K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


Benzinlarning turlari va markalari



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

 Benzinlarning turlari va markalari
Benzinli dvigatellar o‘rnatilgan avtomobillar uchun davlat stan-
dartlari  (DS  2084–77)ga  asosan A–72, A–76,  АИ–93  va  АИ–98 
markali benzinlar ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, maxsus tex-
nik  shartlar  asosida  АИ–95  «Ekstra»  benzini  ishlab  chiqariladi. 
A–72 va АИ–95 «Ekstra» benzinlari etillanmagan, qolgan marka­
dagi benzinlar etillangan va etillanmagan holda ishlab chiqariladi. 
Benzin markasidagi 
A
 harfi benzin avtomobil benzini ekanligini, 
И
 
harfi oktan soni tadqiqot usuli bilan aniqlanganligini, raqamlar esa 
minimal oktan sonini bildiradi. Agar benzinning shartli ifodasida 
И
 harfi bo‘lmasa, bunday benzinning oktan soni motor usuli bilan 
aniqlangan bo‘ladi. 
Dvigatellarni  qishda  yurgazib  yuborishni  ta’minlash  va  yozda 
bug‘  tiqinlari  hosil  bo‘lmasligi  uchun  АИ–98,  АИ–95  «Ekstra» 
benzinlaridan tashqari barcha boshqa markadagi benzinlarning 
ikki: yozgi va qishki turlari ishlab chiqariladi. Avtomobillardan 
foydalanish davrida qishki benzindan yozgi benzinga yoki yozgisi-
dan qishkisiga bir oy ichida o‘tiladi (aprel, oktabr). 
51
Yozgi benzinlar shimoliy va shimoli-sharqiy hududlardan tash-
qari hamma hududlarda 1- apreldan 1- oktabrgacha, janubiy hudud-
larda butun yil davomida ishlatiladi; qishki benzinlar esa shimoliy 
va shimoli-sharqiy hududlarda butun yil davomida, boshqa hudud-
larda esa 1- oktabrdan 1- aprelgacha ishlatiladi. 
A–76 benzini ko‘pgina zamonaviy avtomobillar va siqish da-
rajasi  6,5–7,0  bo‘lgan  dvigatelli  avtobuslar  (УАЗ–452,  EpA3–
762B,  ГАЗ–53А,  ГАЗ–53–12,  ГАЗ–66,  ЗИЛ–130,  ЗИЛ–131, 
ЗИЛ–133ГГ1, ЗИЛ–ММЗ–554М, ЗИЛ–ММЗ–555, «Урал»–377, 
ПАЗ–672,  ЛАЗ–695Н,  ЛАЗ–699Р)da,  shuningdek,  dvigatelining 
siqish darajasi 6,7 dan 8,0 gacha bo‘lgan ayrim yengil avtomobillar 
(«Москвич»–2138, ГАЗ–24–01 «Волга», УАЗ–469)da ishlatiladi. 
АИ–92 benzini «Neksiya» va «Lasetti» rusumidagi avtomobil
-
larda ishlatiladi. «Jeneral Motors» korporatsiyasi bilan hamkorlik
-
da ishlab chiqarilayotgan «Chevrolet»ning «Kapriva», «Epika» va 
«Takuma» markalari uchun АИ–95 benzini tavsiya etiladi. 
АИ–93  benzini  siqish  darajasi  8,0  dan  ortiq  bo‘lgan  yengil 
avtomobillar («Москвич»–412ИЕ, «Москвич»–2140, ГАЗ–3102 
«Волга», «Жигули» (barcha modellari), shuningdek, yuk avtomo
-
billari  («Урал»–375ДМ  va  ИЖ–2715)  uchun  mo‘ljallangan. 
Avtomobil benzinlarining asosiy ko‘rsatkichlari va ularning ish-
latilishi jadvallarda keltirilgan (2. 2- jadval). 
Benzinlarning qishki markalari fraksion tarkibining ancha 
yengilligi va to‘yingan bug‘larning bosimi ancha yuqoriligi bilan 
farq qiladi. Buning natijasida dvigatel yengil yurgiziladi, avtomo-
billarni qishki va qish davrida qizdirish va ishlatish osonlashadi. 
Foydalaniladigan  benzinning  markasi  ushbu  tipdagi  dvigatel 
uchun zavod chiqargan instruksiyaga mos kelishi kerak. Siqish 
darajasi uncha yuqori bo‘lmagan dvigatellarda yuqori oktanli 
benzinlardan foydalanilganida ularni ishlatish narxi qimmatla-
shadi va har xil texnik nuqsonlar paydo bo‘ladi: dvigatel qizib 
ketadi, klapanlar kuyadi, dvigatel quvvati kamayadi, benzin sarfi 
ortadi va hokazo. 


52

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə