Jizzax viloyati zomin tumani 2-maktabining – “ ” sinf o`quvchisi



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/29
tarix28.11.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#136114
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
7-Sinf KIMYO NAZORAT ISHI daftar 2022




 
JIZZAX VILOYATI ZOMIN TUMANI
 42-MAKTABINING
7 – “ ” SINF O`QUVCHISI 
________________________________NING 
KIMYO FANIDAN 
NAZORAT SAVOLLARI 
VA AMALIY ISH DAFTARI
 
 
 
 
 
2023-2024 



1 – Amaliy mashg`ulot. 
 
Mavzu: 
Kimyo xonasidagi jihozlar hamda moddalar bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari bilan tanishish. 
Darsning maqsadi: 
Kimyo honasida jihozlar va reaktivlar bilan ishlashdagi xavsizlik qoidalari bilan tanishish. 
Jihozlardan foydalanish bo`yicha ko`nikmalarga ega bo`lish. Ko`ngilsiz hodisalarni oldini olish uchun 
xafvsizlik qoidalariga rioya qilish 

Jihozlar va reaktivlar: 
stakanlar, probirka, qisqichlar, plastik taglik, quruq yonilg`i, plita, bug`latish 
kosachasi, pipetka, gurgut, etil spirit, distirlangan suv. 
1. Ish bajarish tartibini puxta o‘zlashtirmasdan va tajriba o‘tkazish uchun 
asboblarning to‘g‘ri yig‘ilganligiga ishonch hosil qilmasdan tajribani 
boshlamaslik kerak. 
2. Moddalarni bevosita hidlash, ushlash, ta’mini totish mutlaqo mumkin emas. 
3. Тajribalarni iloji boricha mo‘rili shkafda o‘tkazish kerak. 
4. Тajriba davomida termometr sinib qolsa undagi simobni maxsus usullar bilan 
tezda yig‘ishtirib olish va simob to‘kilgan joyga oltingugurt sepish kerak. 
5. Natriy metalini kerosin ostida saqlash va ortib qolgan bo‘lakchalarini spirtda eritib bartaraf etish lozim. 
6. Yonuvchan va uchuvchan moddalarni tajriba stolida ortiqcha miqdorda 
saqlamaslik, ularni elektr plita va ochiq alanga manbasidan uzoqda saqlashkerak. 
7. Qizdirish maqsadida imkon boricha usti berk isitgich asboblaridan foydalanish lozim. 
8. Yong‘in chiqqan taqdirda avvalo o‘t chiqishiga sabab bo‘lgan manba 
o‘chiriladi, so‘ngra qum sepiladi yoki yopqich yopiladi. Alangani yoyilish 
xavfi bo‘lsa o‘t o‘chirgichdan foydalanish kerak. 
9. Probirka va boshqa shisha idishlarni ehtiyotlik bilan qizdirish va bunda 
ularning og‘zi odam ishlamayotgan tomonga qaratilgan bo‘lishi kerak. 
10. Kislota va ishqorlar eritmalarini qizdirishda himoya vositalarini kiyib olish, maxsus ko‘zoynak taqib olish 
zarur. 
11. Reaksiya olib borilayotgan va qizdirilayotgan idishlarga engashib qarash 
mumkin emas. 
12. Kislotalarni suyultirishda kislotani oz-ozdan idish devori bo‘ylab suvga quyish kerak. 
13. Konsentrlangan kislota va ishqorlarni kimyoviy pipetka bilan o‘lchash man etiladi. Ularni faqat tomizgich 
yordamida o‘lchab olish lozim. 
14. Kislotalar saqlanadigan idishlarni to‘kilmaydigan va sachramaydigan qilib ushlash kerak. 
15. Portlovchi aralashma hosil qilish xavfi bor moddalar bilan ishlashda alohida ehtiyot choralarini ko‘rish 
lozim. 
16. Ehtiyotsizlik kiyim-kechaklarga, ko‘zga, teriga zarar va jarohat yetkazishi mumkin. Shuning uchun nojo‘ya 
harakatlar qilmaslik, moddalar bilan hazillashmaslik lozim. 
17. Тajribalar tugagach, gaz, elektr va suv tarmoqlarini berkitish kerak. Asboblarni o‘chirish kerak. 
18. Ish joyi doimo toza va ozoda saqlanishini ta’minlash lozim.


Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə