K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

suyuq fazali kreking
 
deyi-
ladi, bosim 0,2–0,6 MPa hamda harorat 520–550°C va undan ortiq 
bo‘lganida esa 
bug‘ fazali kreking
 
deyiladi. Bug‘ fazali jarayon-
da olingan benzin tarkibida to‘yinmagan uglevodorodlar nisbatan 
ko‘p bo‘ladi, shuning uchun suyuq yonilg‘i (suyuq fazali jarayonga 
nisbatan) kam olinadi. 
Katalitik kreking texnologiyasi termik krekinga nisbatan takomil-
lashgan bo‘lib, bunda hosil bo‘lgan to‘yinmagan uglevodorodlar-
ning bir qismi to‘yingan ko‘rinishga o‘tadi. Buning natijasida kata-
litik kreking natijasida olingan benzinning sifati yuqori bo‘ladi. 
Katalitik kreking 450–590°C haroratda va 0,1–0,2 MPa bosim-
da katalizatorlar (alumaslikatlar va boshqa moddalar) ishtirokida 
o‘tkaziladi. Bunda xomashyoni kreking qurilmasidan bir marta 


18
o‘tkazishda 40–50 foiz benzin, 30–40 foiz dizel va 10–15 foiz qaz 
fraksiyalari olinadi. 
Neft mahsulotlarining sifatini yaxshilash maqsadida ularning 
tarkibidagi uglevodorodlarning molekular massasini pasaytirsh 
kreking jarayoni 
reforming
 
(bu usul asosida АИ–93 benzini olina
-
di) deb ataladi. Bu jarayon 460–520 °C harorat va 0,98–1,47 MPa 
bosimda bajariladi, bunda 70–95 foiz benzin ajralib chiqadi. Yuqori 
sifatli yonilg‘ilarni olish uchun yana bir qancha ikkilamchi jara-
yonlar o‘tkazilishi zarur. Buning natijasida uglevodorodlarning tu-
zilishi biroz o‘zgaradi. Proliz (aromatlash), gidroforminq, alkillash
izomenzatsiyalash va boshqalar ikkilamchi jarayonlar jumlasiga ki-
radi. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə