Jurnalistika va ommaviy kominikasiya asoslari


Ommaviylik jurnalistikaning asosiy xususiyati sifatida



Yüklə 55,6 Kb.
səhifə8/12
tarix26.10.2023
ölçüsü55,6 Kb.
#131396
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Jurnalistikada ta’sirchanlik va samaradorlik

Ommaviylik jurnalistikaning asosiy xususiyati sifatida. Ommaviylik jurnalistikaning birinchi, yetakchi belgisidir. Shu xususiyat bugungi jurnalistika vujudga kelishiga tamal toshi quydi. Ommaviylik barcha ijtimoiy qatlamlar uchun axborot yaratish va tarqatish usullarining hammaga qulay mazmun va shakllarga solinishiga sabab bo‘ldi. Axborot tarqatishning dunyo miqyosidagi haqiqiy ommaviyligini Gutenberg boshlab berdi.
Gutenberg kashfiyoti ungacha xabarlar yoyish sohasida bo‘lgan barcha dastlabki protousullarni yaxlit bir tizimga keltirdiki, uning tarkibiy qismlari ham o‘zaro birlashib va muvofiqlashib ketdi. Bora-bora jurnalistika nomiga sazovor bo‘lgan mazkur tizim davlatlarning ham ichki, ham xalqaro munosabatlariga katta ta’sir ko‘rsata oladigan kuchga aylandi.
Bosma matbuotning vujudga kelishi bilan xalqaro hayotning tarixan tez va yuksak samara beradigan ommaviy-ijtimoiy sohasi paydo bo‘ldi. Antik dunyoda va o‘rta asrlarda kitoblarni ayirboshlash xalqaro munosabatlar uchun naqadar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Bosma matbuot o‘zini hududlar, millatlar va davlatlararo hayotning noyob usuli sifatida namoyon etdi.
Shu vaqtlardan boshlab odamlar tomonidan axborotni jamlash, saqlash, tarqatish, bir shahar yoki mamlakatdan boshqasiga ko‘chirish uchun deyarli cheksiz, qiyinchiliklar tug‘dirmaydigan imkoniyatlar vujudga keldi.
Ommaviy axborotni keng tarqatish uchun uzoq asrlar davomida jiddiy muammo bo‘lib kelgan masofa, yuk, vaqt va til masalalari o‘z yechimini topdi. Chunki xabarlarni hatto boshqa tillarga tarjima qilish va bosish ham ko‘proq texnikaviy imkoniyatlarga bog‘liq bo‘lib qoldi.
Sayyoramiz va insoniyatning fizikaviy jihatdan birligiga qaramasdan, kishilik jamiyati tarixida uzoq mingyilliklar davomida xalqlar va elatlarning mafkuraviy va ma’naviy farqlari juda katta bo‘lib keldi. Ushbu o‘ziga xoslik hozir ham saqlanib qolayapti. Ammo bunday o‘zgachaliklarni, masalan, XV asrdagi tafovutlar bilan solishtirib bo‘lmaydi. Chunki o‘tgan 4-5 asr mobaynida jahon xalqlari bir–birlariga ancha yaqinlashdilar va bu o‘zaro hamkorlikka jurnalistika ulkan hissa qo‘shdi. Axborot almashuvi amaliy jihatdan faqat bosma matbuot yordamida haqiqiy ommaviy xarakterga ega bo‘la oldi.
Bugungi kunda ommaviy axborot tufayli dunyo ruhiy jihatdan ham yaxlit bir hamjamiyatga aylanib bormoqda. Bir osmon ostida, bir havo, suvdan bahramand bo‘lib yashayotgan odamlar bevosita o‘zaro fikr almashuvga ham erishmoqdalar.
Yer yuzidagi barcha mamlakatlar vaqti kelib yaxlit dunyo hamjamiyatiga birlashishlari tabiiy. Bunga ularni XX asr oxiri – XXI asr boshlarida keskin jadallashib ketgan ekologik muammolar, OITS va boshqa kasalliklar, giyohvandlik, terrorizm kabi xavflar undaydi. Gutenberg esa ushbu birlashishga katta hissa qo‘shgan shaxs sifatida tarixda qoldi.


Yüklə 55,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə