K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Sulfat kislota bilan tozalash.
 
Bu tozalash usuli sulfat kislota-
ning turli oltingugurtli birikmalar (merkaptanlar, sulfidlar, tiofanlar, 
erkin oltingugurt) va kerakmas uglevodorodlar bilan jadal reaksiya-
ga kirishishiga asoslangan. Tozalash jarayonida hosil bo‘lgan ara-
lashma 
nordon gudron
 
deyiladi. Bu usulda tozalashda sulfat kislota 
yonilg‘i tarkibidagi parafinli, aromatik va naftenli uglevodorodlar 
bilan reaksiyaga kirishmaydi. To‘yinmagan uglevodorodlar sulfat 
kislotaga nisbatan sezgir bo‘lganligi tufayli tarkibida to‘yinmagan 
uglevodorodlar miqdori ko‘p bo‘lgan, termik kreking usulida olin-
gan yonilg‘ilarni tozalashda xlorli metall bilan ishlov berish usuli-
dan foydalaniladi. 
Sulfat kislota bilan tozalanganida tarkibida organik kislotalar
nordon  efirlar,  sulfokislotalar  va  nordon  gudron  qoldiqlari  hosil 
bo‘lgan yonilg‘iga natriy gidroksid (NaOH) ishqorining suvdagi 
eritmasi bilan ishlov beriladi. Bunda hosil bo‘ladigan tuzlar ish-
qorning suvdagi eritmasida tindiriladi va quyib olinadi. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə