Jismoniy tarbiya va sport umumiy xalq madaniyatining ajralmas bir qismi, mamlakatning har bir fuqarosi jismoniy hamda ma’naviy takomillashuvini ta’minlovchi zamin hisoblanadi


Jismoniy mashq – jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə20/142
tarix29.11.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#141101
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   142
Salomov 1-jild. lotin

3.4. Jismoniy mashq – jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi

Jismoniy tarbiya bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalarga barcha vositalar tizimidan foydalanish orqali erishiladi, biroq vositalarning har qaysi guruhga ahamiyati bir xil emas: tarbiya va o‘qitishning vazifalarini echishda eng katta salmoq jismoniy mashqlar ulushiga to‘g‘ri keladi. Bu esa bir qator sabablar bilan belgilanadi:


1. Jismoniy mashq harakatlar tizimi sifatida insonning tuyg‘usi va fikrini, uning tevarak-atrofdagi voqelikka munosabatini ifodalaydi.
2. Jismoniy mashq – bu jismoniy tarbiya sohasida ijtimoiy-tarixiy tajribani topshirish usullaridan biridir.
3. Jismoniy mashq nafaqat organizmning morfo-funksional holatiga, balki ularni bajaruvchi shaxs holatiga ham ta’sir o‘tkazadi.
4. Jismoniy mashq harakatlari insonning sog‘lomlashtiruvchi ehtiyojlarini ham qondira olishi mumkin.


3.5. Jismoniy mashqlarning ta’sir o‘tkazishini aniqlovchi omillar

Ma’lumki, ayni bir xil jismoniy mashq turli xil samara berishi mumkin, va, aksincha, har xil jismoniy mashq bir xil natijaga olib kela oladi. Binobarin, jismoniy mashqlarning ta’sir o‘tkazuvchi omillarini bilish pedagogik jarayonning boshqaruvchanligini oshirishga imkon beradi. Barcha xilma-xil omillarni quyidagi tarzda guruhlashtirish mumkin:


1. O‘quvchilar va o‘qituvchining shaxsiga xos xususiyatlar muhim omildir. Ikki tomonlama o‘qitish jarayoni – o‘qituvchi o‘rgatadi, o‘quvchi o‘rganadi, shuning uchun jismoniy mashqlarning teng darajada ta’sir o‘tkazishi o‘rganayotgan va o‘rgatayotgan tomonlarning ahloqiy sifatlariga, aql-idroki, bilimi, ko‘nikma va malakasi, jismoniy rivojlanish darajasi, manfaatdorligi, faolligi va boshqalarga bog‘liq.
2. Ilmiy omillar insonning jismoniy tarbiya qonunlarini bilish darajasini tavsiflaydi. Jismoniy mashqning pedagogik, fiziologik fazilatlari qanchalik chuqur ishlab chiqilgan bo‘lsa, u shu qadar samaralidir. Ulardan pedagogik vazifalarni echishda foydalanish mumkin.
3. Uslubiy omili jismoniy mashqlardan foydalanish vaqtida amalga oshiriladigan tegishli talablarning keng guruhlarini birlashtiradi.
4. Meteorologik omillarning (havo harorati, namligi, mahalliy xususiyatlar va hokazolar) ta’sir o‘tkazishini bilish.
5. Moddiy omillar (sport inshootlari, anjom-jihozlarning sifati, kiyimlar, mashg‘ulot joyining gigienik holati) ko‘proq jismoniy tarbiya vazifalarini va kam darajada – umumta’lim, sog‘lomlashtirish vazifalarini hal etishga ta’sir qiladi.

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə