3.3. Jismoniy mashqning o‘ziga xos belgilari
1. Jismoniy mashq bilan pedagogik vazifa yechiladi. Ta’lim jarayoni o‘quv materialining o‘quvchilar tomonidan tushunilishi va ongli ravishda o‘zlashtirilishi asosiga quriladi. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchilarga jismoniy mashqlarning ahamiyatini tushuntiradi, mashqlarni to‘g‘ri bajarishga o‘rgatadi, xatolardan ogohlantiradi va ularni tuzatadi. U o‘quvchilar o‘rganiladigan materialni tushunishlariga, uni faol idrok qilishlariga va imkoniyat darajasida kundalik turmushga tadbiq qila olishlariga yordamlashadi.. O‘qituvchi o‘quvchilarda mashg‘ulotlar natijasida jismoniy madaniyatga, jismoniy mashqlarga qiziqish oshishi, ularda faqat darslardagina emas, balki sport to‘garaklarida ham ko‘proq va yaxshiroq shug‘ullanish istagi paydo bo‘lishiga erishishi kerak.
2. Jismoniy mashq jismoniy tarbiyaning qonuniyatlari bilan muvofiqlikda bo‘ladi. Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiya qonuniyatlari negizida qo‘llanilmaydigan bo‘lsa, salbiy natija berishi, zarar keltirishi mumkin. Mehnat harakati ishlab chiqarish qonuniyatlari bilan muvofiqlikda bajariladi. Jismoniy mashqning mehnat yoki turmush harakati bilan tashqi o‘xshashligi birini boshqasi bilan ommalashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qila olmaydi; jismoniy mashqning davom etishi, shiddatliligi va boshqa tavsiflari, shuningdek, bajarish usulining o‘zi faqat qonuniyatlarga bo‘ysunadiki, ular, bir tomondan, o‘quvchining organizmiga eng samarali ta’sir o‘tkazadi, boshqa tomondan esa eng yuqori natija ko‘rsatishga imkon beradi. Masalan, yugurish jismoniy tarbiyada zaruriy tezlikka erishish va organizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatish uchun o‘tkaziladi.
3. Jismoniy mashqlar optimal nisbatda insonning barcha a’zolari va tizimlarining rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi. Mehnat harakati insonning jismoniy mukammallashuviga har tomonlama ta’sir ko‘rsatishga qodir emas. Jismoniy tarbiyaning vositalari 5- chizmada berilgan.
Suv
Havo
5-chizma. Jismoniy tarbiyaning vositalari
Dostları ilə paylaş: |