Mavzu: Hasharotlar metamorfozda ortiqcha toʻla oʻzgarishi


Hasharotlarning tuxum lichinka va g’umbak fazalari



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə3/3
tarix08.06.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#116168
1   2   3
Hasharotlar metamorfozda ortiqcha toʻla oʻzgarishi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa
2.3. Hasharotlarning tuxum lichinka va g’umbak fazalari
  • Hasharotlarning tuxumi yirik hujayra bo’lib, protoplazma va yadrodan tashqari embrionning oziqlanishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan deytoplazma yoki sarig’likdan tashkil topgan. Bulardan tashqari, ba’zan tuxumda onali tuxumdondan qabul qilingan simbiotik mikroorganizmlar bo’ladi. Tuxum yuzasi xoraon po’st bilan qoplangan. Xoraon anchagina puxta, ko’pincha taram-taram qobirg’alar, o’simtalar va hokazolar bilan qoplangan. Bu belgilar orqali hasharotlarning tuxumlik davrida avlodi va turini aniqlash mumkin. Xoreon ostida sarig’lik pardasi joylashgan. Tuxumda -mikropile bor.
    • Spermatozoidlar tuxumga shular orqali kiradi. Tuxumlarning katta-kichikligi, shakli va rangi juda xilma-xil. Ba’zi o’simlik bitlari, tripslar, mayda parda qanotlilar tuxumining kattaligi 0,02-0,03 mm, chigirtkalariniki 8-10 mm va undan ham yirikroq. Tuxumlar usti silliq yoki qirrali, bo’lishi mumkin. Tuxumlar yumaloq, uzunchok, kosasimon va boshqa shaklda bo’ladi. Hasharotlar tuxumlarini bittadan va to’p-to’p qilib, ochiq yoki substrat chuqurchasiga joylashtiradi. Ko’proq o’simlikning barglariga, poyalariga to’dalashtirib qo’yadi. Bunda tuxumlar hasharotning qo’shimcha jinsiy bezlari tomonidan ishlab chiqarilgan suyuqlik bilan yopishtirib qo’yiladi.
    • Hasharotlar tuxumlarini o’simlik ichiga yoki o’simlik to’qimalariga botirib qo’yishi mumkin. Masalan, tengsiz ipakchi kapalaklar (Porthetria dispar) tuxumlarini o’z ustidan sindirib olgan tukchalari bilan qoplaydi. Olma kuyasi (Lasporesia pomonella) tuxumlar to’dasini qo’shimcha jinsiy bezi chiqindisi bilan suvab qo’yadi. Chigirtkalarning ko’pi (Locusta migrotoria) tuxumlarini tuproq ichida yasalgan ko’zachalar ichiga joylashtiradi. Embrioni rivojlanishi tuxum yadrosini bo’linishidan so’ng sirtqi protoplazmatik qavatga kirishidan boshlanadi. Yadroning bo’linishi natijasida, yangi yadrolar hosil bo’lib, embrionning daslabki hujayralari - blastomerlar hosil bo’ladi. Blastomerlar bir necha marta bo’linishi natijasida oziqali sariqlikni o’raydi va blastodermani hosil qiladi. Blastoderma hosil bo’lgandan so’ng uning ayrim joylarida hujayralar bo’linishini va ko’payishini davom etadi va qalinlashgan embrion yo’li hosil bo’ladi, ana shundan embrion hosil bo’ladi. Hasharotlarda embrion yo’li bir xilda hosil bo’lmaydi. Qo’ng’izlarda, kapalaklarda va to’g’ri qanotlilarda embrion yo’li tuxum sirtida hosil bo’ladi va shuning uchun sirtqi embrion yo’li deb aytiladi.
    • Yarim qattiq qanotlilar turkumi va teng qanotli hasharotlarda embrion yo’li tuxum ichiga botib kiradi va bunday holda ichki embrion yo’li deb aytiladi. Rivojlangan embrion esa keyinchalik egiladi va tuxum yuzasiga qayirilib chiqadi. Embrionning qayrilib chiqish jarayoni blastokinez deb aytiladi. Hosil bo’lgan embrion yo’li o’sib blastomerni qoplaydi, ichki embrion yo’li hosil bo’lishida botib kirishdan hosil bo’lgan chuqurcha chetlari tutashib birikib ketadi. Embrion yo’li ustida ikkta parda: embrion yo’liga aylanadigan ichki parda -amnion va tashqi seroz parda hosil qiladi. Ichki parda embrion ustida hamma tomoni berk bo’shliq hosil qiladi, bu bo’shliqqa parda hujayralari kamolga yotayotgan embrionni himoya qiluvchi suyuqlik chiqaradi. Hasharotning embrion yo’lida uchta qavat: ektoderma, entoderma va mezoderma hosil bo’ladi.
    • Bunda embrion yo’lida avvalo uzunasiga ketgan chuqur ariqcha-dastlabki jo’yak rivojlanadi. Embrion qavatlar hosil bo’lishi bilan ektoderma ichga qayrilib kirib, bo’lajak lichinkaning oldingi va orqa ichagini hosil qiladi. Entodermaning ichga qayrilib kira boshlagan joylari keyinchalik og’iz va anal teshigiga aylandi. So’ngra embrion bo’g’imlanishi boshlanadi va shu bilan bir vaqtda biroz keyinroq oyoqlar, mo’ylovlar va og’iz apparatlari paydo bo’ladi. Keyinchalik rivojlanib, oldingi va orqa ichakka aylanadigan qayrilmalar orasida o’sib ketgan entodermadan o’rta ichak hosil bo’la boshlaydi. Ektodermadan ajralib chiqqan hujayralar embrionning o’rta yo’lida 2-ta ip hosil qiladi, bular o’rtasida ektoderma chuqurroqa tushib, dastlabki jo’yak hosil qiladi. Jo’yaklar ostida o’rta nerv ipi ajraladi: bu tuzilmalarning hammasidan keyinchalik nerv sistemasi hosil bo’ladi. Ichakka qayrilib kirgan ektodermadan nafas sistemasi, teri bezlari va jinsiy organlarining toq yo’llari; orqa ichak devorining botib kirishidan malpigi naychalari paydo bo’ladi.
    • Bunda embrion yo’lida avvalo uzunasiga ketgan chuqur ariqcha-dastlabki jo’yak rivojlanadi. Embrion qavatlar hosil bo’lishi bilan ektoderma ichga qayrilib kirib, bo’lajak lichinkaning oldingi va orqa ichagini hosil qiladi. Entodermaning ichga qayrilib kira boshlagan joylari keyinchalik og’iz va anal teshigiga aylandi. So’ngra embrion bo’g’imlanishi boshlanadi va shu bilan bir vaqtda biroz keyinroq oyoqlar, mo’ylovlar va og’iz apparatlari paydo bo’ladi. Keyinchalik rivojlanib, oldingi va orqa ichakka aylanadigan qayrilmalar orasida o’sib ketgan entodermadan o’rta ichak hosil bo’la boshlaydi. Ektodermadan ajralib chiqqan hujayralar embrionning o’rta yo’lida 2-ta ip hosil qiladi, bular o’rtasida ektoderma chuqurroqa tushib, dastlabki jo’yak hosil qiladi. Jo’yaklar ostida o’rta nerv ipi ajraladi: bu tuzilmalarning hammasidan keyinchalik nerv sistemasi hosil bo’ladi. Ichakka qayrilib kirgan ektodermadan nafas sistemasi, teri bezlari va jinsiy organlarining toq yo’llari; orqa ichak devorining botib kirishidan malpigi naychalari paydo bo’ladi.
    • Postembrional rivojlanish-metamorfoza. Hasharotlar tuxumdan chiqqanidan so’ng bir qancha o’zgarishlarga ya’ni metamorfozaga uchraydi. hasharot rivojlanish davrida o’z shaklini, biologik xususiyatlarini o’zgartiradi va qaytadan tiklaydi. Shuning uchun postebrional rivojlanishda differensiasiya vujudga kelib asosiy ikki faza - lichinkalik va voyaga yetgan yetuk yoki imago fazasi hosil bo’ladi. Lichinka fazasida hasharot o’sib, rivojlanadi, imago fazasida esa ko’payib, tarqaladi. Ba’zi bir hasharotlarda g’ubaklik fazasi bo’lmaydi. Metamorfoza xarakteriga ko’ra hasharotlar asosan ikki tipda bo’ladi: chala va to’liq o’zgarib rivojlanuvchilarga. Chala o’zgaruvchi - gemimetamorfozada, hasharotlar ketma-ket uchta:
    • Tuxum, lichinka va imago fazalarini o’tadi. Bu guruh hasharotlarning lichinkalari tashqi kurinishdan murakkab, ko’z, og’iz organlari va taraqqiy etmagan qanotlarining bo’lishidan yetuk fazaga o’xshaydi. Bundan tashqari, ko’pgina chala o’zgaruvchi hasharotlarning lichinkalari erkin hayot kichirib, yetuk zotlari bilan birga yashaydi va bir xil oziqlanadi. Shuning uchun ularning morfologik va biologik xususiyatlari o’xshash bo’lgani uchun imagosimon lichinkalar deb aytiladi. To’liq o’zgaruvchi yoki golometamorfozada, rivojlanuvchi hasharotlar to’rtta rivojlanish fazasini: tuxum, lichinka, g’umbak va imago fazasini o’taydi. Bularning lichinkalari mutlaqo imagoga o’xshamaydi. Bularda murakkab fasetkali ko’zlar, qanot murtaklari bo’lmaydi.

    Xulosa

    • Hasharotlar oziq ovqat sifatida odamlar singari tabiiy mahsulotlardan foydalanganligi va ularning ko’pchiligi turli yo’llar bilan bizning salomatligimizga ta’sir ko’rsatganligi uchun hasharotlar odamlarning oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari uchun jiddiy raqobatchi hisoblanadi. Ba’zan hasharotlar insoniyatni bunday raqobatda yengib chiqqandek tuyuladi, lekin hozirgi vaqtda bu mayda ko’p sonli raqiblarga nisbatan murakkab muvozanat o’rnatishga erishilgan. Lekin bu muvozanatni ushlab turish va odam g’alabalarining qiymati borgan sari ortib bormoqda. Hasharotlar odamga har doim zarar yetkazib kelgan. Ilk paydo bo’lgan odamlarni burga, bit va pashshalar bezovta qilgan. Odam populyasiyasining oshishi natijasida ektoparazitlar - bit va burgalar soni ham ortdi.
    • Buning sababi bu xujayinlar sonining ortishidir. Bu esa hasharotlarning tarqalishi va ko’payishi uchun qulay sharoit yaratilishiga olib keldi. Xuddi shu omillar epidemiyalarning tarqalishiga sabab bo’lgan, jumladan hasharotlar yordamida tarqaladigan kasalliklar ham bor. Bu epidemiyalar natijasida butun shaharlar aholisi qirilib ketgan. Masalan: Rimda 2-chi asrda tarqalgan bubon vabosi epidemiyasini tarqalishida burgalar sababchi bo’lgan. Hasharotlar nafaqat odamlarning sog’ligiga zarar yetkazadi. ular oziq - ovqat mahsulotlarining buzilishga hamda yo’qolishiga sababchidir. Zararkunanda hasharotlar har yili millionlab tonna mahsulotlarni yo’q qilishayapti.

    Yüklə 0,96 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
    1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə