K arim a q osim ova



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/283
tarix14.06.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#117240
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   283
Ona-tili-oqitish-metodikasi

1) so'z ustida ish­
lash; 2 ) so'z birikm asi va gap ustida ishlash; 3 ) bog'lanishli nutq ustida
ishlash.
So'z, so'z birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo'lib 
leksikologiya (frazeologiya va stilistika bilan birgalikda), morfologiya, 
sintaksis xizmat qiladi; bog'lanishli nutq esa mantiqqa, adabiyot­
shunoslik va murakkab sintaktik butunlik lingvistikasiga asoslanadi.
Ko'rsatilgan uch yo'nalish parallel olib boriladi: lug'at ishi gap 
uchun material beradi; so'z, so'z birikmasi va gap ustida ishlash 
bog'lanishli nutqqa tayyorlaydi. O'z navbatida, bog'lanishli hikoya va 
insho lug'atni boyitish vositasi bo'lib xizmat qiladi.
O'quvchilar nutqini o'stirish o'z metodik vositalariga ega, o'zining 
mashq turlari bor. Bulardan eng muhimlari bog'lanishli nutq mashqlari 
hisoblanadi.


Nutq o'stirishda izchillik to'rt shartni, ya’ni mashqlarning izchilligi, 
istiqboli, xilma-xilligi, xilma-xil mashq turlarini umumiy maqsadga 
bo'ysundirish ko'nikmasini amalga oshirish bilan ta’minlanadi. Har 
bir yangi mashq oldingisi bilan bog'lanadi va keyingisiga o'quvchilarni 
tayyorlaydi, umumiy maqsadga bo'ysungan holda yana qandaydir 
yangilik qo‘shadi.
Maktabda o'quvchilar nutqini o'stirishga ona tili o'qitishning asosiy 
vazifasi deb qaraladi. Nutq o'stirish faqat ona tili va o'qish darslari- 
ninggina emas, balki o'quv rejasidagi barcha fanlar (tabiatshunoslik, 
matematika, mehnat, tasviriy san’at, ashula darslari)ning, shuningdek
sinfdan tashqari o'tkaziladngan tadbirlarning ham vazifasidir.
N utq turlari
Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. 
Ular o'z fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqda 
o'ylab oladilar. Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan 
va yozilmagan, „o'ylangan" (fikrlangan) nutqdir, bu nutq fikrlovchi 
kishining o'ziga qaratiladi. Tashqi nutq tovushlar yordamida eshit- 
tirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir. 
Ichki va tashqi nutqning fiziologik tabiati bir xil; farqi — tashqi nutqda 
nutq a’zolarining harakati natijasida tovush chiqariladi yoki yozib 
bayon etiladi; ichki nutqda nutq a ’zolarining harakati tovushsiz yuzaga 
keladi.
Ichki nutq materialni tushunish va yodda saqlashga yordam be­
radi, tashqi nutqni o'stirishda birdan-bir zaruriy vosita hisoblanadi. 
O'ylash, fikr yuritish ichki nutq asosida bo'ladi. Ichki nutq o'quvchini 
tashqi nutqqa, javobgarlikni his qilib gapirishga o'rgatadi. Ichki nutq 
jarayonida o'ylash o'quvchining nutqi va tafakkurining o'sishida 
muhim vositadir.
Maktabda o'quvchilaming tashqi nutqigina emas, balki ichki nutqi 
ham o'stiriladi. Bolalar ichda o'qishga o'rganadilar va ichki nutqda 
materialni o'zlashtiradilar, turli vazifalarni o'zlari hal qiladilar, asosiy­
si — o'zlarining og'zaki va yozma fikrlarini tayyorlab oladilar.
Fikrni ifodalash usuliga ko'ra nutq og‘zaki va yozma bo'ladi. Og'zaki 
nutq yozma nutqdan quyidagicha farqlanadi: og'zaki nutq tovush 
nutqi, yozma nutq esa grafik nutqdir. Og'zaki nutqda eshitish sezgisi, 
yozma nutqda esa ko'rish va harakat (qo‘1 harakati) sezgisi asosiy 
o'rin tutadi. Og'zaki nutq ham, yozma nutq ham kishilarning o'zaro 
302


aloqa quroli sifatida xizmat qiladi, ammo og‘zaki nutq aniq hayotiy 
sharoitda. bevosita aloqa jarayonida yuzaga keladi; yozma nutqdan 
bevosita, aniq sharoitdan ajratilgan holda ham, kishi ishtirokisiz ham 
foydalaniladi.
Og'zaki nntq ko'pincha dialog tarzida, yozma nutq esa monolog 
tarzida bo'ladi. Yozma nutq logik izchillikka rioya qilgan holda, ayrim 
til shakllarini tushirib qoldirmay. ortiqcha takrorga yo'l qo'ymay bayon 
qilishni talab etadi. Shuning uchun yozma nutq ancha murakkab va 
mavhum hisoblanadi.
O'quvchilar nutqiga qo'yiladigan talablar
O'quvchilar nutqini o'stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga 
rioya qilinadi:

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   283




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə