K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va


Guvohlik beruvchi hujjatlar



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/307
tarix24.05.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#112697
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

Guvohlik beruvchi hujjatlar 
deganda, yuqorida aytib o‗tganimizdek, xo‗jalik 
operatsiyalarini haqiqatda yuz berganligiga guvoh beruvchi hujjatlar tushuniladi. 
Farmoyish beruvchi hujjatlar
deganda u yoki bu harakatni kelgusida amalga 
oshirishga farmoyish beruvchi hujjatlar tushuniladi. Masalan, inventarizatsiya o‗ tqazish 
to‗g‗risida farmoyish, tovarni olib kelush uchun berilgan ishonchnoma va shu kabilar. 
Farmoyish va guvohlik beruvchi hujjatlar
deganda bir vaqtning o‗zida xo‗jalik 
operatsiyasini amalga oshirishga berilgan farmoyishni ifodalovchi, ham bu farmoyish 
asosida haqiqatda yuz bergan xo‗jalik operatsiyasiga guvohlik beruvchi hujjatlar 
tushuniladi. Masalan, kassa chiqim orderi bir vaqtning o‗zida pulni berilishi uchun 
tuzilgan rahbariyatning farmoyishini, shuningdek shu farmoyish asosida pulni haqiqatda 
kimgadir berilganligi to‗g‗risida guvohlik beruvchi hujjat hisoblanadi. Pul cheki ham 
xuddi shunday hujjat hisoblanadi.
Buxgalterlik hisob-kitoblarini aks ettiruvchi hujjatlar 
deganda bevosita yuz 
bergan xo‗jalik operatsiyasini aks ettirmaydigan, lekinda u yoki bu ko‗rsatkichni, qarzni 
topish uchun buxgalter tomonidan tuzilgan hujjatlar tushuniladi. Bunday hujjatlarga 
misol qilib soliqlar hisob-kitoblarini, majburiy ajratmalar hisob-kitoblarini, 
amortizatsiyani aniqlash hisob-kitoblarini keltirish mumkin. 
Tuzish tartibiga ko„ra
 
buxgalteriya hisobida ishlatiladigan hujjatlar blshlang‗ich va 
yig‗ ma hujjatlarga bo‗linadi. 
Boshlang„ich hujjatlar
deb xo‗jalik operatsiyasi sodir bo‗lgan vaqtda tuzilgan
hujjatlar tushuniladi. Barcha guvohlik beruvchi hujjatlar boshlang‗ich hujjatlar 
hisoblanadi. 
Yig„ma hujjatlar
deganda boshlang‗ich hujjatlar asosida tuzilgan va ularning 
ma‘ lumotlarini ma‘lum davr uchun jamlab beradigan hujjatlar tushuniladi. Bunday 
hujjatlarga moddiy hisobotlar, avans hisobotlari, tovar-pul hisobotlari, bank ko‗chirmalari 
va boshqalar kiradi. 
Aks ettirish usullariga ko„ra
buxgalteriya hujjatlari bir marotaba yuz bergan va 
ko‗p marotaba yuz bergan operatsiyalarni aks ettiradigan hujjatlarga bo‗linadi. 


39 

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə