Mavzu: Hasharotlar metamorfozda ortiqcha toʻla oʻzgarishi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə1/3
tarix08.06.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#116168
  1   2   3
Hasharotlar metamorfozda ortiqcha toʻla oʻzgarishi

Mavzu:Hasharotlar metamorfozda ortiqcha toʻla oʻzgarishi

  • Hasharotlar va ularga yaqin umurtqasizlar entomologiyaning o’rganish obyekti bo’lib, hayvonlarning o’ziga xos guruhini tashkil etishadi. Yer yuzida tarqalgan barcha tirik organizmlar ichida tur miqdori jihatidan hasharotlar birinchi o’rinni egallaydi. Hasharotlar juda ko’p ekologik nishalarni egallagan. Masalan: boshqa hasharotlarda yashaydi, tirik yoki o’lik o’simliklar bilan oziqlanadi, yuqori tuzilgan hayvonlar tapnasida yoki ichki organlarida uchraydi. Ko’pchilik hasharotlarning kattaligi 1-2 mm ni tashkil etsa ham ularning tanasI, to’qimalari, organlari yuqori umurqali hayvonlarniki singari murakkab tuzilgan. Ko’pgina hasharotlar yuqori reprooduktiv potensialga ega.
  • Uy hayvonlari sonining oshishi ektoparazitlarni jalb qildi va ular sonining oshishiga hamda kasalliklarning ko’payishga olib keldi. Dehqonchilikning paydo bo’lishi va rivojlannishi hasharotlar hayot sharoitini tubdan o’zgarishiga sabab bo’ldi. Monokulturalar, zararkunanda hasharotlarning yirik populyasiyalarini hosil bo’lishiga olib keldi. Biogeoximiyaning asoschisi akademik V.I.Vernadskiy shundayf misol keltirgan, XX asr boshlarida Qizil dengiz ustidan uchib o’tgan chigirtkalarning 1 ta tudasining og’irligi hozirgacha odam tomonidan qazib olingan barcha rangli metallar (jumladan qurg’oshin va mis ham) og’irligidan ko’p bo’lgan. Chigirtka va tut ipak qurti misolida hashoratlarning postembrional rivojlanishiga doir belgilarni o’rganish. Hashoratlarning postembrional rivojlanishi ularning muayyan guruhlari uchun sistematik belgi bo’lib xizmat qiladi.
  • Evolyutsion taraqqiyotining eng yuqorigi pog’onasiga ko’tarilgan qanotli hashoratlarning postembrional rivojlanish gemimetabolik (chala metamorfoz) va golometabolik (to’liq metamorfoz) yo’l bilan o’tadi. Chala metamorfoz yo’li bilan rivojlanadigan hashoratlarga, nisbatan tuban tuzilishga ega bo’lgan to’g’ri qanotlilar, suvaraklar, ninachilar, qandalalar va kunlik kapalaklar kiradi. Bularning tuxum ochib chiqqan lichinkalari voyaga etgan (imago) hashoratlarga ko’p jihatdan o’xshashdir. Lekin qanotlarining va ikkilamchi jinsiy belgilarining rivojlanmaganligi, shuningdek ayrimlarida faqat lichinka davriga xos bo’lgan (provizor) organlarining bo’lishi bilan farq qiladi (kunlik kapalak lichinkalarining traxeya jabralari, tut ipak qurtining qorin qismidagi oyoqlari). Lichinka bilan imago orasidagi tafovutlar. Ular bir yoshdan ikkinchi yoshga o’tgan davrda, qator po’st tashlashlar natijasida asta-sekin yo’qolib boradi. Ko’pchilik hashoratlarning lichinkalari 4-5 marta po’st tashlab, keyin voyaga etadi.
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə