydigan xolat yuzaga kelsa istisno obyekti 
xosil qilinadi. Agar metod bajarilishida istisno xosil bo’lish xolati mavjud bo’lsa metod e’lon 
qilish kodida ushbu xolat belgilanishi kerak. Istisno 
throws
kalit so’zi bilan belgilanadi. Masalan, 
agar dasturdagi 
faylniOchish()
metodi xotirada joylashgan faylni ochishi kerak bo’lsa, metod 
bajarilishi mobaynida ochilishi kerak bo’lgan fayl xotirada mavjud bo’lmasligi yoki mavjud fayl 
ochilmasligi mumkin. Ushbu xolda 
IOException
istisnosi xosil bo’ladi.
public void faylniOchish() throws IOExceptions 

… 

Istisnoni atayin xosil qilish xam mumkin. Istisno 
throw
kalit so’zi bilan xosil qilinadi. 
Odatda bu dastur ishini tekshirish uchun amalga oshiriladi. Masalan, 
IOException e = new IOException(); 
throw e; 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə