Java 2se dasturlash tili



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/42
tarix11.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#144876
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Java 2se dasturlash tili

 
Joylashuv menedjerlari 
Java dasturlash tilida foydalanuvchi interfeysi elementlarini panel yoki frameda joylashtirish 
usullarini joylashuv menedjerlari orqali belgilnadi. 
Panelda elementlar avtomatik ravishda 
flow layout 
joylashuv menedjeri orqali 
joylashtiriladi. Ushbu menedjer elementlarni bir qatorga ketma-ket, o’rtaga tekislab 
joylashtiriladi. Agar elementlar bir qatorga sig’masa, sig’magan elementlar ikkinchi qatorga 
o’tkaziladi.
Flow layout joylashuv menedjerining standart xolati 
Joylashuv menedjeri panelning 
setLayout()
metodi orqali belgilanadi. Flow layout
 
joylashuv menedjeri 
FlowLayout
klassi yordamida yaratiladi. Panelda elementlar joylashuvini 
o’rtaga tekislashdan chapga tekislashga o’zgartirish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 
layout.setAlignment(FlowLayout.LEFT); 
panel.setLayout(layout); 


Natijada elementlar tekislanishi quyidagiga o’zgaradi. 
Flow layout joylashuv menedjerining chapga biriktirilgan xolati 
Boshqa joylashuv menedjeri bu 
border layout
joylashuv menedjeridir. Ushbu joylashuv 
menedjeri flow layout manager joylashuv menedjeridan farqli o’laroq elementlarni panelni 
ma’lum joylariga joylashtirish imkonini beradi. Border layout joylashuv menedjeri panelni besh 
qismga (north, south, west, east) bo’lib, elementlarni ushbu qismlarga joylashtirish imkonini 
beradi. 
Border layout joylashuv menedjerining sohalari 
Border layout joylashuv menedjeri 
BorderLayout
klassi tomonidan yaratiladi. 
BorderLayout layout = new BorderLayout(); 
panel.setLayout(layout); 
panel.add(button1, BorderLayout.SOUTH); 
Border layout joylashuv menedjerining janubiy qismiga joylashtirilgan element 
North (shimol) 
South (janub) 
West 
(g’arb) 
East 
(sharq) 
Center 
(o’rta) 


Flow layout joylashuv menedjeridan farqli o’laroq border layout joylashuv menedjeri 
joylashtirgan elementlarni asil o’lchamlarini mavjud maydonni to’ldirish uchun o’zgartiradi. 
Interfeys elementlarini asl o’lchamlarini saqlab qolish uchun ushbu elementlarni flow layout 
joylashuv menedjeri boshqaruvidagi panelga joylashtirib, keyin ushbu panelni border layout 
joylashuv menedjeri boshqaruvidagi panelning ma’lum qismiga joylashtirilishi mumkin. 
JPanel ichkiPanel = new JPanel(); 
ichkiPanel.add(button1); 
panel.add(ichkiPanel); 
Oldindan panelga joylashtirib olingan element 
Yana bir joylashuv menedjeri bu 
Grid layout
joylashuv menedjeridir. Ushbu joylashtiruv 
menedjeri foydalanuvchi interfeysi elementlarini jadval sifatida qator va ustunlarga joylashtiradi. 
Jadval yacheykalari bir xil o’lchamga ega bo’ladi. Grid layout joylashuv menedjeri 
GridLayout
klassi yordamida yaratiladi. Qator va ustunlar sonini klass konstruktori orqali berish mumkin. 
Border layout joylashuv menedjeri singari grid layout joylashuv menedjeri foydalanuvchi 
interfeysi elementlari o’lchamlarini mavjud joyni to’liq egallash uchun o’zgartiradi. 
Foydalanuvchi interfeysi elementlari o’lchamlarini saqlab qolish uchun ularni avval flow layout 
joylashuv menedjeri boshqaruvidagi panelga joylashtirish kerak. 
GridLayout layout = new GridLayout(2, 2); 
panel.setLayout(layout); 
JPanel ichkiPanel1 = new JPanel(); 
JPanel ichkiPanel2 = new JPanel(); 
JPanel ichkiPanel3 = new JPanel(); 
JPanel ichkiPanel4 = new JPanel(); 
ichkiPanel1.add(button1); 
ichkiPanel2.add(button2); 
ichkiPanel3.add(button3); 
ichkiPanel4.add(button4); 
panel.add(ichkiPanel1); 
panel.add(ichkiPanel2); 


panel.add(ichkiPanel3); 
panel.add(ichkiPanel4); 
Grid layout joylashuv menedjeri 
Yuqoridagi barcha joylashuv menedjerlari 
java.awt
o’ramiga tegishli klasslar yordamida 
yaratiladi. 
java.swing
o’rami xam joylashuv menedjerlariga ega. Bularning bittasi 
Box layout
joylashuv menedjeridir. Ushbu joylashuv menedjeri foydalanuvchi interfeys elementlarini 
vertikal qator yoki gorizontal ustunga joylashtirish imkonini beradi. Box layout joylashuv 
BoxLayout
klassi tomonidan yaratiladi. 
BoxLayout layout = new BoxLayout(panel, BoxLayout.Y_AXIS); 
panel.setLayout(layout); 
panel.add(button1); 
panel.add(button2); 
Box layout joylashuv menedjeri 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə