Jizzax politexnika instituti “Bino va inshootlar qurilishi”


Temir beton tom yopma konstruksiyalari



Yüklə 14,73 Kb.
səhifə5/7
tarix23.05.2023
ölçüsü14,73 Kb.
#112382
1   2   3   4   5   6   7
Jizzax politexnika instituti “Bino va inshootlar qurilishi”-fayllar.org

Temir beton tom yopma konstruksiyalari.
Ishlab chiqarishning isitiladigan va isitilmaydigan sanoat binolarida asosiy hollarda tom yopma (orayopma) konstruksiya elementlari sifatida og’ir va engil betonlardan tayyorlangan temirbeton tom yopma plitalaridan keng miqdorda foydalaniladi. Ushbu turdagi tom yopma plitalari oldindan kuchlantirilgan tekis yoki qovurg’ali holda 6 va 12 m uzunlikda ishlab chiqariladi. Tekis turdagi plitalar 0,6; 0,9; 1,0; 1,2; 1,5 va 1,8m kenglikda, 200 va 240 mm qalinlikda, qovurg’ali plitalar esa 3 va 1,5 m kenglikda, 300-500 mm qalinlikda ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishda montaj ishlari xajmini, material sarfini va mexnat xajmini kamaytiruvchi 3,0 m kenglikka ega bo’lgan plitalardan keng miqdorda foydalaniladi.

TOM VA ORAYOPMA PLITALARI. SANOAT BINOLARINING TOM TO‘SHAMALARI. SANOAT BINOLARINING TOMLARIDAN ATMOSFERA SUVLARINI QOCHIRISH.



a) - o’lchamlari 3x6 hamda 1,5x6 m li qovurg’ali plitalar;
b) - o’lchamlari 3x12 hamda 1,5x12 m li qovurg’ali plitalar;
v) - korobkasimon temir beton svod ko’rinishli (KJS-korobchatыy jelezobetonnыe svodchatыy) panel;
g) - ikki T shaklli kesimga ega qovurg’ali plita.

TOM VA ORAYOPMA PLITALARI. SANOAT BINOLARINING TOM TO‘SHAMALARI. SANOAT BINOLARINING TOMLARIDAN ATMOSFERA SUVLARINI QOCHIRISH.



Temir beton konstruksiyali tom yopma plitalari asosiy hollarda og’ir betonlardan tayyorlanadi, bazi hollarda isitiladigan sanoat binolarida binoning yuk ko’taruv konstruksiyalarining qadami 6 m. bo’lganda engil, g’ovakli va boshqa turdagi betonlardan tayyorlangan qovurg’ali plitalardan xam foydalaniladi.
Keyingi yillarda temirbeton tom yopmalarining o’lchamlarini oshirish va ularning vaznini engillapshtirish borasida birmuncha ishlar amalga oshirilmoqda. Tom yopma plitalarining engil vaznli turlariga ularga faqat fazoviy shakllar berish orqali erishish mumkin.
Hozirgi kunda engil vaznli fazoviy tom yopma plitasining turlari sifatida korobkasimon temir beton svod ko’rinishli (KJS-korobchatыy jelezobetonnыe svodchatыy), ikki T kesimli, «Vozduxovod», «Dinakor» va boshqa turdagi plita konstruksiyalari ishlab chiqilgan.
Ushbu turdagi plita konstruksiyalari 18 x12 va 24x12m. li ustunlar to’ri uchun, 3x12, 3x18 va 3x24 m. o’lchamlarda ishlab chiqariladi. Plitalar binolarda bo’ylama yo’nalishda ustunlarga o’rnatilgan tomning yuk ko’taruv konstruksiyalari vazifasini bajaruvchi to’sin (balka)larga o’rnatiladi.

Yüklə 14,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə