|
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolarишлатиладиган газлардаги зарарли моддаларDinamik qovushoqlik
deganda suyuqlikning ichki ishqala-
nish koeffitsiyenti tushuniladi. Dinamik qovushoqlik birligi sifa
-
tida bir-biridan 1 m masofada joylashgan 1 m
2
o‘lchamdagi o‘zaro
parallel ikki qatlamli 1 N ga teng kuch ta’siri ostida 1 m/s tezlik
bilan o‘zaro harakatini ta’minlovchi qovushoqlik qabul qilingan.
O‘lchov birligi sifatida Pa · s/N · s/m
2
/kg/(m · s) qabul qilingan.
Kinematik qovushoqlik
suyuqlik ichki ishqalanishining so-
lishtirma koeffitsiyentidir. Davlat standartlarida aksariyat neft
mahsulotlari uchun kinematik qovushoqlik ko‘rsatiladi. Suyuqlik-
ning kinematik qovushoqligi uning dinamik qovushoqligi zich-
ligining nisbatiga teng. Kinematik qovushoqlik birligi sifatida
1 m
2
/s (10 – 6 m
2
/s = 1 mm
2
/s) qabul qilingan.
Kinematik qovushoqlikni aniqlashda turli xil viskozimetrlar-
dan, ayniqsa, Pinkevich viskozimetrlaridan (2. 2- rasm) keng foy-
dalaniladi. Bu turdagi viskozimetrlarda kinematik qovushoqlikni
aniqlash tartibi quyidagicha amalga oshiriladi.
Tajriba o‘tkazisdan oldin viskozimetr benzin yordamida yax-
shilab tozalanadi. So‘ngra asbob havoda quritiladi. Tekshirilayotgan
neft mahsuloti qog‘oz filtrlar yordamida tozalab olinadi. Tozalan
-
gan neft mahsuloti o‘lchash menzurkasiga quyiladi. Neft mahsuloti
quyiladigan idishga qovushoqlikni o‘lchash abobi joylashtiriladi.
Asbobning chiqarish teshigi
5
ga rezina shlang kiritiladi, tirsakka
tiqin
6
tiqilib, asbob neft mahsuloti quyilgan idishga to‘nkariladi
va teshik
5
orqali mahsulot uning
B
belgisigacha tortib to‘ldiriladi.
So‘ngra asbob neft mahsuloti to‘ldirilgan idishdan chiqarib olinadi.
Tirsakdan esa tiqin olib tashlanadi.
Neft mahsuloti bilan to‘ldirilgan viskozimetr shtativga o‘rntilib,
suyuqlik to‘ldirilgan idishga joylashtiriladi (2. 3- rasm). Shlang
chiqarish teshigi
5
dan olinib, trubka
3
ga kiydiriladi. Idishdagi
suyuqlik standartda ko‘rsatilgan haroratgacha qizdiriladi va bu
haroratda neft mahsuloti bilan to‘ldirilgan viskozimetr 15 daqiqa
turishi lozim. So‘ngra shlang
8
orqali asbobning yuqorigi sharsi-
mon kengayishining 1/3 qismigacha neft mahsuloti so‘rib olinadi
va quyib yuboriladi. Neft mahsuloti naycha
4
orqali qaytib oqishni
27
boshlab
A
belgisiga yetganida
2. 3- rasm.
Dostları ilə paylaş: |
|
|