K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va


Buxgalteriya balansining tuzilishi va tarkibi



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/307
tarix24.05.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#112697
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

Buxgalteriya balansining tuzilishi va tarkibi
. Ham tenglik, ham hujjat sifatida 
e‘tirof etiladigan buxgalteriya balansi ikki tomonli, ya‘ ni chap va o‗ng tomonli , jadval 
ko‗rinishiga ega bo‗ladi. Jadvalning chap tomoni «Aktiv», o‗ng tomoni esa – «Passiv» 
nomi bilan ataladi. Jadvalning «Aktiv» tomonida korxonaning xo‗ jalik aktivlari turlari 
bo‗ yicha , jadvalning «Passiv» tomonida esa xo‗jalik aktivlari tashkil topish manbalari 
bo‗ yicha aks ettiriladi. «Aktiv» va «Passiv» tomonlarda ko‗rsatilgan aktivlar va ularning 
tashkil topish manbalari summalarining yig‗indisi bir biriga teng keladi, aynan shu 
tenglik «balans» deyiladi. 
Jadval ko‗rinishidagi buxgalteriya balansi ichki tomondan bo‗limlardan, bo‗limlar 
esa- alohida moddalardan iborat bo‗ladi. 
Balans bo„limi
deganda korxona aktivlarini va ularning tashkil topish manbalarini 
ifodalovchi moddalar summasini u yoki bu belgisiga qarab jamlash usuli tushuniladi.
Balans moddasi
deganda balansning har bir qatori tushuniladi, har bir qator esa
o‗z navbatida bitta yoki bir nechta buxgalteriya hisobi schetlarini o‗z ichiga oladi. 
Shuning uchun ham balansning tasdiqlangan shaklida har bir modda bo‗ yicha qavs ichida 
tegishli schetlarning tartib raqamlari ko‗rsatilgan. 
O‗zbekiston Respublikasida qo‗llanilayotgan buxgalteriya balansining «Aktiv» 
tomoni xo‗ jalik aktivlarini xizmat muddatiga ko‗ra quyidagi ikki bo‗lim bo‗ yicha 
tizimlashga asoslangan: 
I-bo‘lim
. «
Uzoq muddatli aktivlar». 
Ushbu bo‗limda 1 yildan ko‗p muddatda 
oborotda bo‗ladigan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, moliyaviy va kapital 
investitsiyalar, shuningdek uzoq muddatli debitorlik qarzlar va muddati uzaytirilgan 
harajatlar ning qoldiq summalari ko‗rsatiladi. 
II-bo‘lim

«Joriy aktivlar». 
Ushbu bo‗limda 1 yilga oborotda bo‗ladigan ishlab 
chiqarish zaxiralari va harajatlari, tayyor mahsulotlar va tovarlar, pul mablag‗lari, 
debitorlik qarzlar va boshqa joriy aktivlarning qoldiq summalari ko‗rsatiladi. 
Balansning «Passiv» tomoni xo‗jalik aktivlarini tashkil topish manbalarini turiga 
qarab quyidagi ikki bo‗ lim bo‗ yicha tizimlashga asoslangan: 

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə