Jurnalistika va ommaviy kominikasiya asoslari


Jurnalistikani ijtimoiy institut sifatida belgilovchi xususiyatlar



Yüklə 55,6 Kb.
səhifə7/12
tarix26.10.2023
ölçüsü55,6 Kb.
#131396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Jurnalistikada ta’sirchanlik va samaradorlik

Jurnalistikani ijtimoiy institut sifatida belgilovchi xususiyatlar. Shu o‘rinda jurnalistika qaysi o‘ziga xos xususiyatlari bilan ijtimoiy faoliyatning boshqa sohalaridan (masalan, adabiyot, siyosat, solnomachilik, targ‘ibot, reklama va hokazo) ajralib turishi haqida so‘z yuritaylik. Fikrimizcha, bular quyidagilardan iborat.

  1. 1. Yangilik, axborotlilik. Har bir jurnalistik asar o‘quvchi, tinglovchi, tomoshabinga – auditoriyaga ma’lum bir yangilikni yetkazadi, odamlarni oldin ma’lum bo‘lmagan yoki esdan chiqib ketgan axborot bilan ta’minlaydi.

  2. 2. Dolzarblik. Yetkaziladigan axborot auditoriya uchun odatda dolzarb bo‘ladi.

  3. 3. Tezkorlik. Bugungi kunda bu jurnalistikaning eng muhim alomatlaridan biri sanaladi. Uning ayrim turlari (masalan, radio) mutlaq tezkorlik imkoniyatiga ega.

  4. 4. Davriylik. Matbuot nashrlari, teleradiodasturlar va internet xabarlari vaqti-vaqti bilan (oyda, haftada bir marta, har kuni, har soat) chiqib turadi.

  5. 5. Qisqalik. Jurnalistika rivojlanishining asosiy qonuniyatlaridan biri shundaki, uning auditoriyaga yetib boradigan matnlari qisqa, aniq va lo‘nda bo‘lishi darkor.

  6. 6. Ommaviylik. Jurnalistik asarlarning keng ommaga yetkazilishi bu faoliyat sohasining boshqalarga axborot tashuvchilik tabiatidan kelib chiqadi.

  7. 7. Tushunarlilik. Katta auditoriya uchun rejalashtirilgan axborot hamma tushunadigan va qabul qila oladigan tarzda bayon etilishi muhim ahamiyatga ega.

  8. 8. Maxsus kanallar mavjudligi. Jurnalistikani tegishli axborot tarqatish kanallarisiz (matbuot, radio, televidaniye, internet) tasavvur qilib bo‘lmaydi.

  9. 9. Axborotning hujjatli yoki publitsistik xususiyati. Har bir jurnalistik matnda ushbu alomatlardan biri yoki ikkalasi ham ishtirok etadi. Ushbu nisbat yildan-yilga hujjatlilik foydasiga o‘zgarib bormoqda, ya’ni, jurnalistik xabarlarda hujjatlilik umumiy qoida bo‘lib, publitsistik talqin ma’lum bir janrlar doirasida rivojlanmoqda.

  10. 10. Borliqni maxsus usullar bilan o‘rganish. Jurnalist hayotni o‘z mutaxassisligiga xos hamda boshqa kasblardan farq qiladigan usullar majmuasi, masalan, hujjatlarni ko‘rish, kuzatuv, so‘rovlar yordamida o‘rganadi.

  11. 11. Axborotni maxsus tarzda yetkazish usullari. Jurnalistik matn auditoriyaga o‘ziga xos va boshqa ijtimoiy faoliyat sohalaridan farqli usullar yordamida yetkaziladi (uslub va til, katta va kichik sarlavhalar, anonslar va hokazo).

  12. 12. Jurnalistik asarlar o‘z maxsus janrlariga ega: xabar, hisobot, reportaj, intervyu va hokazo.

Jurnalistikaning asosiy belgilari shulardan iborat. Albatta, keltirilgan alomatlarning har biri hamisha barcha ommaviy axborot vositalarining har qaysi asarida o‘z aksini topadi, deb bo‘lmaydi. Ko‘p hollarda bu jurnalistikaning emas, balki axborot tayyorlovchilarning muammosi.
Chunki xabarda yangilik bo‘lmasa, bu jurnalistikaning ijtimoiy faoliyat sifatidagi kamchiligi emas, balki o‘sha xabarni tayyorlagan «ijodkor» va uning muharririning nuqsoni.

Yüklə 55,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə