Jizzax politexnika instituti



Yüklə 401,94 Kb.
səhifə12/15
tarix09.10.2023
ölçüsü401,94 Kb.
#126374
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Qurilishda Marketing kurs ishi

Xarajatlar – bu resurslarni natural va fizik ko`rinishlarda sarflanishidir.
Xarajatlarning iqtisodiy mohiyatiga to’xtaladigan bo’lsak, Xarajatlar – bu xom-ashyo
yetkazib berilishi yoki bino va inshootlar qurilishi, boshqa turlarini amalga oshirish natijasida kelib chiqadigan aktivlarning kamayishi yoki majburiyatlarni o’z zimmasiga olish orqali ro’y beradigan iqtisodiy resursning kamayishidir.
Xarajatlarni iqtisodiy tushunchasi resurslarni shakllanganligi ulardan muqobil
foydalanish muammolariga asoslanadi. Biror bir qurilish ishlab chiqarish jarayonida
ishlatilayotgan resurslar boshqa maqsadlarda ishlatish imkoniyatini bermaydi.
Qurilish nuqtai nazarida iqtisodiy xarajatlar tashqi va ichki xarajatlarga
bo`linadi. Tashqi xarajatlar deb pul shaklidagi mehnat, yoqilg`i, xom-ashyo,
yordamchi materiallar, transport va boshqa xizmatlarga aytiladi. Bunda resurs
yetkazib beruvchilar korxona egalari hisoblanmaydilar. Shu bilan birga korxona o`zining xususiy resurslaridan faoydalanishi mumkin. Bu holat ham xarajatlardan holi emas. Xususiy va mustaqil ishlatilayotgan resurslar ichki va xarajatlar deyiladi. Bunday xarajatlarga me`yoriy foyda, ya`ni bu ayni biznes sohasidagi kimnidir faoliyatini qo`llab – quvvatlash uchun zarur bo`ladi.
Buxgalteriya nuqtayi nazaridan yondashganda qurilish ishlab chiqarish xarajatlariga barcha real, xaqiqiy pul shaklidagi amalga oshiriladigan xarjatlar kiradi. Bularga ishchilarning ish haqi, bino, dastgoh, stanoklarni ijara to`lovlari; transport
xarajatlariga to`lovlar, bank xarajatlariga to`lovlar; sug`urta kompaniyalariga
to`lovlar va boshqalar kiradi.
Iqtisodiy nuqtai nazaridan yondashganda qurilish ishlab chiqarish xarajatlariga
nafaqat pul shaklida amalga oshiriladigan xaqiqiy xarajatlar, balki o`z resurslaridan
optimal foydalanish imkoniyatini qo`ldan chiqarish bilan bog`liq bo`lgan qurilish korxona tomondan to`lanmaydigan xarajatlar ham kiradi. Bu yondashuvga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida barcha oxirgi va me`yoriy foydani o`z ichiga olgan
ichki va tashqi xarajatlarni xisobga olish zarur.
Qurilish ishlab chiqarish xarajatlarining turli xil klassifikatsiyalari mavjud. Quyida eng asosiy klassifikatsiyalarni ko`rib chiqamiz.

Alohida qurilish korxonasi nuqtai nazaridan :


yakka (individual) xarajatlar – aniq xo`jalik subyekti xarajatlarini o`zida
aks ettiradi;
jamiyat xarajatlari – bu umumiy iqtisodiy nuqtayi nazaridan biror bir
maxsulot hajmini ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlardir.



Yüklə 401,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə