Jizzax davlat pedagogika instituti aqchayev farruh shavkatovich tarix fanini o



Yüklə 2,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/67
tarix24.01.2022
ölçüsü2,16 Mb.
#83098
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   67
tarix fanini oqitishda innovatsion texnologiyalar

«Innovatsiya» 

tushunchasining ilk va ulkan 

nazariyachilari 

hisoblansalar, 

K.Angelovskiy, 

V.A 


Slastenin 

va 


V.I.Slobadchikovlar  o`z  ilmiy  tadqiqotlarida  innovatsion  faoliyat  pedagogik 

faoliyatning  alohida  shakli  ekanligini  isbotlashga  harakat  qildilar  hamda  bu 

borada  muayyan  natijalarga  erishgan  olimlar,  deb  tan  olinadilar.  Jumladan, 

V.I.Slobadchikov shunday yozadi: «Avvalo, innovatsion faoliyatni ilmiy ijodiyot 

sohasidagi  faoliyatga  o`xshatib  bo`lmaydi,  chunki  bunday  o`xshatish 

«Innovatsion  faoliyat»  termini  ma’nosini  sayozlashtirib  yuboradi.  Chunki  har 

qanday  ilmiy-texnikaviy  faoliyat  o`z  tabiatiga  ko`ra  innovatsion  hisoblanadi. 

Shuning  uchun  innovatsion  faoliyatni  ma’lum  bir  ijtimoiy  amaliyot  maydonida 




 

23 


ko`rib  chiqish  zarur.  Bu  amaliyotni  konkret  subyekt  nuktayi    nazaridan  va 

amaldagi  an’anaga  nisbatan  jiddiy  o`zgarishlarga  olib  keladigan  har  qanday 

faoliyatni innovatsion deb hisoblash mumkin». 

Shu  nuqtayi    nazardan  kelib  chiqib, 80-yillarda  pedagogik  faoliyatni 

avvaldan  puxta  ishlab  chiqilgan  dastur  g`oyalariga  muvofiq  amalga  oshirish  va 

dasturlashtirilgan  mustaqil  malaka  oshirishni  tashkil  etish  tashabbusi  ko`tarildi. 

Natijada,  o`qituvchilarning  masofadan  malaka  oshirish  tizimini  yaratish  kun 

tartibidagi asosiy masalaga aylandi. 

«Innovatsion 

faoliyat» 

tushunchasini 

tahlil 


qilar 

ekanmiz: 

G.A.Mkritichyanning  bu  haqdagi  fikri  diqqatga  sazovar:  -  «Pedagogik  tajriba-

sinov faoliyatining 3 ta asosiy shaklini ajratish mumkin: xususiy tajriba, tajriba-

sinov  ishi,  o`qituvchining  innovatsion  faoliyati.  Pedagogik  faoliyatda 

innovatsiyalar  qancha  ko`p  bo`lsa,  o`qituvchi  xususiy  eksperimentni  shuncha 

yaxshi tushunadi» 

Innovatsion faoliyat - pedagogning o`z kasbini takomillashtirishdagi mavjud 

shakl  va  vositalarni  egallashga  ijodiy  yondashuvini  nazarda  tutadi.  Ta’limdagi 

innovatsiyalar  va  innovatsion  pedagogik  faoliyat  haqida  barqaror  va  hammaga 

ma’qul  bo`lgan  ilmiy  tasavvurlar  va  tasniflar  shu  paytgacha  mukammal  tarkib 

topgan emasligini ham e’tirof etish lozim. Bunday holatning asosiy sabablaridan 

biri  ta’limga  yo`naltirilgan  ilmiy  bilimlar  tizimlari  o`rtasidagi  qiyinchilik  bilan 

yengib  o`tiladigan  uzilishlardir.  Yana  muhimroq  sabab  esa  ta’limiy  bilim  va 

amaliy  pedagogik  faoliyat  o`rtasidagi  uzilishdir.  O`qituvchi  innovatsion 

faoliyatning  subyekti  va  tashkilotchisi  sifatida  yangilikni  yaratish,  qo`llash 

hamda  ommalashtirishda  ishtirok  etadi.  U  fandagi  bilim,  an’analardagi 

o`zgarishlar mazmunini va mohiyatini tahlil eta bilishi kerak. 

Innovatsion  faoliyat  tushunchasi  innovatsiya,  innovatsion  jarayon  kabi 

tushunchalar bilan chambarchas bog`liq. Shu sababli bu tushunchalar mazmunini 

izohlamasdan turib, innovatsion faoliyat mazmunini anglash mumkin emas. 

Innovatsiya  -  amaliyot  va  nazariyaning  muhim  qismi  bo`lib,  ijtimoiy-

madaniy  obyekt  sifatlarini  yaxshilashga  yo`naltirilgan  ijtimoiy  subyektlarning 

harakat  tizimidir.  Bu  g`oya  nazariyasi  mohiyatining  yaratilishiga  nisbatan  turli 

yondashuvlar va fikrlar mavjud bo`lib, uning mohiyati borasida fanda yagona fikr 

mavjud emas. 




Yüklə 2,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə