K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

«Томь»  tormoz  suyuqligi. 
«Нева»  tormoz  suyuqligi  o‘rnini 
bosish uchun ishlab chiqarilgan. Asosiy komponentlari to‘yingan 
glikolli efir, poliefir. borat kislotalari va korroziyaga qarshi qo‘shil
-
malardan iborat. Yengil va yuk avtomobillari tormoz tizimlari 
gidroyuritmalarida ishlatiladi. «Нева» tormoz suyuqligiga nisbatan 
bir qancha afzalliklarga ega, qaynash harorati nisbatan yuqori. 
«Нева»  tormoz  suyuqligi  bilan  ixtiyoriy  nisbatda  aralashtirish 
mumkin. 
«Роса» tormoz suyuqliqi.
 Yangi turdagi avtomobillar, birinchi 
navbatda, ВАЗ–2108 aviomobili uchun ishlab chiqarilgan. Asosiy 
komponeriti borli efir bo‘lib, tarkibida korroziyaga qarshi qo‘shil
-
malar qo‘shiladi. Tormoz suyuqligining qaynash harorati 260°С ni 
tashkil etadi. Suyuqlikning bu xususiyati ushbu suyuqlikdan og‘ir 
ish sharoitlarida ishonchli foydalanishni ta’minlaydi va suyuqlikning 


184
ish muddatini uzaytirishga imkon beradi. «Роса» tormoz suyuqligi
-
ni «Томь» va «Нева» suyuqliklari o‘rniga ishlatish mumkin. 
Tormoz suyuqliklarini bir-biridan farqlash qaynash harorati va 
past haroratlardagi ko‘rsatkichlarga asosan belgilanadi. Qaynash 
harorati bo‘yicha eng yaxshi tormoz suyuqligi «Роса», eng yomon 
ko‘rsatkichga ega bo‘lgan suyuqlik esa БСК suyuqligidir. Foyda
-
lanish jarayonida glikol asosidagi suyuqliklarning qaynash haro-
rati pasayadi va ikki yil mobaynida ishlatilganidan so‘ng suyuqli-
kning qaynash harorati quyidagicha bo‘ladi: «Нева» – 135–140°C, 
«Томь» – 150– 160°C va «Роса» – 160–165°C. БСК suyuqligining 
qaynash harorati 110°C. Shuning uchun БСК suyuqligi shoshilinch 
ravishda tormoz bosiladigan og‘ir ish sharoitlarida tormoz tizimi-
ning ishonchli ishlashini ta’minlay olmaydi. 
Tormoz tizimlarida bug‘ tiqinlari paydo bo‘lishining oldini olish 
maqsadida ish sharoitidan kelib chiqqan holda tormoz suyuqlikla-
rini  almashtirish  muddati  quyidagicha  tavsiya  etiladi:  «Нева» – 
1–2 yil; «Томь» va «Роса» – 2 yil. 
BCK suyuqligining past haroratlardagi ko‘rsatkichlari qoniqar-
siz bo‘lib, minus 15–17°C haroratdayoq kanakunjut moyining 
kristallari hosil bo‘ladi. Haroratning bundan ham pasayishi suyuq-
likning tizim bo‘ylab harakatlanishiga to‘sqinlik qiladi. Minus 20°C 
haroratda БСК suyuqligi yaroqsiz holga keladi. «Нева», «Томь» va 
«Роса» suyuqliklaridan minus 40–45°C haroratgacha foydalanish 
mumkin. 
Sovuq iqlim sharoitida ishlatiladigan avtomobillar uchun minus 
55°C haroratdagi qovushoqlik 1500 mm
2
/s dan kam bo‘lmagan 
maxsus suyuqlik zarur bo‘ladi. Bunday suyuqlik bo‘lmaganida, 
«Нева»  va  «Томь»  suyuqligiga  15–20  foiz  miqdorida  etil  spir
-
ti qo‘shib ishlatish mumkin. Hosil bo‘lgan suyuqlik minus 60°C 
gacha haroratda ishlatishga yaroqli bo‘ladi. Lekin bu aralashma 
rezina manjetlarning jipsligini ta’minlay olmaydi. Shuning uchun 
tormoz suyuqligiga spirt aralashtirish majburiy hol hisoblanadi va 
qish mavsumi tugaganidan so‘ng aralashma tizimdan quyib olinishi 
zarur. 
185
«Нева», «Томь» va «Роса» suyuqliklari bir­birini almashtirishi 
mumkin, ularni o‘zaro istalgan nisbatda aralashtirish mumkin. 
Bu suyuqliklami БСК suyuqligiga aralashtirish mumkin emas, 
chunki bunda suyuqlik o‘z xususiyatlarini yo‘qotadi. 
«Нева» va «Томь» suyuqliklari xorij texnikalarida qo‘llaniladi
-
gan xalqaro tasniflardagi ДОТ–3 (qaynash harorati 205°C) suyuq­
ligiga, «Роса» suyuqligi esa ДOТ–4 (qaynash harorati 230°C dan 
yuqori) suyuqligiga mos keladi. 
БСК suyuqligi zamonaviy avtomobillarda qo‘llanilmaydi. 
Ba’zi tormoz suyuqliklarining asosiy xususiyatlari 7. 1- jadval-
da keltirilgan. 
7. 1- jadval

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə