Jizzax davlat pedagogika instituti aqchayev farruh shavkatovich tarix fanini o


innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion pedagogika



Yüklə 2,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/67
tarix24.01.2022
ölçüsü2,16 Mb.
#83098
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   67
tarix fanini oqitishda innovatsion texnologiyalar

innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion pedagogika, 

ta’limda  innovatsion  jarayonlarni  boshqarish 

kabi  tushunchalar  XX  asrning 

60-yillarida  dastlab,  AQSh  va  g`arbiy  Yevropa  mamlakatlarida  «ta’lim 

texnologiyasi»  tushunchasi  e’tirof  etilgan  vaqtda  paydo  bo`ldi.  Usha  vaqtdayoq 

Yevropada  pedagogik  innovatsiyalar  markazi  va  instituti  tashkil  etildi.  Bu 

tushunchalarning  paydo  bo`lishi  va  innovatsion  ta’lim  nazariyasining  yaratilishi 

to`g`risida  ma’lumot  beruvchi  manbalar  taxlili  shuni  ko`rsatadiki,  bu 

tushunchalar  ta’lim  tizimini  texnologiyalashtirish,  pedagogik  texnologiyalarni 

ta’lim  tizimiga  kiritish  orqali  ta’lim  tizimini  isloh  qilish,  ta’lim  samaradorligini 

oshirish, 

shaxs 

ijtimoiylashuvini 



ta’minlash, 

bu 


borada 

muayyan 


muvaffaqiyatlarga 

erishish 

uchun 

ta’lim 


jarayonida 

bolaga 


do`stona 

munosabatlarni  shakllantirishga  urinish  natijasida  vujudga  keldi.  Olib  borilgan 

ilmiy  izlanishlar  natijasida o`tgan asrning 80-yillari  ikkinchi  yarmida pedagogik 

faoliyat  bu  —  ijodiy  jarayon  va  pedagogik  innovatsiyalar  birlashmasi,  degan 

yangi ilmiy yo`nalish tarkib topdi. Bu esa o`qituvchining innovatsion pedagogik 

faoliyatining shakllanishi va rivojlanish jarayonini tahlil qilish imkonini berdi. 

O`qituvchi  innovatsion  faoliyatining  umumiy  va  aloxida  jihatlarini 

K.Angelovskiy,  G.I.Gorskaya,  V.A.Kan-Kalik,  S.L.Ko`zmina,  V.A.Slastenin, 

L.M.Fridman  kabi  olimlar  o`zlarining  ilmiy  tadqiqot  ishlarida  yoritib  berdilar. 

Mamlakatimizda  pedagogik  innovatsiyani  rivojlantirish  muammolari  ustida 

pedagog 

olimlardan 

N.Azizxo`jayeva, 

B.Farberman, 

U.Nishonaliyev, 

N.Sayidaxmedov, M.Ochilovlar ilmiy izlanishlar olib bormokdalar. 

I.Shumpater va N.Kondratevlar 


Yüklə 2,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə