Mavzu: Hasharotlar metamorfozda ortiqcha toʻla oʻzgarishi


Hashoratlar to`la va chala metomorfozlari



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə2/3
tarix08.06.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#116168
1   2   3
Hasharotlar metamorfozda ortiqcha toʻla oʻzgarishi

2.2. Hashoratlar to`la va chala metomorfozlari
  • (Pterugota) kenja sinfiga turli sharoitda yashovchi, morfologik, biologik va sistematik belgilari juda differensiyalangan qanotli yoki ikkilamchi qanotlari yo’qolgan hasharotlar kiradi. Ular to’liq yoki chala o’zgarib rivojlanadi. To’liqsiz o’zgarish bilan rivojlanish qanotsiz formalarida gipomorfoz tipda kechadi. Bular ikki bo’limga bo’linadi. Chala metamofrozli hasharotlarning vakillarida rivojlanishi va o’zgarishi 3-ta davr - tuxum, lichinka va imagolardan iborat. Lichinka tipi nimfa, fasetkali ko’zlari bor. Nimfalarning imagoga o’xshashligi ularning qanotlari tashqi organ sifatida rivojlanishidir. Ammo aniq qanot murtagi, odatda katta yoshdagi nimfaga xos. Bular 4-ta bosh turkumga bo’linadi. 1-chi bosh turkumi - Efemeroidlilar - Ephemeroidea Bular tinch yoki qo’nib turgan vaqtida qanotlarini yig’ib ololmaydi, doim yoyik holatda bo’ladi.
    • Qanotlari to’rsimon, qornida uzun ingichka juft bo’g’imli serkilari bor. Nimfalari suvda yashaydi. Paleozoy erasining toshko’mir davridagi qadimgi hasharotlar. Bizgacha faqat bitta-kunlilar turkumi yetib kelgan. Kunlilar (Ephemeroptera) qadimgi hasharot guruhlaridan hisoblanib, tanasi cho’ziq (10-15 mm), teri qoplagichi yumshoq, og’iz organlari taraqqiy etmagan; qanotlari to’rsimon va nozik tomirlangan. Orqa qanotlari oldingilaridan qisqa yoki yo’q. Qorinchasi oxirida ko’p bo’g’imli ikita serkilardan tashqari yana uzun bir dona dumi paraserkasi bor. Bu hasharot serharakat, suv havzalari yaqinida katta gallalar tashkil etadi. Ularning tashqi tuzilishi havoda “suzishga”, pastga va balandlika ko’tarilishiga moslashgan. Chunki uchishda qanot muskullari deyarli qatnashmaydi. Ular juda g’alati uchadi, uchishi “uyin” deb aytiladi. Kunlilar qanotlarnini bir necha marta siltab, ma’lum balandlikka parvoz qiladi, xuddi parashyutda tushgandek pastga tushib, yana yuqoriga ko’tariladi.
    • Voyaga yetgan davrda oziqlanmaydi, ularning jag’ apparati yetilmagan, ichagi esa havo bilan to’la. Imagosi ko’pichiligi 2-3 soat yashab, suv betiga yoki suvdagi toshlarga yopishtirib tuxum qo’yadi, so’ngra nobud bo’ladi. Ba’zi turlari 2-3 kun yashaydi. Lichinkalik davri 1-3 yil davom etadi. Og’iz organlari kemiruvchi tipda tuzilgan, o’simlik qoldiqlari bilan oziqlanadi. Ularda qorin bo’g’imlarining ikki yon tomonida traxeya jabralari bor. Lichinkalar rivojlanishi nihoyasiga yetgandan so’ng darhol po’st tashlab, yetuk hasharot uchib chiqadi. Bu davrga subimago (jinsiy yetishmagan) deb aytiladi. Subimago nimfadan chiqqach juda tez, bir necha minut ichida yana bir marta tullaydi va haqiqiy imagoga aylanadi. Ular lichinkalarining juda ko’p (25 tagacha) tullashi va yetuk davrida ham tullashi bilan boshqa hashrotlardan farq qiladi. Kunlilarning 1600 ta turi mavjud.
    • Chunki uchishda qanot muskullari deyarli qatnashmaydi. Ular juda g’alati uchadi, uchishi “uyin” deb aytiladi. Kunlilar qanotlarnini bir necha marta siltab, ma’lum balandlikka parvoz qiladi, xuddi parashyutda tushgandek pastga tushib, yana yuqoriga ko’tariladi. Voyaga yetgan davrda oziqlanmaydi, ularning jag’ apparati yetilmagan, ichagi esa havo bilan to’la. Imagosi ko’pichiligi 2-3 soat yashab, suv betiga yoki suvdagi toshlarga yopishtirib tuxum qo’yadi, so’ngra nobud bo’ladi. Ba’zi turlari 2-3 kun yashaydi. Lichinkalik davri 1-3 yil davom etadi. Og’iz organlari kemiruvchi tipda tuzilgan, o’simlik qoldiqlari bilan oziqlanadi. Ularda qorin bo’g’imlarining ikki yon tomonida traxeya jabralari bor. Lichinkalar rivojlanishi nihoyasiga yetgandan so’ng darhol po’st tashlab, yetuk hasharot uchib chiqadi. Bu davrga subimago (jinsiy yetishmagan) deb aytiladi. Subimago nimfadan chiqqach juda tez, bir necha minut ichida yana bir marta tullaydi va haqiqiy imagoga aylanadi.
    • Ular lichinkalarining juda ko’p (25 tagacha) tullashi va yetuk davrida ham tullashi bilan boshqa hashrotlardan farq qiladi. Kunlilarning 1600 ta turi mavjud. Ular foydali jonivorlar bo’lib, lichinkalarini yosh baliqchalarga ovqat bo’ladi. 2-chi bosh turkum. Odanatoidlar - Odonatoidea ham tinch qo’nib turgan vaqtida qanotlarini yig’ib olomaydi, doimo yoyiq, biroz yuqoriga ko’tarilib turishi va qanotlarini to’rsimon bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bularning kunlilardan farqi oldingi va orqa qanotlari bir-biriga teng va uzun. Qorinchasi oxirida kalta serkilari bo’lib, paraserkisi bo’lmaydi. Nimfalari suv muhitida yashashga moslashgan. Bular ham paleozoy erasining toshko’mir davridagi qadimgi hasharotlardir. Bularga ninachilar turkumi kiradi.
    • Ninachilarni tanasi cho’zinchoq, yirik yoki o’rtacha kattaligidagi ixcham hasharotlar kiradi. Qanotlari ikki juft, yirik, pardasimon. Qorinchasi cho’ziq, bosh qismi katta, harakatchan, ikkita mukammal yirik ko’zi va uchta sodda qo’zchasi bor. Mo’ylovlari qisqa, 3-7 bo’g’imli, qilsimon, og’iz organlari kuchli kemiruvchi tipda tuzilgan. Ninachilar juda keng tarqalgan bo’lib, chuchuk suv havzalari bor joylarda uchraydi, chunki ular lichinkalik holida suvda hayot kechiradi. Ammo ninachilar suv havzalaridan ancha uzoqqa uchib keta oladi, ba’zi turlari esa uzoq masofalarni bosib, yangi joylarga gala-gala bo’lib ko’chib o’tadi. Ninachilar yiritqich bo’lib, ular talaygina zararli hasharotni yeb bitiradi. Tuxumlarini suvga, suv o’simliklariga, ko’piksimon chiqindi ichiga va boshqg’a joylarga qo’yadi. Lichinka sekin oqar va oqmas suvda rivojlanadi va o’rmalab yoki suzib harakatlanadi.
    • Tuzilishi nayad tipidagi lichinkalardir. Pastki lab tuzilishi juda xarakterli. Pastki labi oldinga ancha turtib chiqib turadigan maxsus changallash organiga yoki niqobga aylangan. Tinch vaqtida esa boshini pastki tomonidan yopib turadi. Lichinkalar turli mayda suv hayvonlari, jumladan, chivinlar, kunlilar, boshqa tur ninachilar lichinkalari bilan oziqlanadi. Ninachilar lichinkalari o’z navbatida baliqlar uchun oziq hisoblanadi. U suvda yashovchi qushlarda protogonimoz kasalligini tarqatib, zarar yetkazishi mumkin. Chunki kasallik qo’zg’atuvchi yassi chuvalchang ninachining lichinkasida parazitlik qiladi. Ninachilar lichinkalari suv ichida qayta-qayta tullab, tez rivojlanadi. Sekin-asta temir qanotlar paydo bo’lib boradi, nihoyat oxirgi marta tullash oldidan ular o’simliklarning suvdan tashqariga chiqib turgan qismiga ko’tariladi va yetuk hasharotimagoga aylanadi. O’zbekistonda uchraydigan ninachilar ko’proq: lyutkalar, strelkalar, krasotkalar, dedkalar, oddiy ninachilar va boshqalar. Hasharot tanasi va uning o’simliklarini qoplab turgan teri qoplag’ichi-kutikula o’zaro elastik parda vositasi bilan tutashgan qattiq parchalardan tashkil topgan.
    • Terining bu tartibda tuzilishi hasharot tanasining ust tomonidan bo’g’imlarga ajralishini ta’minlaydi. Teri tuzilishidagi bu xususiyat ularni muskullari vositasida tananing turli qismlarini egishga va uning o’simtalarini harakatga keltirishga imkon beradi. Terining qattiq qismlari tashqi skelet rolini o’ynaydi, chunki unga tananing hamma harakat muskullari tutashgan. Shu bilan hasharot umurtqali hayvondan farq qiladi. Hasharot tanasi harakatchan bo’lib, qator bo’g’imlariga bo’lingan. Ularning bo’g’imlari o’zining boshlang’ich ketma-ket takrorlanishi yoki metamerligini yo’qotgan. Tanasi uch qismga bo’lingan. Bular bosh, ko’krak va qorin qismlardir. Bosh qismi 5-6, ko’krak qismi 3 va qorin qismi 11 bo’g’imdan iborat. Demak, hasharotlar tanasidagi bo’g’imlarning soni 19 tadan kam emas. Lekin evolyusion taraqqiyot natijasida o’zaro o’xshash bo’g’imlar sonining kamayganligini yoki to’la taraqqiy etmagan bo’g’imlari vazifalari almashinishi tufayli birlashib ketkanligini ko’rish mumkin.
    • Shuning uchun bo’lsa kerak, ularda bo’g’imlar soni 14 tadan oshmaydi, ba’zilarida undan ham kam. Hasharotlarning qattiq tashqi skeleti, tanani tashqi muhit ta’siridan saqlaydi. Kutikula ichki organlarni himoya qiladi, organizmdagi suvni bug’lanishdan saqlaydi va ichki muskullarni birikish joyi bo’lib hisoblanadi. Umuman olinganda, hasharotlar morfologiyasida quyidagi belgilar: tanalari bo’g’imga ajralgan va bosh; ko’krak hamda qorin qismlari mavjud. Boshida og’iz organi va bir juft mo’ylovi bor, ko’kragi uch bo’g’imli va ularga uch juft oyoq va ko’pchiligida qanotlar o’rnashgan. Qorin qismi 11 tagacha bo’g’imdan iborat, oyoqsiz bo’ladi. Hasharot boshi (Caput) mustahkam pishiq, kalla qutisi yoki bosh kalpog’idan tashkil topgan bo’lib, u boshning tashqi skeletini hosil qiladi. Unda og’iz organlari, bir juft mo’ylov, bir juft fasetkali ko’z va oddiy ko’zchalar o’rnashgan. Boshning ustki qismi harakatsiz tutashgan skeleritlardan tuzilgan.
    • . Oldingi sathi peshona (frons), uning yuqorisida chakka (Vertes), undan nariroqda ensa gardoni (occiput), peshona pastida yoki oldida qanshar yoki klipuyes (clypens), undan pastda og’iz organlarini yuqoridan yopib turuvchi yaproqcha ko’rinishdagi harakatchan yuqori lab (labrum) joylashgan. Bosh yonboshlarida joylashgan ko’zlar osti va yonboshlari lunj (genae) deb ataladi. Suvarak va boshqa tuban tuzilishiga ega bo’lgan hasharotlarda boshining oldingi tomonidagi ko’zlar oralig’i “V” shaklida chok hoshiya izlar bilan ajralgan - u epikranial hoshiya deb ataladi. Boshni gavdaga qo’shgan xalqasimon yumshoq qismi bo’yin (collum) deb, bo’yin bilan og’iz organi o’rtasidagi ostki qismi tomoq (gula) deb ataladi. Boshning orqa tomonida, ya’ni ko’krak qismida yotgan ichki organlar o’tadigan joyda ensa teshigi (foranien) bo’ladi.
    • Bo’g’imlarga bo’lingan va turli ko’rinishidagi bir juft mo’ylov yoki antennalar (antennae) bo’lishi hasharotlarga xos xarakterli belgilardan biridir. Faqat mo’ylovsizlar (protura) turkumining vakillarida mo’ylov bo’lmaydi. Ular peshonaning iki yonidagi ko’zlar orasida yoki uning oldidagi chuqurchalarda joylashgan. Har bir mo’ylov yo’g’onlashgan o’zak bo’g’im, asosiy dasta yoki skapus (scapus) dan, undan keyin oyoqcha yoki pedisel (pedicellus) dan va uchinchi bo’g’imdan boshlanadigan xivchin (flagellum) dan tashkil topgan. Mo’ylov tiplari turli xil ko’rinishda bo’lib, hasharotlarni aniqlashda muhim o’rin egallaydi.
    • Ba’zan mo’ylov turlari jinsiy demorfizmni ifoda etadi, ya’ni erkak va urg’ochilarda mo’ylov bo’g’imlari va shakli har xil bo’ladi. Hasharotlarning mo’ylovi tubandagi asosiy tiplarga bo’linadi: 1) ipsimon mo’ylov; 2) qilsimon mo’ylov; 3) marjonsimon mo’ylov; 4) arrasimon mo’ylov; 5) taroqsimon mo’ylov; 6) to’g’nag’ichsison mo’ylov; 7) boshli mo’ylov; 8) duksimon mo’ylov; 9) yaproqsimon mo’ylov; 10) patsimon mo’ylov; 11) qilchali mo’ylov; 12) noto’g’ri shaklli mo’ylovlarga. Mo’ylovlar to’ppa-to’g’ri yoki burchak hosil qilib egilgan bo’lishi mumkin. Burchak hosil qilib egilgan mo’ylov tirsakli mo’ylov deb ataladi. Tirsakli mo’ylovning asosiy bo’g’im juda uzun, boshqa bo’g’imlari esa qisqa va burchak hosil qilib asosiy bo’g’imga qarab egilgan bo’ladi. Og’iz organlari asosan yuqori lab, uch juft og’iz o’simtalari va tomoq osti bo’g’inlardan tuzilgan.
    • Tashqi muhitdan qabul qiladigan ovqatning xolatiga va xiliga qarab og’iz organlari shakli o’zgaradi. Ular kemiruvchi yoki so’ruvchi tipda tuzilgan bo’lib, qattiq yoki suyuq ovqat bilan ovqatlanadi. Kemiruvchi og’iz apparati kelib chiqishi birlamchi hisoblanib, u suvaraklar, chigirtkasimonlar va boshqa to’g’ri qanotlilar turkumiga xosdir. Shuning uchun bu tipdagi og’iz organlari ortopteriod deb ataladi. Kemiruvchi og’iz apparati quyidagi qismlardan: yuqori lib, bir juft yuqori jag’ yoki mandibula, bir juft pastki jag’ yoki maksilla va pastki lab yoki labiumdan tashkil topgan. Yuqori jag’lar kattiq tishchali parcha. U bosh qutisiga harakatli bo’lib o’rnashgan. Pastki jag’lar hamma kemiruvchi hasharotlarda mukammal tuzilgan va asosiy bo’g’im yoki kardo (cardo), ustuncha yoki stipes (stipes), bir juft chaynovchi yaproqchalar tashqi-gellya (galea) va ichki lasiniya (lacinia) qismlardan iborat. Bundan tashqari, ustunchada 7 bo’g’imdan ortiq bo’lmagan, pastki jag’ paypaslagichi (palus maxillaris) joylashgan. Pastki lab ikkinchi juft quyi jag’lar ham deyladi.
    • Lekin bu juft jag’larning asosiy qismlari qisman funksional jihatdan toq organga aylangan bo’ylib, quyidagi bo’limlardan tuzilgan: birlamchi iyak yoki postmentum (postmentum) va undan keskin ajralgan hoshiyali qism yoki prementum (prementum) dan tashkil topgan. Prementumda ikki juft chaynovchi yaproqchalar va pastki lab uch bo’g’imli paypaslagichlari (palpi labiates) hamda tilcha yoki glossalar (glossae), ustki tomonida tilcha qopchasi yoki paraglossa (paraglossa) lar joylashgan. Og’iz oldi bo’shliq go’shtli tilsimon-tomoq osti yoki gipofarinks (hypopharynx) organi joylashgan. gipofarnks og’iz ovqat hazm qilish kanalining boshlanishi va keyingi qism yoki salivaryga bo’ladi. Salivariyga so’lak bezlarining nayi ochiladi. Hasharotlarning so’ruvchi tipdagi og’iz organlari so’ruvchi va sanchib so’ruvchi turlarga bo’linadi. Asalarisimonlarning og’iz apparati gul shirasini so’rib olishga moslashgan.
    • Ularning pastki jag’lari va pastki labi birlashib xartumcha hosil qilgan. Natijada jag’ cho’zilgan, pastki labning tashqi chaynov yaproqchalari yo’qolib ketgan, ichkisi esa ko’shilib ketib yakka tilchaga aylangan. Kapalaklar og’iz apparati so’ruvchi tipda tuzilgan. U harakatlanmay turganda spiral shaklida taxlangan uzun xartumchaga o’xshaydi. Kapalaklarda pastki jag’ va pastki lab paypaslagichlaridan tashqari og’iz apparatining boshqa qismlari to’la taraqqiy etmagan. Pastki jag’ qismining tashqi chaynovchi yaproqchalari kuchli taraqqiy etib, ular ariqchali xartumchani hosil etadi. Kapalaklar og’iz apparati yordamida gul shirasini so’radi. Pashalar og’iz apparati yalovchi tipga xos bo’lib, suyuq ovqatni yalashga moslangan. U uch tomoni yostiqchasimon shishchani hosil qiluvchi xartumchadan iborat. Pashsha xartumchasi uchi bilan ovqat parchalarini qirstishlaydi va so’lagi bilan uni namlaydi, so’ngra ovqat suyuq aralashma yoki eritma sifatida xartumchaga o’tadi.
    • Sanchib so’ruvchi og’iz apparati o’simlik shirasi va hayvon qoni bilan oziqlanuvchi qandalalar, o’simlik bitlari, qalqon bitlar, bitlar, burgalar va boshqa ba’zi tur hasharotlar uchun xos. Bularda yuqori va quyi jag’lari to’rtta sanchuvchi qilchaga aynalgan, ular xartumcha deb ataladigan uzun, yo’g’on va bo’g’imli pastki lab tarnovchasi ichiga joylashgan. Pastki jag’lar birlashib ikkita naycha hosil qiladi, bularning birinchisi orqali to’qimaga so’lak kiritiladi va ikkinchisidan o’simlik shirasi so’riladi. Hasharotlarda boshning tanaga tutashishi asosan ikki tipda bo’ladi. Og’iz bo’laklari pastga qaratilgan - gipognatik bosh va og’iz bo’laklari oldinga qaratilgan - prognatik bosh. Giponatik bosh o’simlikxo’r hasharotlar uchun xos. Yirtqich hasharotlarning boshi prognatik tipda bo’ladi. Bulardan tashqari, ba’zan og’iz bo’laklari ko’krak qismiga qaratilgan va oldingi oyoqlariga juda ham yaqinlashgan bo’ladi.
    • . Bunga opistognatik tipdagi bosh deb aytiladi. Opistognatik tipdagi bosh saratonlarda, tripslarda va boshqa sanchuvchi -so’ruvchi hasharotlarda uchraydi. Hasharotlar boshining ikki yonida, odatda bir juft ko’z (oculi) bo’ladi. Har bir ko’z katakchalardan tuzilgan. Bu katakchalar fasstkalar yoki ommatiditlar (ommatidia) deb ataladi, ularning miqdori turli hasharotlarda har xil bo’ladi. Ko’pgina hasharotlarda ko’zdan tashqari yana ko’zcha yoki sodda ko’zlar (ocell) ham bo’ladi. Ular miqdori 1 tadan 8-12 tagacha bo’lib, ko’pincha 2-ta yoki 3 tani tashkil etadi. Sodda ko’zlar odatda peshona, bosh tepasiga yoki ensaga joylashgan. Shunday qilib aytish mumkin, hasharotlarning bosh bo’limida murakkab tuzilgan organlar joylashgan va ular ko’rish, sezish va oziqlanish funksiyalarini bajaradi. Hasharotlarning ko’krakgi (thorax) uch bo’g’imdan iborat: birinchisi oldingi ko’krak (prothorax), ikkinchisi o’rta ko’krak (mesothorax) va uchinchisi orqa ko’krak (metathorax) dan.
    • Har bir bo’g’imlar skeletini xitinlashgan kutikula xalqasi hosil qilib, 4 qismga bo’linadi. Yelka tomoni yoki tepa qismi-tergit, qorin tomoni yoki pastki qismi-sternit, ikki yon yumshoq devori biqinchalari pleyritlar deb ataladi. Hasharot ko’kragi lokomotor funksiyani olganligi uchun ko’krak bo’g’imining muskulaturasi kuchli rivojlangan va murakkablashgan, bo’g’imlarning hajmi kattalashgan, ayniqsa tashqi skelet tuzilishi ham o’zgarib murakablashgan bo’ladi. Ko’krak skelet muskul apparti keskin o’zgaradi natijada birlamchi skleritlar - tergitlar, sternitlar va pleyritlar ikilamchi qator skleritlarga bo’lingan bo’ladi. Ko’krak bo’g’imlarida tergit - yelka yoki notum (notum), sternit, ya’ni qorni yoki pastki tomoni ko’krakcha yoki sternum (sternum) deb ataladi. Bu bo’laklarning qaysi bo’g’imda joylanishiga qarab, old, o’rta va orqa (pro, mesa, meta) qo’shimcha so’zlar qo’shiladi. Har bir ko’krak bo’g’imlarida bir juftdan oyoq, qanotli hasharotlarda o’rta va orqa bo’g’imlarda juft qanotlar o’rnashgan bo’ladi. Shuning uchun o’rta va orqa bo’g’imlari birgalikda pterotoraks (pterothorax) terltni bilan ifodalanadi.
    • Ko’p hasharotlarda oldingi ko’krak bo’g’im boshqa ko’krak bo’g’imlariga nisbatan oddiyroq tuzilgan. Lekin ba’zi bir hasharotlarda bajariladigan maxsus funksiyasiga qarab oldingi ko’krak yaxshi rivojlangan bo’lishi mumkin. Masalan beshiktervatarda (Mantodea) oldingi ko’krak harakatchan, cho’zilgan bo’lib, unda katta qamrovchi tipidagi oyoqlari joylashgan. Uchish qobiliyatini yo’qotgan hasharotlarda oldingi yelkalari yaxshi rivojlangan, uchuvchi hasharotlarda esa oldingi ko’kraklari hajmi kichiklashgan bo’ladi. Ko’krak bo’g’imlarining yon tomonlari - pleyritlari murakkab tuzilgan bo’lib, har bir oyog’ining joylashgan yerida burmali teri kutikula chuqurchani hosil qiladi. Shu chuqurchada oyoqning toschasi yoki koksasi joylashgan. Pleyritning tepa qismida, qanotli-pterotoraks bo’g’imlarni yon tomonining tutashgan joyida (qanot jiplashgan joyda) o’simta ustunchasi bo’ladi.
    • Bu ustunchaga qanotning asosi joylashadi. Hasharotlarning oyoqlari (pedes) bo’g’imlarga bo’lingan bo’lib toscha o’ynog’ich, son, boldir va panjalardan iborat bo’ladi. Toscha yoki koksa (soxa) kalta, kuchli asosiy bo’g’im, uning yordamida oyoq ko’krak pleyriti- toscha chuqurchasiga harakatli ravishda tutashgan bo’ladi. O’ynog’ich (trochanter) kichkina bo’g’imli, son o’rtasida joylashgan va u toscha bilan kam harakatchan. Ba’zi bir hasharotlarda o’ynag’ich iki bo’g’imli bo’ladi. Parda qanotlilarda son (femur) eng katta va kuchli bo’g’in. Boldirinng (tibia) uzunligi songa teng, lekin unga nisbatan ingichkaroq bo’g’im. Panja (tarsus) oyoqning boldir uchiga tutashgan 1-5 bo’g’imli tirgovuch qismlardan iborat. Ba’zi hasharotlarning panjalarida so’rg’ichlar bo’lib, bu ularning vertikal silliq sathida va hatto, gorizontal sathda ham harakatlanishga yordam beradi. Hasharotlarning oyoqlari hayot kechirish xususiyatiga moslashuviga ko’ra turli tipda tuzilgan. Yuruvchi va yugurvchi tipdagilarda oyoqlar cho’ziq bo’ladi. Bunda yuguruvchi uchala juft oyoq birbiriga o’xshash bo’ladi.
    • . Sakrab yuradigan hasharotlarda orqa oyoqlari yaxshi taraqqiy etgan. Orqa oyoqlarining soni oldingi ikki juftnikiga nisbatan uzun va hamjliroqdir. Tuproq orasida hayot kechiruvchi hasharotlarning oldingi oyoqlari kovlovchi tipda tuzilgan, boldiri yassi, tarvaqilagan va chetlari arrasimon bo’lsa, suv hasharotlarda orqa juft oyoqlarini ustki tomonidan zich qilchalar qoplab olgan bo’lib, u eshkak vazifasini bajaradi. Bu suzuvchi tip oyoq deyiladi. Hasharot qanotlari (alae) ko’pincha ikki juft, o’rta va ketki ko’krak bo’g’imining-pterotoraksning o’simtasi hisoblanadi. Ikki qanotlilar (Diptera) da bir juft qanot bo’lib, o’rta ko’krakka o’rnashgan. Orqa ko’krakda qanot rudimentlari bo’ladi. Ba’zi hasharotlarda qanot bo’lmaydi. Tuban hasharotlarda, shuningdek, qanotli hasharotlar kenja sinfiga kiradiganlardan burga va taxta qandalasi ajdodlarida qanotlar bo’lgan, lekin ular filogenetik rivojlanish jarayonida qanotlarini yo’qotgan. Hasharotlar qanoti har xil shaklda bo’ladi, biroq ular asosan uchburchak shaklga yaqin. Shuning uchun qanotning uchi, orqaburchagi va tubi yoki ildizini bir-biridan ajrata bilish kerak.
    • Qanotining tubi bilan uchi o’rtasidagi chekka oldingi chekka, qanot uchi bilan o’rtasidagi chekka tashqi chekka va orqa burchagi bilan tubi o’rtasidagi chekka orqa yoki ichki chekka deb aytiladi. Har qaysi qanot 2-ta yupqa yaproqchadan iborat, bular o’rtasidan ko’pincha to’rt tomoni berq katakchalar hosil qiladigan tik va ko’ndalang temirlar o’tadi. Qanotdagi tomirlar soni va ularning joylanishi har xil. Chiqib kelishi jihatdan tuban hasharotlar qanotida ko’ndalang tomirlar ayniqsa ko’p. Qanot tomirlari pardalarni ko’tarib turuvchi mexanik tirgaklar vazifasini bajaradi, biroq ichi g’ovak ba’zi tomirlar orqali oziq moddani keltiradigan qon harakat qiladi va traxeya hamda nerv tolalari keladi.
    • Qolgan tomirlarning ichi g’ovak bo’lmaydi. Qanotda uzunnasiga ketgan tomirlar juda katta ahamiyatga ega. Bu tomirlar orqali oziq qanotga o’tadi va qanotni tutib turadi. Hasharotlarni aniqlashda bunday tomirlarning ahamiyati katta. Qanotdagi uzun tomirlar bir necha xil bo’ladi: 1) kostal tomir (costa); 2)subkostal tomir (subcosta); radial tomir (radins); 4) o’rta yoki medal tomirlar (media); 5) kubital tomir (cnbitus); 6) anal tomirlar (analis). Yuqorida ko’rsatilgan qanot tomirlardan ko’plari ayrim hasharotlarda bo’lmaydi. Hasharotlarning uchishi va uchish davomida qanotlarning holati juda murakkab bo’ladi. Uchishda bilvosta ta’sir ko’rsatuvchi muskullar hasharot qanotlarini pastga va yuqoriga qarab, boshqa turdagi muskullar, ya’ni bevosita ta’sir ko’rsatuvchi muskullar qanotlarni uchishda oldinga va orqa qarab harakatga keltiradi. Hasharotlarning uchish intesivligi turlicha.
    1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə