K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə279/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Yog‘och materiallar
Yog‘och materiallardan xalq xo‘jaligida, jumladan avtomobil-
sozlikda keng foydalaniladi. Chunki yog‘ochning mexanik mustah-
kamligi yaxshi, zichligi katta emas (suvga nisbatan 1,5–2 barobar 
yengil), vibratsion yuklanishlarga yaxshi bardosh beradi, issiqli-
kni sekin (po‘latga nisbatan uch barobar sekin) o‘tkazadi. Bundan 
tashqari, yog‘ochga oson ishlov berish va uni yelimlab yopish-
tirish mumkin. Shu bilan birga, yog‘och materiallar bir qator ka-
mchiliklarga ham ega: chiriydi, oson yonadi, ko‘ndalang kesimi 
bo‘yicha mexanik xossalari bir xil emas, namni osongina shimib 
oladi, o‘lchamlari va shaklini o‘zgartiradi. Bu kamchiliklari tufayli 
yog‘och materiallar zamonaviy avtomobillarda kam ishlatiladi. 
Konstruksion material sifatida yog‘ochning o‘ziga xos xususi-
yatlaridan biri uning namligidir. 
Absolut namlik
 deganda, yog‘och 
tarkibidagi suv miqdorining foizlarda (yog‘och massasiga nisbatan) 
ifodalangan ulushi tushuniladi. Yangi kesilgan daraxtlarning nam-
ligi 50–60 foizgacha yetadi. Avtomobil detallari tayyorlanadigan 
yog‘och materiallarning namligi 12–18 foiz oralig‘ida bo‘ladi. 
Kichik o‘lchamli detallar namligi 15 foizdan oshmaydigan 
yog‘ochdan tayyorlanishi lozim, aks holda, bu detallardan foyda-
lanish davomida uning o‘lchamlari o‘zgaradi. Yelimlab tayyorla-
nadigan detallar uchun yana-da quruqroq (namligi 10–12 foizdan 
yuqori bo‘lmagan) yog‘och kerak bo‘ladi. Ma’lum sharoitda ishla-
tiladigan detallarni tayyorlash uchun yog‘och tanlashda uning qat-
tiqligini hisobga olish zarur. Eng ko‘p tarqalgan daraxt turlari qat-
tiqligining pasayish darajasiga ko‘ra quyidagi tartibda joylashadi: 
grab–shumtol–eman–qoraqayin–zarangqayin–tilog‘och–olxa–qa-
313
rag‘ay–qoraqarag‘ay–oqqarag‘ay–arg‘ivon. Qattiq yog‘ochlardan 
yuklanish ostida ishlaydigan detallar, yumshoq yog‘ochlardan 
yuklanish tushmaydigan detallar tayyorlanadi, shuningdek, turli 
pardozlash ishlarida foydalaniladi. Ignabargli daraxtlardan olingan 
yog‘och materiallar eng ko‘p ishlatiladi, chunki ular bargli daraxt-
larga qaraganda ancha mustahkam, kamroq chiriydi (tarkibida 
chirishning oldini oladigan smolali moddalar ko‘p). Ulardan yuk 
avtomobillarining poli va borti, kuzovining ko‘ndalang balkalari 
tayyorlanadi. Tilog‘och va eman yog‘ochining eks-pluatatsion xos-
salari, ya’ni qattiqligi va mustahkamligi yuqori, chirishga chidam-
liroq. 
Detallar tayyorlash, avtomobillarni ishlatish va tamirlash, shu­
ningdek, avtotransport korxonalarida xo‘jalik ishlari maqsadida 
turli xil shakldagi yog‘och materiallaridan foydalaniladi (12. 1- 
rasm),
12. 1- rasm. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə