K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Kreking jarayon. 
Bu jarayon yuqori molekular fraksiyalarning 
mayda molekular massali fraksiyalarga parchalanishiga asoslan-
gan. Kreking usulida neftdan benzin fraksiyalarining ajratib oli-
nishi 50–60 foizgacha yetadi. 
17
Kreking jarayon issiqlik ta’sirida o‘tkazilsa, 
termik kreking
 (bu 
usul asosida A-66 benzin olingan) deb ataladi. Kreking jarayon is-
siqlik ta’sirida va katalizatorlar ishtirokida o‘tkazilsa, parchalanish 
katalitik kreking 
(bu usul asosida A–72 va A–76 benzinlari olina-
di) deyiladi. 
Termik kreking jarayoni quyidagi omillarga bog‘liq: harorat, bo-
sim, jarayonning davomiyligi va xomashyo tarkibi. Masalan, 400°C 
haroratda mazutdan 30 foiz benzin ajratib olish uchun 12 soat talab 
etilsa, harorat 500°C gacha yetkazilganida esa atigi 30 soniya vaqt 
talab etiladi. 
Kreking jarayonda olingan benzinlar tarkibida ko‘p miqdorda 
to‘yinmagan uglevodorodlar mavjud bo‘lib, ular neft to‘g‘ridan 
to‘g‘ri haydab olingan benzinlarda bo‘lmaydi. Shuning uchun ham 
kreking benzinlar saqlashda unchalik turg‘unlik xususiyatiga ega 
emas va detonatsiyaga chidamliligi past. Ularning turg‘unligi-
ni oshirish maqsadida ularga oz miqdorda (foizning yuzdan yoki 
mingdan bir ulushi miqdorida) maxsus antioksidlovchi suyuqliklar, 
ya’ni 
stabilizatorlar 
aralashtiriladi. Antioksidlovchi sifatida naftol
smolalarning fenolli fraksiyalari (240–310°C) va paraoksidifeni-
laminlar ishlatiladi. 
Agar kreking jarayon 2–5 MPa bosim ostida va 480–500°C 
haroratda amalga oshirilsa, bu jarayon 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə