Journal of pedagogical and psychological


BURNOUT SYNDROME PHENOMENON AND



Yüklə 81,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix30.12.2023
ölçüsü81,18 Kb.
#167406
1   2   3   4
13. ERGASHEVA (1)

 
BURNOUT SYNDROME PHENOMENON AND
APPROACHES TO ITS STUDY 
 
 ANNOTATION 
This article provides information about the psychological views on health, the syndrome of 
"emotional burnout", "Mental health", "emotional burnout" in the professional activities of social workers, the 
symptoms of "emotional burnout" and its complex psychophysiological phenomenon. 
Keywords
: representatives of the social sphere, moral and psychological factors, negative mental 
experiences and conditions, psychophysiological features of professionals, professional stress, “emotional 
burnout” syndrome, symptoms of “emotional burnout". 
 
 
 

 
Педагогика фанлари 
 
 
ERGASHEVA Nargiza Abdusattorovna 
Farg‘ona davlat universiteti

o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7827673 
 
 
ISSN: 2181-4066 
www.imfaktor.uz
 
 






 

Insonning ijtimoiy muvaffaqiyatining asosiy omillaridan biri bu ruhiy salomatlikdir. 


Salomatlikka psixologik qarashlarni o‘rganishdan oldin, keling, dastlabki savollarga aniqlik 
kiritaylik. Zamonaviy ilm-fanda “salomatlik” tushunchasi umumiy qabul qilingan yagona talqinga 
ega emas, u noaniqligi va xilma-xilligi (ya’ni, sinkretiklik) bilan tavsiflanadi. 1948 yilda Jahon 
sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Konstitutsiyasining muqaddimasida berilgan ta’rifga ko‘ra, 
“sog‘liq” - bu nafaqat kasallik yoki nogironlikning yo‘qligi, balki to‘liq jismoniy, aqliy va ijtimoiy 
farovonlik bilan tavsiflangan insonning holatidir.
Salomatlikning to‘liq ratsional ta’riflari esa kelajak masalasi bo‘lib qolmoqda. Sog‘liqni 
saqlash muammosiga bugungi kunda mamlakatimizda xam ko‘p ishlar qilinmoqdaki, bunga 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining 
ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 
qarorini misol qilishiz mumkin. Unga ko‘ra bugungi kunda o‘tgan vaqt mobaynida aholining ruhiy 
salomatligini muhofaza qilish milliy xizmatini takomillashtirish, ruhiy holati buzilishidan aziyat 
chekuvchi shaxslarni aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilish bo‘yicha sog‘liqni saqlash tizimining 
barcha darajalarida muayyan ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga “Ruhiy salomatlik” borasida 
ham ishlar yo‘lga qo‘yilganligi quvonarli holdir.
Ruhiy salomatlik deganda biz, turli ruhiy buzilish yoki salbiy ruhiy xolat ko‘rinishlarining 
yo‘qligi va atrofdagi voqelik sharoitlariga mos keladigan xatti-harakatlarning tartibga solinishini 
ta’minlaydigan ruhiy farovonlik holatidir. Lekin, salbiy ruhiy xolatni bugungi kunda ba’zi odamlarda, 
turli kasb egalarida kuzatishimiz mumkin. Asosan bu holat ijtimoiy soha vakillarida kuzatilmoqda.
Ijtimoiy soha vakillarining kasbiy faoliyati, bajaradigan ish turidan qat’i nazar, odamlar, aholi 
guruhlari va umuman jamiyatning sog‘lig‘i va hayoti uchun ma’naviy javobgarligi yuqori bo‘lgan 
kasblar guruhiga kiradi. Ijtimoiy kasb egalari mijoz bilan murakkab ijtimoiy o‘zaro munosabat 
jarayonida bo‘lgan doimiy stressli vaziyatlar, mijozning ijtimoiy muammolarining mohiyatini doimiy 
ravishda tushunish, ishonch va boshqa axloqiy-psixologik omillar uning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir 
qiladi. 
Ijtimoiy kasb egalari, shu jumladan hokimyat vakillari, pedagoglar, shifokorlar,
o‘z faoliyatining tabiati bo‘yicha, boshqa odamlar bilan uzoq muddatli intensiv aloqada bo‘ladilar. 
Odamlar bilan ishlashda kuchli shaxslararo o‘zaro ta’sir natijasida yuzaga keladigan, hissiy zo‘riqish 
va kognitiv bosim bilan birga keladigan jismoniy va ruhiy charchoq holati sifatida namoyon 
bo‘ladigan “hissiy charchash” bugungi kunda barchaga ma’lum.
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, salbiy ruhiy tajribalar va holatlar mehnat jarayonining turli 
jabhalariga ta’sir qilishi mumkin - kasbiy faoliyat, kasb egasining shaxsi, kasbiy muloqot, umuman 
olganda, shaxsning kasbiy rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi. 
Ijtimoiy soha professional mutaxassislarning psixofiziologik xususiyatlariga qat’iy talablar 
qo‘yadi va ijtimoiy ish mutaxassislarini tanlash, moslashtirish va hissiy “charchoq” sindromining 
oldini olishning ilmiy asoslangan usullarini talab qiladi. Bugungi kunga kelib, ijtimoiy soha 
egalarining kasbiy faoliyatida stressga chidamliligini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy ishlar sanoqli 
bo‘lib, bu ilm ahlini ushbu muammoni ishlab chiqishga etarlicha e’tibor berilmaganligini ko‘rsatadi. 
An’anaga ko‘ra, jamoat ongida ham, ilmiy adabiyotlarda ham, birinchi navbatda, odamlar 
bilan ishlashning ijobiy tomonlariga (shifokorlar, o‘qituvchilar, ijtimoiy xodimlar va boshqalar) urg‘u 
beriladi. Shu bilan birga, bu odamlar bilan ishlash o‘zining yuqori talablari, alohida mas’uliyati
va hissiy stressi tufayli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq qiyin tajribalar xavfini va kasbiy stress 
ehtimolini o‘z ichiga olishi aniq. 
Birinchi marta amerikalik mutaxassislar “hissiy charchoq” sindromi muammosiga ijtimoiy 
xizmat sohalarini kengaytirish va ommalashtirish munosabati bilan e’tibor qaratdilar. Ularning 
ishchilari kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan yoki psixologiya yoki sotsiologiya sohasiga maxsus 
tayyorgarlikdan o‘tgan mutahassislarga qoida tariqasida, juda og‘ir muammolari bilan kelgan 
mijozlar bilan ishlash jarayonida duch keldilar. Ba’zan bunday holatlarda ularning yagona vazifasi 
psixologik yordam ko‘rsatish - tinglash, qo‘llab-quvvatlash, iloji bo‘lsa, biror nima deb maslahat 
berish edi.






 

Maxsus tayyorgarlik va xodimlarni tanlashga qaramay, ushbu xizmatlarning rahbariyati 


ma’lum vaqt o‘tgach o‘z xodimlarining qoniqarsiz ishlayotganligi haqidagi dalillariga duch 
kelganlar. Xodimlarning bunday qoniqarsiz ishlayotganliginini, tashrif buyuruvchilarga e’tiborsizlik, 
befarqlik va hatto qo‘polligi haqida shikoyatlardan aniqlaganlar. O‘tkazilgan tadqiqotlar o‘ziga xos 
kasbiy stress – “muloqot stressi”ni aniqlashga olib keldi, bu boshqa kasbiy stresslar bilan birgalikda 
“hissiy charchash” deb ataladigan hodisaning paydo bo‘lishiga sababi edi [3].
“Hissiy charchoq” atamasi 1974 yilda amerikalik psixiatr H.J.Freudenberger tomonidan 
mijozlar bilan intensiv va yaqindan muloqotda bo‘lgan sog‘lom odamlarning psixologik holatini 
tavsiflash uchun kiritilgan [6].
Dastlab, bu atama oddiygina charchash holatini anglatgan. 
“Hissiy charchoq” tushunchasi odatda odamning yuqori hissiy idrokni o‘z ichiga olgan 
vaziyatlarda uzoq vaqt ishtirok etishi natijasida yuzaga keladigan jismoniy, hissiy va ruhiy charchoq 
holatini ifodalash uchun ishlatildi, bu esa o‘z navbatida haddan tashqari yuqori surunkali situatsion 
stresslar bilan hissiy holatlarning kombinatsiyasi natijasidir [4]. 
K.Maslachning 1976-yilda “Human Behavior” jurnalida chop etilgan ushbu mavzudagi 
birinchi maqolasi, o‘z e’tirofiga ko‘ra, ayniqsa, noprofessionallar orasida katta va kutilmagan 
munosabatga sabab bo‘ldi. Va shu maqola sabab, u turli ijtimoiy kasb egalaridan ko‘plab xatlar oldi. 
Atigi o‘n yildan so‘ng “hissiy charchoq” sindromi muammolari bo‘yicha mingdan ortiq maqolalar 
chop etildi. “Hissiy charchoq” sindromiga tashxis qo‘yishning maxsus usullari ishlab chiqildi.
Agar dastlab tibbiyot xodimlarining muammolarini tavsiflash haqida bo‘lgan bo‘lsa, undan 
keyingi tadqiqotlar aniqlangan fenomenolarini turli kasb egalarining keng doirasiga etkazish 
imkonini berdi.
K.Kondo “hissiy charchoq” sindromini ishning haddan tashqari og‘irligi va shaxslararo 
munosabatlarning noto‘g‘riligi tufayli ish joyiga moslashmaslik deb ta’riflaydi. Ushbu ta’rif uning 
“yonish” tushunchasini talqiniga mos keladi. Bu birinchi navbatda odamlar bilan alturistik va intensiv 
ishlaydiganlarga ta’sir qiladi. Bunday emotsional hissiy ish ruhiy energiyaning haddan tashqar i 
sarflanishi bilan birga keladi va psixosomatik charchoq (holdan toyish) va hissiy charchoq (toliqish) 
olib keladi. Natijada bezovtalik (tashvish), nafas qisilishi, oshqozon-ichak traktining buzilishi, bosh 
og‘rig‘i, qon bosimining pasayishi, uyquning buzilishi fonida norozilik hussi, g‘azab, o‘ziga 
bahoning pasayishi; hamda qoidaga ko‘ra, oilaviy munosabatlardagi muammolar paydo bo‘ladi. 
“Hissiy charchoq” fenomenini keltirib chiqaradigan stress omillarining ta’siri turli kasblarni sezilarli 
qismini qamrab oladi va bu kasallikka moyil bo‘lganlar sonini kengayishiga sabab bo‘ladi [5]. 
Ushbu hodisaning dastlabki tadqiqotlari asosan unga tavsif berish bilan cheklangan bo‘lsalar, 
1981 yilga kelib “hissiy charchoq”ni o‘rganish bo‘yicha etakchi mutaxassislardan biri Maslach
bu hodisani maxsus holat deb atadi. Unga ko‘ra: 

holdan toyish; 

degumanizatsiya, depersonalizatsiya belgilari; 

salbiy o‘z-o‘zini idrok qilish; 

kasbiy mohirlikni yo‘qotish [6]. 
1983 yilda E.Maher o‘z sharhida “hissiy charchash” belgilari ro‘yxatini umumlashtiradi: 
charchoq, toliqish, horg‘inlik; psixosomatik kasalliklar, uyqusizlik, mijozlarga salbiy munosabat; 
ishning o‘ziga salbiy munosabat; faoliyatda harakatlarning sustligi; kimyoviy vositalarni ortiqcha 
iste’moli: tamaki, qahva, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar; ishtahaning sustligi yoki aksincha, 
ortiqcha ovqatlanish, salbiy “Men-kontseptsiyasi”; tajovuzkor his-tuyg‘ular (asabiylashish, zo‘riqish, 
tashvish, holsizlik, haddan tashqari hayajonlanish, g‘azab); salbiy kayfiyat va u bilan bog‘liq
his-tuyg‘ular (beadablik, pessimizm, umidsizlik hissi, befarqlik, tushkunlik, samarasiz harakat); 
aybdorlik hissini boshdan kechirish [3]. 
1982 yilda S.Maslach sindromga duchor bo‘lgan shaxsning quyidagi muhim belgilarini ajratib 
ko‘rsatdi: o‘z “men”ini saqlab qolish asosidagi charchoqqa qarshi kurashi. “Charchoq”qa qarshi 
turish qobiliyatining chegarasi; ichki psixologik tajriba, shu jumladan his-tuyg‘ular, munosabatlar, 
motivlar, umidlar; salbiy shaxsiy tajriba; qayg‘u, noqulaylik, disfunktsiya yoki ularning oqibatlari.






 

“Charchoq” sindromining asosiy belgilari: 


- holdan toyganlik hissi; 
- mijozlarga nisbatan salbiy his-tuyg‘ularning mavjudligi; 
- o‘z-o‘ziga salbiy munosabat. 
Sindromning bu belgilari uning namoyon bo‘lishini o‘rgangan va kuzatgan ko‘pchilik 
klinitsistlar tomonidan qayd etilgan [6]. 
Hissiy charchoq sindromining asosiy belgilarining mohiyati olimlar tomonidan 
aniqlangandan so‘ng va bu hodisa umume’tirof etilgandan so‘ng, tabiiy ravishda ushbu kasallikning 
rivojlanishiga yordam beradigan yoki unga to‘sqinlik qiladigan omillarni aniqlash va tasniflash 
masalasi paydo bo‘ldi. 
Psixologlarning ta’kidlashicha, hissiy charchashga asosan kasb egalarining to‘rtta amal 
qiladigan pozitsiyasi olib keladi: 
Men xato qila olmayman. 
Men ehtiyotkor bo‘lishim kerak. 
Men tarafkashlikka haqqim yo‘q. 
Men hamma narsada namuna bo‘lishim kerak [1]. 
Ba’zi tadqiqotchilar (P.Tornton) shaxs omilini o‘rganishda quyidagi ko‘rsatkichlarni yoshi, 
jinsi, oilaviy ahvoli, ish staji, ma’lumot darajasi, ish staji, ijtimoiy kelib chiqishi hisobga oldilar. 
Biroq, ularga “hissiy charchoq” darajasiga bog‘liq emasligi ma’lum bo‘ldi [4].
Boshqa tadqiqotchilar (A.Pins) motivatsiya va “charchoq” o‘rtasidagi bog‘liqlikka alohida 
e’tibor berishdi; Xususan, mehnat faoliyati motivlari ish haqidan qoniqish, ish joyida kerakligini his 
qilish, kasbiy yuksalish, mustaqillik va rahbariyat tomonidan nazorat darajasi va boshqalar o‘rganildi 
[2].
Lekin “hissiy charchoq” sindromi va ish haqi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik yo‘q edi. 
Shu bilan birga, kasbiy o‘sishdan norozilik va qo‘llab-quvvatlovchi munosabat (turli mukofotlar, 
rag‘batlar) “hissiy charchoq” sindromining rivojlanishi bilan ko‘proq bog‘liq bo‘lib chiqdi. 
Mustaqillik etishmasligi (“ortiqcha nazorat”) bo‘lgan ijtimoiy ishchilar uchun “hissiy charchoq”qa 
ko‘proq moyillik ham aniqlandi. Ijtimoiy kasb, shuningdek, psixologik maslahat va psixoterapiya 
ko‘p hissiy stressni, mas’uliyatni talab qiladigan va muvaffaqiyat uchun juda noaniq mezonlarga ega 
bo‘lgan kasblar sifatida tasniflanadi. Afsuski ushbu kasblar vakillari “hissiy charchoq” xavfi ostida 
ekanlar. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, “Hissiy charchoq” sindromi murakkab psixofiziologik 
hodisa bo‘lib, u uzoq davom etgan ortiqcha stress tufayli hissiy, aqliy va jismoniy charchoq sifatida 
tavsiflanadi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bunday buzilishlar mehnat jarayonining turli 
jabhalariga – kasb egasiga, faoliyatiga, kasbiy muloqotga ta’sir qilishi mumkin. Bu buzilishlar, 
odatda, odamda “hissiy charchoq” paydo bo‘lishidan iborat - bu salbiy ko‘rsatkichlar to‘plamini
o‘z ichiga olgan simptomlar majmuasi, uning ta’siri ostida mutaxassisning shaxsi yo‘qoladi,
u o‘z imkoniyatlari va vositalaridan foydalana olmaydi. Hamda aqliy charchoq holati bilan bog‘liq 
yoki mehnat ko‘nikma va qobiliyatlarini yo‘qotadi. Natijada, kasbiy faoliyatning buzilishi
va deformatsiyasi yuzaga keladi. Umuman mehnat unumdorligi pasayadi. Shu munosabat bilan, 
profilaktika va ijtimoiy ishchining ruhiy gigienasini ta’minlashga alohida e’tibor berilishi va ijtimoiy 
xodimlarning o‘ziga psixologik yordam tizimini yaratishga yordam berish kerak. 
Korey (1986) va Naisberg-Fennig (1991) tomonidan ta’riflanganidek, charchash sindromi 
depressiya holatida, charchoq va holdan toyish hissi, g‘ayrat va ishtiyoqning etishmasligi, ijobiy 
natijalarni ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishi bilan ifodalanadi. Shu sabab o‘z ishiga, mehnatga
va umuman hayotga salbiy munosabat paydo bo‘ladi. 

Yüklə 81,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə