K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


Avtomobil benzinlari ko‘rsatkichlarini asosiy standart



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

Avtomobil benzinlari ko‘rsatkichlarini asosiy standart
ko‘rsatkichlardan ruxsat etilgan chegarada chetga chiqishi
Ko‘rsatkichlar
Ruxsat etilgan 
chetga chiqish
Ko‘rsat-
kichlar
Ruxsat etilgan 
chetga chiqish
Oktan soni
–1
Fraksion 
tarkibi:
BH
τ
10%
τ
500%
τ
90%
OH
Qoldiq
–5
+3
+3
+3
+5
+0,3%
Kislotaliligi
+0,5 mg/100 ml
Haqiqiy smolalar
miqdori:
A–72 va A–76 uchun
АИ–93 va АИ–98
АИ–80, АИ–91 va АИ–92
+10
+3
+5
Agar nostandart benzinning ko‘rsatkichlari ruxsat etilgan che-
garadan tashqarida bo‘lsa, bunday benzinlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri 
ishlatishga ruxsat etilmaydi. Bunday benzinlarning ko‘rsatkichlari-
ni standart qiymatlarga keltirish va shundan so‘nggina foydalanish 
tavsiya etiladi. 
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda, asosan, ikki turdagi – ok-
tan soni (tadqiqot usulida aniqlangan) 97–98 bo‘lgan «Premium» 


56
(«mukofot» yoki «super» ma’nolarini anglatadi) va oktan soni 
90–94 bo‘lgan «Regular» (regular – «doimiy» ma’nosini anglata-
di) benzinlardan foydalaniladi. Yevropa iqtisodiy hamkorlik mam-
lakatlarida ishlatiladigan benzinning 78 foizi «Premium» va 22 
foizi «Regular» markali benzinlarga to‘g‘ri keladi Barcha benzinlar 
etillangan bo‘lib, ularning tarkibida 0,15–0,4 g/
l
 qo‘rg‘oshin bo‘-
ladi. 
Yaponiyada ishlatiladigan benzinlarning asosiy qismi (97 foizi) 
oktan soni (tadqiqot usulida aniqlanganda) 91 bo‘lgan «Regular» 
markali benzinlardan iborat bo‘lib, «Premium» benzinining ulushi 
2 foiz atrofida, etillangan benzin esa 0,5 foiz atrofidadir. 
AQSHda oktan soni 96 bo‘lgan benzinlarning ulushi 15 foizni, 
oktan soni 93 bo‘lgan benzinlar ulushi 40 foizni, oktan soni 
92 bo‘lgan benzinlar ulushi esa 45 foizni tashkil etadi. Etillangan 
benzinlarning ulushi esa 35 foizni tashkil etadi, ularning tarkibida 
0,29 g/
l
 qo‘rg‘oshin bo‘ladi. Hozirgi paytda AQSHda faqat etillan-
magan benzindan foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilingan. Ok-
tan soni 92 bo‘lgan (umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi 85 foiz) 
«Regular» va oktan soni 96 bo‘lgan «Premium» benzinlarini ishlab 
chiqarish rejalashtirilmoqda. 
Yevropa iqtisodiy hamkorlik mamlakatlarining 20. 03. 85- yil-
dagi № 85/210­ sonli qaroriga binoan, tadqiqot usuli bilan aniqlan
-
gan oktan soni 95 (motor usulida 85) bo‘lgan etillanmagan «Pre-
mium» benzinidan foydalanishga o‘tilgan. «Regular» markali 
benzinlarning oktan soni 91–92 oralig‘ida bo‘ladi. 
Xorijda ishlab chiqarilayotgan benzinlarning boshqa xususiyat-
lari mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan benzinlardan deyarli 
farq qilmaydi (2. 4- jadval). 
2. 4- jadval

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə