Jaxon mamlakatlarida Ta’lim tizimini integratsiyalash va differensiyalash. Reja



Yüklə 27,12 Kb.
səhifə3/4
tarix11.12.2023
ölçüsü27,12 Kb.
#144977
1   2   3   4
Jaxon mamlakatlarida Ta’lim tizimini integratsiyalash va differe-fayllar.org

Differensial ta’lim. Rivojlangan mamlakatlarda ommaviy o‘rta maktablarning yaratilishi ta’lim-tarbiya differensiyasi muammosini yanada keskinlashtirdi. Bunday holat umumiy ta’lim diversifikatsiyasining sifat darajasi boshqacha tizim zaruratini keltirib chiqardi. O‘quvchilarning iqtidori, qiziqishi, o‘zlashtirishiga ko‘ra differensial tayyorgarlikni kuchaytirish va murakkablashtirish - zamonaviy maktabning global yo‘nalishiga aylandi.
Differensiyaning asosiy shakllari - o‘quv muassasalarini turli tiplarga bo‘lish, bir maktab ichida potok va profillarga, sinfda guruhlarga ajratish nazarda tutiladi. Differensial ta’lim muammosi bir xil hal bo‘lmaydi va qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiy tomondan differensiya ijtimoiy tanlov usuliga aylanadi. Pulli ta’lim va imtihonlar tizimi bunda tanlov vositasi bo‘lib hisoblanadi. Odatda tabaqalanish (differensiya) boshlang‘ich maktabni bitirgandan keyin boshlanadi.
U turli tipdagi ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Masalan: Angliyada grammatik va zamonaviy maktablarda, Germaniyada real bilim yurti, gimnaziya va asosiy maktablarda, Fransiyada texnologik, kasbiy va umumta’lim litseylarda, Rossiyada oddiy o‘rta maktab, litsey, kollej, gimnaziyada va b. Bu o‘quv muassasalarida differensiyaning asosiy o‘ziga xos belgisi dasturlardir. Bir o‘quv muassasasi doirasida differensiya keng yoyilgan. Masalan, AQSH va Yaponiya katta o‘rta maktablarida 2 tipdagi umumta’lim va maxsus dasturlar mavjud. Ular turli qirralarda o‘quvchilarning turli guruhlarini o‘rganishadi. Germaniyada gimnaziya ta’limning 6 profilini taklif etadi, asosiy maktab esa differensiyani KKAM tizimi asosida amalga oshiradi. Unga ko‘ra ta’lim dasturning quyidagi variantlariga ko‘ra tashkil qilinadi: kasbiy kurs(K), kengaytirilgan kurs (K), asosiy kurs (A), moslashtirilgan kurs (M).15
To‘liqsiz o‘rta maktab differensiya vositasi hisoblanadi. 1930 yil AQSHda, 1950 yil Yaponiyada, 1970-1980 yillar G‘arbiy Yevropada, 1990 yil Rossiyada differensial ta’lim amalga oshiriladigan o‘quv muassasalari paydo bo‘la boshladi. Bu erda gap AQSH va Yaponiyadagi kichik o‘rta maktab, Buyuk Britaniyadagi birlashgan maktab, Germaniyadagi yagona kollej, Rossiyadagi 6 yillik o‘rta ta’lim maktabi haqida ketyapti. Bu kabi ta’lim muassasalarida 11-12 yoshdan 15-16 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘qitiladi.
Bu o‘quv muassasalarda tabaqalanishning pedagogik asoratlari ijobiy. Tabiiy maqsadga yo‘naltirilgan xarakterga ega, turli guruh o‘quvchilari imkoniyatlari hisobga olinadi. Umumiy dastur o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini oshirishga mo‘ljallangan. Masalan, Fransiyadagi ilk yagona kollejlarda yaxshi o‘zlashtiruvchilar foizi shu yoshdagi parallel ta’lim muassasalarida yaxshi o‘zlashtiruvchilar sonidan yuqori chiqdi. AQSH va Yaponiya kichik o‘rta maktablarida to‘liqsiz o‘rta ta’lim beriladi. Mazkur dastur qator afzalliklarga ega. Tanlov fanlar ta’limni davom ettirish yoki mehnat faoliyatini boshlashni nazarda tutadi.
1950 yil oxirida DJ.Konant boshchiligidagi pedagoglar guruhi umumqamrab oluvchi maktab modelini taklif etdi. Bu model bo‘yicha umumta’lim o‘quv muassasasida ijtimoiy daraja, qobiliyat, qiziqishidan qat’iy nazar barcha bolalar o‘qishadi, lekin turli-tuman ta’lim dasturlari amalga oshiriladi. Konant tavsiyalari AQSHdagi kichik o‘rta maktablarda differensial ta’limni joriy qilishda foydalanildi. Buyuk Britaniyada birlashgan maktablar kichik grammatik sinflar va zamonaviy maktablarni o‘z ichiga oladi. Ilk 3 yillikda o‘quvchilar zamonaviy maktab dasturi bo‘yicha shug‘ullanadilar, keyin yoki shu dasturni davom ettiradi, yoki grammatik maktab dasturi bo‘yicha o‘qishadi. Birlashgan maktablarda yoshiga ko‘ra 90% o‘smirlar shug‘ullanadilar.
Germaniyada umumiy maktablarda yoshiga ko‘ra 5% o‘quvchilar tahsil olishadi. Umumiy maktabning kooperativ va integral tiplari yuzaga keldi. Kooperativ maktablar asosiy, real maktab va gimnaziyalarni birlashtirdi. 9-sinfdan keyin o‘quvchilar asosiy maktabdagi kabi diplom oladilar, 10 sinfdan keyin esa diplom real maktab va gimnaziyaning o‘rta bosqichiga teng keladi. Kooperativ maktablarda mashg‘ulotlar majburiy va elektiv dastur birgaligida amalga oshiriladi.



Yüklə 27,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə